Jaholatga qarshi ma’rifat




Download 2,78 Mb.
Sana15.05.2024
Hajmi2,78 Mb.
#235623
Bog'liq
jaxolatga qarshi kurash


Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi


Mamlakatimizda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi, “Jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish g‘oyasining ahamiyati, ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish kabi bir qator dolzarb masalalar oldimizda turibdi. Darhaqiqat, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida diniy qadriyatlarni e’zozlash, islomning chinakam taraqqiyot, ilm-ma’rifat dini ekanini xalqimiz, ayniqsa, ertangi kunimiz bo‘lgan yoshlarimizga yetkazib berishga qaratilgan tizimli, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Islom dini insoniyatni ezgulikka boshlaydi. Haqiqiy musulmon, hadisi shariflarda ta’kidlanganidek, o‘zgalarga ozor bermaydigan, o‘zidan yaxshilik, ilm-ma’rifat, hidoyat taratadigan insondir. Mazkur haqiqat bugun butun dunyo hamjamiyati anglashi, bag‘rikenglik va ahillikni hayotiy mezon sifatida qabul qilishi lozim bo‘lgan dolzarb masala hisoblanadi.



Davra suhbatida jinoyatchilik va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar, media savodxonlik, tanqidiy fikrlash, axborot manipulyatsiyasi, internetda shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi hamda zamonaviy axborot muhiti to'g'risida bo'lib o'tdi. Barchamizga yaxshi ma’lumki, hozirgi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.


Tadbirda so‘z olganlar jamiyatda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit barpo etish, bugungi axborot hurujlari va ularga qarshi imunitet shakllantirish hamda globallashuv davriga xos muammo va ko‘zga ko‘rinmas mafkuraviy tahdidlar, ularning ayanchli oqibatlari xususida so‘z yuritdilar.
Unda yoshlarga ma’naviy dunyosi yuksak, teran bilimli odam hayot yo‘llarida o‘zini yo‘qotmasligi, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata olishi, o‘zgalarning ta’siriga berilmasligi tushuntirildi. Ma’naviy qashshoq insonning jaholat komiga tushishi osonligi, biz bugungi kun yoshlari teran fikrlamog‘i kerakligi haqida aytilib, Fikrga qarshi – fikr, g‘oyaga qarshi – g‘oya, jaholatga qarshi – ma’rifat orqali kurash g‘oyasi shiori ostida barchamiz bahamjihat bo‘lib, milliy g‘oya va mafkurani ongimizga yanada chuqurroq singdirishimiz zarurligi aytib o‘tildi.
Davra suhbati davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



Download 2,78 Mb.




Download 2,78 Mb.