|
II. IShLAB ChIQARISh VA IQTISODIY FAOLIYaT
|
bet | 2/32 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 1,08 Mb. | | #131073 |
Bog'liq tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi (1)II. IShLAB ChIQARISh VA IQTISODIY FAOLIYaT
Taraflar filial xodimlarining moddiy va huquqiy ahvoli yaxshilanishidan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini qayd etib, qonun va qonun osti hujjatlari hamda mazkur shartnoma bilan berilgan huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish yo‘li bilan xodimlar va ish beruvchining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari kelishilishini ta’minlash yuzasidan sa’y-harakatlarni birlashtirish zarur, deb hisoblaydilar.
Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5775-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli qaroriga to‘liq rioya etish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Ish beruvchi barcha bo‘g‘in kasaba uyushmasi vakillarini Ustav vazifalarini bajarish uchun ish joylariga moneliksiz qo‘yishi zarur.
Ish beruvchi:
a) Filial muvafaqqiyatli faoliyat yuritishiga, mehnat madaniyati va intizomini yanada yaxshilanishiga erishish, ishlovchilarning kasb mahoratini yuksaltirish, tarif stavkalarini amaldagi me’yoriy xujjatlarda belgilanganiga nisbatan pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik;
b) mehnat jamoasini moddiy-texnik resurslar va moliyaviy mablag‘lar bilan o‘z vaqtida ta’minlab borish;
v) mehnat unumdorligini oshirish, ilg‘or tajribani o‘zlashtirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;
g) Filialning moliyaviy ahvoli va olingan foydaning ishlatilishi haqida mehnat jamoasini xabardor qilib borish;
d) Filialning o‘zida, zarur hollarda esa - tegishli ta’lim Muassasalarida xodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga o‘rgatish, malaka oshirish va qayta tayyorlash ishlarini olib borishni zimmasiga oladi.
|
| |