Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257574
Bog'liq
Shartnoma



Talabalikka tavsiya etilgan
ABITURIYENTLAR 
UCHUN
QOʻLLANMA
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti


Hurmatli 
!
Abituriyent
Toshkentdagi zamonaviy
sizni 
yorqin kelajak sari qoʻygan ilk qadamingiz bilan qutlaydi. 
Bizning maqsadimiz sizni mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy va 
siyosiy sohalari uchun yetuk malakali kadr, zamonaviy bilimlarni 
oʻzlashtirgan mutaxassis sifatida tayyorlashdan iborat.
Sizning kelajakda professional mutaxassis sifatida yetishib 
chiqishingiz bugun oʻz salohiyatingizga mos ta’lim yoʻnalishini 
tanlashingizga bogʻliq. Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti sizga
20 dan ortiq bakalavriat va magistratura yoʻnalishlarini taklif etadi. 
Institut bilan shartnoma tuzishdan avval kelajagingiz uchun mos
ta’lim yoʻnalishlaridan birini tanlang.
Ushbu qoʻllanma sizga Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida talaba 
boʻlish uchun zarur boʻlgan qadamlarni koʻrsatib beradi.
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
Biz sizni talabalikka tavsiya etilganingiz bilan yana bir bor 
qutlaymiz!
ISFI — kelajagingiz uchun eng toʻgʻri tanlov!


Ta’lim yoʻnalishlarini tanlang
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti sizga 20 dan ortiq bakalavriat va 
magistratura yoʻnalishlarini taklif etadi.
Maktabgacha ta’li
Tari
Filologiya va tillarni oʻqitish 
(ingliz, arab, rus, o’zbek tillari
Iqtisodiyo
Xalqaro munosabatla
Psixologiya
Buxgalteriya hisobi va audi
Moliya va moliyaviy 
texnologiyala
Bank ishi va audit
Menejmen
Matematik
Kompyuter injiniring
Dasturiy injiniring
ISFI — kelajagingiz uchun eng toʻgʻri tanlov!
qadam
1
Ta’lim yoʻnalishini tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak
siz tanlayotgan ta’lim yoʻnalishi sizning kelajakdagi kasbiy 
istaklaringizga mos ekanligiga ahamiyat qiling
bakalavriat bosqichidan soʻng magistraturada mutaxassisliklari 
boʻyicha ta’lim olishni rejalashtirgan boʻlsangiz, siz tanlayotgan 
bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va kelgusidagi magistratura 
mutaxassisligining oʻzaro mos yoki turdosh ekanligiga amin boʻling
agarda siz keyingi bosqichda oʻqishingizni boshqa davlat yoki 
nodavlat ta’lim muassasalariga koʻchirish ehtimoli boʻlsa, siz 
oʻqishni oʻzaro oʻxshash ta’lim yoʻnalishlariga koʻchirishingiz 
mumkin.


Ta’lim shaklini tanlang
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti sizga kunduzgi, kechki va sirtqi 
ta’lim shakllarini taklif etadi.
Siz Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida oʻzingizga qulay vaqt va 
shakllarda sifatli oliy ta’lim olish imkoniyatiga egasiz. 
Ta’lim shakllari turlari ta’lim jarayonining vaqti va davomiyligi bilan 
farqlanadi.
Talabalik davridagi mehnat faoliyatingiz yoki shaxsiy 
imkoniyatlaringizdan kelib chiqib, oʻzingizga mos ta’lim shaklini 
tanlang.
ISFI — kelajagingiz uchun eng toʻgʻri tanlov!
Kunduzgi
Ta’limning davomiyligi
Kechki
Sirtqi
4 yil
4,5 yil
5 yil
Semestrlar soni
8 ta
9 ta
10 ta
Toʻlov-kontrakt miqdori
17 mln. 
15 mln.
13 mln.
Bir semestrda haftalar soni
15 ta
15 ta
4 ta
qadam
2


