• TOPSHIRIQLAR.
  • VAZIFA. Keys–stadi
  • Nazorat va mulohaza savollari
  • Marketingda kommunikasiya siyosati (4 soat) umumiy tushuncha




    Download 439.61 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana03.05.2023
    Hajmi439.61 Kb.
    #55918
    Bog'liq
    15-мавзу амалий
    Шамаева О.Ю. Архитектура компьютера. Конспект лекции. removed, jadidchilik namoyondalari asarlarida eski maktab faoliyatining yoritilishi, MEg6JPDlMrmPVDyfWYOyhuUezxzWouCOrK3mzZc1, Ma\'lumotlar bazasi (Sh.Nazirov, A.Ne\'matov, R.Qobulov, N.Mardonova), Zoologiya 7- inf mavzulashtirilgan, Baģıt boyınsha tuwındı hám gradient, Boshqaruvning tashkiliy tuzilishi, 6666666, 2.GEODEZIK O‘LCHASH ISHLARI O\'.A Dasturi, 2.Qishloq xo‘jalik texnikalarini elektr jixozlari va elektronikasi (o‘quv amaliyoti) dasturi, 9-ma\'ruza, 13.01.2024, Презентация Microsoft PowerPoint, 5-lek.


    15-MAVZU. MARKETINGDA KOMMUNIKASIYA SIYOSATI (4 SOAT) 
    UMUMIY TUSHUNCHA. 
    Marketing muammolari bo‘yicha adabiyotlarda marketing kommunikasiyalari 
    strukturasi bo‘yicha biroz farq qilgan holda ochib beriladi.
    Xususan, Genri Assel va Filipp Kotler marketing kommunikasiyalari tarkibida to‘rtta 
    element: reklama, sotishni rag‘batlantirish, shaxsiy sotuvlar va pablisitini kiritadi. 
    Umuman olganda xuddi shunday kommunikasiya elementlarini Ye.P.Golubkov
    1
    ham 
    sanab o‘tgan. Taklif etilgan elemyentlarning har birini muallif muayyanlshtiradi. Bunda 
    pablisiti kompaniya, uning tovar yoki xizmatlari haqida ommaviy axborot vositalaridagi 
    bepul xabarlar sifatida jamoatchilik bilan aloqalar kengroq vositalari bilan to‘ldiriladi.
    Marketingda kommunikasiya deb biz har xil auditoriyalar adresiga, shu jumladan
    xaridorlar, sotuvchilar, ta’minotchilar, aksionerlar, boshqaruv organlariga firmadan 
    yuboriladigan signallar majmuini tushunamiz.
    Kommunikasiya siyosati (promotion mix) – bu tovarni bozorga siljitish usullari 
    yig‘indisidir. Kommunikasiyaning asosiy vositalari bo‘lib pablik rileyshnz – jamoat bilan 
    aloqa; reklama; sotishni rag‘batlantirish; maxsus ko‘rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi. 
    Reklama- bir tomonlama ommaviy kommunikasiyaning to‘lovli turi bo‘lib, u aniq bir 
    xomiydan chiqib, firma faoliyatini bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlashga xizmat 
    qiladi. 
    Shaxsiy sotuv- bu «o‘lchamlik» kommunikasiya yakka ikki tomonlama bo‘lib 
    (dialog) maqsadi mizojni to‘xtovsiz tarzda harakatga keltirishga undash. Bir vaqtning 
    o‘zida firma uchun axborot manbai hamdir. 
    Savdoni avj oldirish - shaxsiy reklama va shaxsiy savdoni to‘ldiruvchi hamma tovarni 
    sotishni tezlashtirish va ma’lum kengaytirishga qaratilgan vaqtincha choralarni o‘z ichiga 
    oladi. 
    TOPSHIRIQLAR. Mavzuga oid qo‘shimcha adabiyotlar, xorijiy adabiyotlar, internet 
    materiallaridan foydalanib mavzuni mustahkamlash. Mamlakatimizda va xorijda faoliyat 
    olib borayotgan kompaniya va firmalarning bozor sharoitida kommunikasiya siyosatini 
    olib borish usullari va yo‘llarini, reklamaini tashkil qilishga doir tajribalarini o‘rganish va 
    tahlil qilish. Mavzuga doir prezentasiya materiallari tayyorlash. Reklama firmasi faoliyati 
    bilan tanishish va o‘rganish.
    VAZIFA. Keys–stadi (ingl.sase– to‘plam, aniq vaziyat, stadi-o‘qitish)–
    amaliy o‘qitish vaziyatlar metodi. 
    Keys-stadi - o‘qitish, axborotlar, kommunikasiya va boshqaruvning qo‘yilgan 
    ta’lim maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli 
    vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli etishishni 
    vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari 
    majmuidan iborat bo‘lgan o‘qitish texnologiyasidir. 
    Ushbu innovasion ta’lim texnologiyasi asosida mavzuga oid tushunchalarni solishtirish va 
    tahlil qilish. 
    Nazorat va mulohaza savollari 
    1. Talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirish deganda nimani tushunasiz? 
    1
    Голубков Е.П. Маркетинговые исследования: теория, методология и практика: Учебник. – М.: 
    «Финпресс», 2008. – с 123.


    2. Sotuvchilarga ta’sir etish uslublarini qanday turlarini bilasiz? 
    3. Xaridorlarga ta’sir etish uslublari qanday? 
    4. Marketingda kommunikasiya siyosatining o‘rni qanday? 
    5. Kommunikasiyaning asosiy vositalariga nimalar kiradi? 
    6. Marketing kommunikasiyasining asosiy bosqichlarini aytib bering. 
     

    Download 439.61 Kb.




    Download 439.61 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketingda kommunikasiya siyosati (4 soat) umumiy tushuncha

    Download 439.61 Kb.
    Pdf ko'rish