|
Тошкент Молия институти меҳнат жамоасининг умумий йиғилишида маъқулланган, баённома №
|
bet | 6/32 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 1,08 Mb. | | #131073 |
Bog'liq tatu farғona filialining 2022 2024 jillar uchun yangi zhamoa shartnomasi (1)V. MEHNATGA HAQ TO‘LASh.
KAFOLATLI TO‘LOVLAR VA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI.
Filialda mehnatga haq to‘lash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining “Oliy ta’lim Muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar hodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021 yil 28 yanvardagi 6-q/q, 1-2021-qq -sonli qo‘shma qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 2019 yil 10 apreldagi 3-2019, 19-qq va 15-2019-qq-sonli “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshiriladi.
Ish haqini to‘lash muddatlari:
- birinchi yarim oy uchun - joriy oyning 18 sanasida;
- ikkinchi yarim oy uchun - keyingi oyning 10 sanasida;
Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi.
Xodimning yozma roziligi bilan ish haqining bir qismi uning plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi 88-sonli «Ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Filialda ish haqining o‘z vaqtida va to‘liq berilishi ta’minlanadi. Qarzdorlik mavjud bo‘lgan hollarda mutasaddi idoralarga yozma murojaatlar bilan chiqiladi.
Ish beruvchi mehnatga haq to‘lashga va mehnatni me’yorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, shuningdek, ularni joriy etish tartibini kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib oladi.
Filialda oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalarning quyidagi turlari va miqdorlari o‘rnatiladi:
tungi vaqtdagi ish uchun MHTEKMning 16,6 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;
xodimlarga bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvi bo‘yicha belgilanadi, lekin lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi 297-son bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” qoidalari bajariladi);
O‘zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safarlari uchun va Ish beruvchining manfaatlarida, shuningdek lokal hujjatlarda nazarda tutilgan xollarda majburiy malaka oshirish kurslarida malaka oshirish davriga to‘laniladigan kompensatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munsosabatlari vazirligi tomonidan 2003 yil 24 iyulda 83 va №7/12-son bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 29 avgustda 1268-raqam bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasiga asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) yo‘lkira xarajatlari - normativ asosida;
b) doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog‘liq harajatlar;
v) O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 10 foizi miqdorida sutkalik xarajatlar;
g) xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa harajatlar;
-O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safarlari uchun to‘lanadigan kompensatsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 19 noyabrda 2730-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015 yil 19 oktabrdagi 92-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan) “Vazirliklar, idoralar, Muassasalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga binoan amalga oshiriladi;
ish jarayonida zararsizlantirish vositalaridan foydalanganligi uchun xojatxona farroshlarining lavozim maoshlariga 10 foiz miqdorida kompensatsiya.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan “Respublika oliy ta’lim Muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq oliy ta’lim Muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlari budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi.
Filial direktorining ko‘rsatmasiga binoan ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, xizmat safarida bo‘lish, navbatchilik, darslar o‘tkazish va boshqa turli tadbirlarda qatnashish) maqsadida xodim o‘z asosiy ishidan ozod etiladi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar ish vaqtida o‘tkazilsa, bu holda xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi-mazkur tadbirlar ishdan tashqari vaqtda o‘tkazilsa, xodimga sarf qilingan vaqtiga mutanosib qo‘shimcha dam olish vaqti beriladi.
Muassasada O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 23 yanvarda 3130-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga muvofiq haydovchilarga malaka darajasi uchun mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi bo‘yicha haydovchining bazaviy tarif stavkasining - 10 foizi miqdorida birinchi darajali haydovchilarga -25 foiz miqdorida ustama haq belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-sonli “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq pedagog xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentabrdagi 743-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan yillik ustama va yillik qo‘shimcha ta’tillar beriladi. Shuningdek, tizimdagi tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashda mazkur qarorning 4-ilovasida keltirilgan yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlar inobatga olinadi.
|
| |