Ta’lim shartlari bilan tanishing
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti sizga toʻlov-shartnoma asosida sifatli 
oliy ta’lim xizmatlarini koʻrsatadi. 
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ilovada keltirilgan shartnoma 
asosida Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga boshlangʻich toʻlovni 
amalga oshirgan taqdirda talabalikka qabul qilinadilar.
Toʻlov-shartnoma shartlari siz tanlagan ta’lim yoʻnalishlari, ta’lim shakli 
hamda toʻlov muddatlariga koʻra farqlanadi.
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti abiturientlarga davlat tomonidan 
taqdim etilgan imtiyozli ta’lim kreditlarini olishga koʻmaklashadi.
2024-yil 1-sentyabr kuniga qadar joriy oʻquv yili uchun
toʻlov-shartnoma miqdorini oldindan 100% toʻliq amalga

oshirgan abituriyentlarga 10% chegirma taqdim etiladi
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida ta’lim yoʻnalishlariga qabul kvotasi 
cheklangan. Toʻlov-shartnoma miqdorining 25% toʻlovini amalga 
oshirgan abituriyentlar talabalikka qabul qilinadilar.
Talabalikka nomzod boshqa o‘quv yurtiga grant asosida kirgan taqdirda 
oldindan to‘langan pul mablag‘lari to‘liq ravishda qaytarib beriladi.
Bakalavriat bosqichida kadr tayyorlash bo‘yicha ikki tomonlama 
to‘lov-shartnoma shartlari bilan tanishib chiqing.
10%

chegirma
ISFI — kelajagingiz uchun eng toʻgʻri tanlov!


Bakalavriat bosqichida kadr tayyorlash bo‘yicha
ikki tomonlama to‘lov-shartnoma
JSHSHIR: 
▢ ▢▢▢▢▢▢ ▢▢▢ ▢▢▢ ▢
Sharnoma raqami: 
Sana: ▢▢/▢▢/▢▢▢▢ 
Biz, quyida imzo qo‘yuvchilar — “IJTIMOIY VA SIYOSIY FANLAR INSTITUTI” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli nodavlat 
oliy ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda “Institut” deb ataluvchi) nomidan Ustav asosida ish yurituvchi Direktor — ODILOV DILSHOD 
TULKINOVICH bir tomondan hamda ............................................................................................................................................................. 
(keyingi o‘rinlarda “Talabalikka nomzod” deb ataluvchi) ikkinchi tomondan (birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar) mazkur 
shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1.1. Mazkur shartnomaga muvofiq Institut kelgusida Talabalikka nomzodni, u qonunchilik hujjatlari hamda Institut nizomiga 
muvofiq Talabalikka qabul qilinganidan so‘ng va buning uchun mazkur shartnomaning tegishli bandlari talablari Talabalikka 
nomzod tomonidan belgilangan muddatda va tartibda lozim darajada bajarilgach, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat 
bosqichida o‘qitish, Talabalikka nomzod esa Institut tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda ta’lim olish va 
ta’lim olganlik uchun har bir joriy o‘quv yili uchun alohida-alohida tartibda ushbu shartnoma va Tomonlarning qo‘shimcha 
kelishuvlarida belgilangan muddatlar va tartibda to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.
1.2. Institut Talabalikka nomzodga, u Talabalikka qabul qilingach, ta’lim berishni oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq 
tasdiqlangan o‘quv reja va o‘quv dasturlariga asosan quyidagi shakl va yo‘nalish bo‘yicha ushbu shartnomada nazarda tutilgan 
muddat mobaynida amalga oshiradi:
Ta'lim bosqichi: Bakalavriat
Ta'lim shakli: ▢ Kunduzgi ▢ Kechki ▢ Sirtqi
O‘qitishning me’yoriy muddati: 4 yil 4,5 yil 5 yil
Bir o‘quv yili uchun to‘lov miqdori: 17 000 000 soʻm 15 000 000 soʻm 13 000 000 soʻm
1.3. Shartnomaning 1.2.-banddida ko‘rsatilgan ta’lim bosqichi, yo‘nalishi va shakliga mos ta’lim olish uchun Talabalikka nomzod
keyinchalik esa Talaba tomonidan to‘lanadigan pul miqdorlari Institut tomonidan har bir o‘quv yili uchun alohida belgilanadi.
Talabalikka nomzod qonunchilik hujjatlari hamda Institut nizomida belgilangan tartibga muvofiq Institut talabaligiga qabul 
qilinganidan so‘ng, Tomonlar ushbu shartnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun qo‘shimcha kelishuv tuzadilar.
2.1. Institutning huquqlari:
- O‘z nizomi va ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda joriy qilish;
- O‘quv jarayonini tartibga soluvchi lokal normativ hujjatlarni qabul qilish;
- Talabalikka nomzoddan shartnoma majburiyatlari bajarilishini, shu jumladan, Talablar safiga qabul qilinganidan keyin Institutning 
ichki tartib-qoidalariga rioya qilishini, dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashishni, ta’lim olish uchun shartnomada belgilangan 
to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirishini talab qilish;
- Talabalikka nomzod Institut talabalari safiga kiritilgach, ichki tartib-qoidalariga rioya qilmasa yoki o‘qitish uchun shartnomada 
nazarda tutilgan to‘lovni to‘liq yoki qisman o‘z vaqtida amalga oshirmasa, unga nisbatan belgilangan tartibda talabalar safidan 
chiqarish, tegishli kursda qoldirish yoki boshqa choralarni qo‘llash;
- Talabalikka nomzod talaba bo‘lganidan so‘ng, Institutning ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan taqdirda, xususan, bu 
huquqbuzarlik sodir etish orqali bo‘lgan hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
- Qonun yoki qonun osti hujjatlariga asosan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘zgargan taqdirda unga mutanosib 
ravishda shartnomaning 3.1.-bandida ko‘rsatilgan o‘qitish uchun to‘lanadigan pul mablag‘i miqdorini o‘zgartirish (ko‘paytirish yoki 
kamaytirish) va bu haqida Talabalikka nomzod bilan qo‘shimcha kelishuv qilish;
- shartnoma asosida o‘qitishning to‘lov muddatlarini uzaytirish.
2.2. Institutning majburiyatlari:
- Talabalikka nomzod (yoki Talaba)ni o‘qitish uchun texnika va yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlariga muvofiq zarur shart-sharoitlarni yaratib berish;
- Talabalikka nomzod (yoki Talaba)ning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan 
huquq va manfaatlarini himoyalanishini ta’minlash;
- Talabalikka nomzod qonunchilik hujjatlariga binoan Institutga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarni taqdim etib, kirish 
imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, talabalar safiga qabul qilingach, unga oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv 
dasturlari asosida yuqori darajada ta’lim berish;
I. Shartnoma predmeti
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari


