DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE




Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.05.2024
Hajmi0,71 Mb.
#236979
1   2   3   4
Bog'liq
DIS02

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE 
International scientific-online conference

qidiradi. Ilm dargohining vazifasi - o‘sib borayotgan yosh avlodga hayotda 
ma’no va uning munosib o‘rnini topishga yordam berish, buning uchun 
munosib shart -sharoitlar yaratish. Ilm dargohida yosh avlodlarning o‘z oldiga 
qo‘yilgan vazifalarni qiziqish bilan bajarishga imkon beradigan ta’lim tizimini 
amalga oshirish kerak. Har bir o‘qituvchi barcha imkoniyatlardan foydalanishi 
kerak, shunda farzandlarimiz qiziquvchanlik bilan o‘rganadilar. Informatika 
fanining jozibali tomonlarini, uning aqliy qobiliyatlarini yaxshilashdagi, 
qiyinchiliklarni yengib o‘tishdagi imkoniyatlarini tushunadilar va boshdan 
kechiradilar. Ta’limning noan’anaviy, nostandart shakllaridan, xususan 
didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quv jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Hammamizga ma’lumki ommabop bo‘lgan krossvord o‘yini 
o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir. Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov 
shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‘ziga tortadigan usuldir. Ushbu 
o‘yinga o‘quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o‘zlari ham 
informatikaning turli mavzulari bo‘yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. 
Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo‘lishi bilan birga, faqatgina 
bilimdon o‘quvchilarnigina emas, balki past o‘zlashtiruvchilarni ham qamrab 
oladi. Boshqa o‘quv fanlaridan past o‘zlashtiruvchi talabalar ko‘pincha 
informatikadan yaxshi va tirishqoq talabalarga aylanadilar.
Krossvord – inglizcha “cross-word” so‘zidan olingan bo‘lib, “so‘zlar 
kesishmasi” degan ma’noni bildiradi. Krossvordlar sodda va murakkab 
tuzilgan bo‘lib, o‘quvchilarning yosh parametrlari va nechanchi sinfda o‘qishi 
hisobga olinadi. Masalan, informatika darsida shu fanni o‘ziga mos keladigan 
atamalar kesishmasidan tuziladi.
Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan namunalar keltiramiz. 

1.
Tarmoq nomi 

Download 0,71 Mb.
1   2   3   4




Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish