DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
10
Krosvordlar odatda trapetsiya, to‘g‘rito‘rtburchak shakllarda beriladi. Quyida
biz o‘quvchilarning qiziqishini orttirish maqsadida uning shaklini o‘zgartirib
gul tasviriga joylashtirdik.
2-rasm. R-harfi bilan tugaydigan so‘zli
gul shaklidagi krossvord
1. Qattiq disk (vinchester).
2. Axborotlarni ko‘rish qurilmasi (monitor).
3. Rasmlar va matnlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun hizmat qiladigan
qurilma (skaner).
4. Magnit lentada arxiv ma’lumotlarni saqlash uchun hizmat qiladigan qurilma
(strimmer).
5. Arifmetik yoki
mantiqiy amallarni bajarib, butun sistemaning ishini nazorat
qiluvchi qurilma (prosessor).
Ta’lim jarayonida o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarni xursand qilish
maqsadida foydalanilmasligi zarur. U albatta didaktik bo‘lishi, ya’ni darsda hal
qilinadigan aniq o‘quv tarbiyaviy vazifalarga bo‘ysunishi kerak. Shuning uchun
ham, o‘yin
avvaldan rejalashtiriladi, uning dars tuzilmasidan o‘rni yaxshilab
o‘ylab chiqiladi, uni o‘tkazish shakli belgilab olinadi va shu asosda o‘yinlar
tayyorlanadi. O‘yinli texnologiyalar o‘qitishning boshqa shakllari va metodlari
kabi yuqori samara beradi.
Talabaga har qanday fan, hususan, informatika
fanining zamonaviy rivojlanish darajasidagi bilimlarni berish o‘yinning asosiy
maqsadi bo‘lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, o‘yin texnologiyalardan foydalanib mashg‘ulotlarni
olib borishni faol o‘qitish shakllaridan biri deb qarash mumkin. Bunday darslar
o‘qituvchi va o‘quvchilarning
ijodiy yondashuvini, o‘quvchilarning faol bilish
faoliyati jarayonida malakalarni o‘zlashtirishlarini, o‘zining kelajakdagi