- Talabalikka nomzod talaba bo‘lganidan so‘ng, uni Institut hududida yurish-turish odoblari va o‘quv jarayoniga taalluqli lokal 
normativ hujjatlar to‘g‘risida, shu jumladan, joriy o‘quv yili davomida qabul qilingan ichki normativ hujjatlar haqida xabardor qilish 
va ulardan nusxa ko‘chirishiga sharoit yaratib berish;
- bakalavriat uchun mo‘ljallangan o‘quv reja va dasturlarda belgilangan fanlarni o‘zlashtirgan, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, 
Institutni tamomlagan Talabalarga oliy ma’lumot to‘g‘risida belgilangan namunadagi hujjat (diplom) berish.
2.3. Talabalikka nomzod (yoki Talaba)ning huquqlari:
- Institutdan shartnoma majburiyatlari bajarilishini talab qilish;
- talabalikka qabul qilinganidan so‘ng oliy ta’limning davlat ta’lim standarti asosida tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq 
ta’lim olish;
- ta’lim olish uchun shartnomada belgilangan to‘lovlarni muddatidan avval to‘liq amalga oshirish.
2.4. Talabalikka nomzod (yoki Talaba)ning majburiyatlari:
- joriy o‘quv yilida o‘qitish uchun shartnomada nazarda tutilgan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish, jumladan, 2024/2025 o‘quv yili 
uchun to‘lov miqdorining ¼ (to‘rtdan biri)ni mazkur shartnoma imzolangan kundan keyin 10 (o‘n ) kun ichida to‘lash, qolgan qismini 
ushbu shartnomaning 3.1.-bandida ko‘rsatilgan umumiy muddatlarda to‘liq amalga oshirish;
Shuningdek, talaba bo‘lgach, Institutda ta’lim olish davrida:
- o‘quv jarayonini tartibga soluvchi va Institut hududida yurish-turish qoidalarini belgilovchi lokal normativ hujjatlar, shu jumladan, 
joriy o‘quv yili davomida qabul qilingan ichki normativ hujjatlar mazmunidan xabardor bo‘lish va ulardagi talablarga amal qilish;
- oliy ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hamda shartnoma talablariga, Institut nizomi va ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish;
- uzrli sabablarsiz darslarni qoldirmaslik, mashg‘ulotlarga muntazam qatnashish;
- ta’lim olish jarayonida o‘z bilim darajasini muntazam oshirib borish;
- o‘zining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan Institutning ishchanlik obro‘si va manfaatlariga putur 
yetkazishdan tiyilish;
- Institut rahbariyati va o‘qituvchilarining ichki tartib-qoidalariga rioya qilinishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarish;
- o‘zi tomonidan mazkur shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi sababli Institutga yetkazilgan 
moddiy zararni qoplashi shart.
3.1. Mazkur shartnomaning 1.2.-bandida ko‘rsatilgan har bir oʻquv yili uchun to‘lov miqdori Talabalikka nomzod (yoki Talaba) 
tomonidan mazkur o‘quv yilining 15-sentabr kuniga qadar Institutning bankdagi hisob raqamiga to‘liq amalga oshirilishi shart.
Institut tomonidan Talabaning keyingi bosqichga o‘tganligi to‘g‘risida buyruq chiqarilgach, u navbatdagi o‘quv yili uchun to‘lovni 
ushbu shartnoma yoki qo‘shimcha kelishuv bilan belgilanadigan muddatlarda va miqdorda amalga oshirishi shart. Shartnoma 
asosida o‘qish uchun Talabalikka nomzod (yoki Talaba) tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan pul miqdorlari va ularni to‘lash 
muddatlari taraflarning kelishuviga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
3.2. Talabalikka nomzod (yoki Talaba) tomonidan shartnoma asosida o‘qitish uchun to‘lov amalga oshirilganda shartnomaning 
tartib raqami va sanasi, Talabalikka nomzod (yoki Talaba)ning JSHSHIR, familiyasi, ismi va sharifi hamda o‘qiyotgan kursi to‘lov 
topshiriqnomasida to‘liq ko‘rsatilishi shart.
3.3. Talaba tegishli fanlar bo‘yicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga o‘tkazilgan 
taqdirda, keyingi semestr uchun to‘lov Talabalikka nomzod tomonidan akademik qarzdorlik topshirilgunga qadar amalga 
oshiriladi.
3.4. Ushbu shartnoma Talabalikka nomzod (yoki Talaba)ning aybi bilan yoki uning tashabbusiga ko‘ra muddatidan avval bekor 
qilingan taqdirda, joriy o‘quv yilida ta’lim olish uchun Talabalikka nomzod (yoki Talaba) tomonidan amalga oshirilgan to‘lov 
hisobidan ushbu shartnomani tuzish va kelgusida shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarilishini ta’minlash uchun qilingan 
xarajatlar evaziga Institut tomonidan 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida pul mablag‘lari kompensatsiya tariqasida ushlab 
qolinadi. Agar ta’lim olish uchun to‘lov Talabalikka nomzod (yoki Talaba) tomonidan shartnoma muddatidan avval bekor etilgunga 
qadar to‘liq yoki qisman amalga oshirilmagan bo‘lsa, Talabalikka nomzod (yoki Talaba) pul mablag‘larining yetishmagan qismini 
shartnoma muddatidan avval bekor bo‘lgan kundan keyingi o‘n kun ichida to‘lab berishi shart.
3.5. Talabalikka nomzod boshqa o‘quv yurtiga grant asosida kirganligi bois shartnomani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan joriy 
o‘quv yili mashg‘ulotlari boshlangunga qadar murojaat qilib, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni Institutga taqdim etsa, ushbu 
shartnoma bekor qilinadi, biroq bunday holda shartnomaning 3.4.-bandidagi qoidalar tadbiq etilmaydi va oldindan to‘langan pul 
mablag‘lari to‘liq ravishda Talabalikka nomzod ko‘rsatgan bankdagi hisob raqamiga yoki plastik kartaga o‘tkazib beriladi.
4.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:
a) Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
b) Institutning tashabbusiga ko‘ra:
- Talabalikka nomzod Talaba bo‘lgach, qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan asoslarga ko‘ra Talabalar safidan 
chiqarilganda;
- Talabalikka nomzod (yoki Talaba) tomonidan shartnoma asosida o‘qitish uchun to‘lov mazkur shartnomada belgilangan 
muddatlarda va miqdorlarda amalga oshirilmasa;
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda;
- Talabalikka nomzod soxta hujjatlar taqdim etish orqali Talaba bo‘lishga erishganligi (shartnoma tuzganligi) aniqlangan hollarda.
c) Talabaning tashabbusiga ko‘ra:
- Talabalikka nomzod (yoki Talaba) yozma ravishda ariza bilan murojaat qilganda;
III. To‘lov miqdorlari va muddatlari
IV. Shartnomani bekor qilish


- qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
d) Shartnomaning 5.4.-bandida ko‘zda tutilgan hollatlarda.
5.1. Tomonlarning Ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarini yengib bo‘lmas kuchlar ta’sirida bajarmaslik holatlari fors-
major holatlari deb hisoblanadi, bunda Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishdan qisman yoki to‘liq ozod bo‘ladilar.
5.2. Fors-major holatlariga Tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (pandemiya, zilzila, ko‘chki, 
bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va 
eksportni taqiqlash va hokazo) sababli yuzaga keladigan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini 
bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi.
5.3. Tomonlardan biriga fors-major holatlari sababli majburiyatlarini bajara olmasligi ma‘lum bo‘lgan zahoti, u uzog‘i bilan 10 kun 
ichida ikkinchi tomonga majburiyatini bajara olmaslik sabablari haqida dalillarni keltirgan holda xabar berishi lozim.
5.4. Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro etish muddati fors-major holatlari davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar 
fors-major ta’siri 30 (o‘ttiz) kundan ortiq vaqt davom etsa, Tomonlar o‘zaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qilishlari 
mumkin.
6.1. Tomonlar o‘rtasida ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar va kelishmovchiliklar ular o‘rtasida muzokara o‘tkazish yo‘li bilan hal 
qilinadi.
6.2. Agar nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilib bo‘lmasa, Tomonlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
Institut joylashgan hududdagi tegishli sudga murojaat qilishga haqli.
7.1. Talabalikka nomzod (yoki Talaba) shartnoma shartlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, Institutga 2024-yil 1-avgustga qadar 
murojaat qilishi lozim, bunda Taraflar muzokaralar yo‘li bilan kelishuvga erisha olmasalar, shartnoma Talabalikka nomzod (yoki 
Talaba)ning tashabbusiga ko‘ra muddatidan avval bekor qilingan hisoblanadi va 3.5-bandiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
7.2. O‘zbekiston Respublikasining qonun yoki qonunosti hujjatlariga muvofiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 
o‘zgarganda, mutanosib ravishda shartnoma asosida o‘qitishning o‘zgargan to‘lov miqdoridagi farq navbatdagi semestr 
boshlanishidan avval amalga oshiriladi.
7.3. Mazkur shartnoma Tomonlar imzolagan paytdan e’tiboran kuchga kiradi hamda 2025-yil 1-iyulgacha amal qiladi. Navbatdagi 
o‘quv yili uchun to‘lov Talaba tomonidan belgilangan muddatda amalga oshirilsa, shartnoma uzaytirilgan hisoblanadi. Aks holda 
ushbu shartnoma Institut tomonidan bir yoqlama bekor qilinadi.
7.4. Tomonlar shartnoma majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
7.5. Ushbu shartnoma har ikki tomon uchun bittadan ikki nusxada davlat tilida tuzilgan bo‘lib, har ikki nusxa bir xil yuridik kuchga 
ega.
7.6. Mazkur shartnomaga tomonlarning qo‘shimcha kelishuvi asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Qo‘shimcha 
kelishuv yozma shaklda tuziladi va shartnomaning bo‘linmas tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
"IJTIMOIY VA SIYOSIY FANLAR INSTITUTI” TALABALIKKA NOMZOD
mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 
nodavlat oliy ta’lim muassasasi Familiyasi: _______________________________________________
Manzil: Ismi: _____________________________________________________
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shivli 2-tor ko‘chasi, 
1-3 uy Manzil:___________________________________________________
STIR: 309 419 031 MFO: 00401 __________________________________________________________
OKED: 85420 __________________________________________________________
Bank: Aloqabank
H/R: 2020 8000 2055 0957 2001 Pasport ma'lumotlari:____________________________________
QQS raqami: 3260 3019 8545 JSHSHIR:________________________________________________
Telefon raqami:__________________________________________
+99899 841 60 06 
+99895 884 60 06 
V. Fors-major holatlari
VI.Nizolarni hal qilish tartibi
VII. Yakuniy qoidalar va tomonlarning javobgarligi
V. Tomonlarning rekvizitlari
O'quv bo'yicha aloqa telefoni: 
To'lovlar bo'yicha aloqa telefoni: 


Ta’labalikka tayyorlaning
Tabriklaymiz!
Siz Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida talaba bo‘lish imkoniyatini 
qo‘lga kiritdingiz.
Biz sizni ISFI’da kutamiz!
Darslar 2024-yil sentyabr oyidan boshlanadi. 
Bunga qadar, siz talabalikka qabul qilinish uchun quyidagi hujjatlarni 
institutga taqdim eting
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta)
Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan)
Imzolangan shartnomaning bir nusxasi.
ISFI — kelajagingiz uchun eng toʻgʻri tanlov!
qadam
4

Download 8,59 Mb.




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish