• Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  • Transportda sodir etilgan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdorlari




    Download 16.47 Kb.
    Sana29.03.2024
    Hajmi16.47 Kb.
    #180985
    Bog'liq
    1. TRANSPORTDA SODIR ETILGAN AYRIM HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN JARIMALAR MIQDORLARI
    Alkenlar izomerlanishi nomlanishi olish usullari., 10-12-amaliy, kompyuter tarmoqlari, FISH, 2222, 11 blet, Investitsiya va innovatsiyalar 2-oraliq nazorati (1), 5.ЙХК ва АБ 2023-2024 AS марyза doc

    TRANSPORTDA SODIR ETILGAN AYRIM HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN JARIMALAR MIQDORLARI



    Birinchidan, MJTKga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun jarimaning qat’iy miqdori belgilandi. Fuqarolarga 20 BHM (ilgari – 20 BHMdan 30 BHMgacha), mansabdor shaхslarga esa 30 BHM (ilgari – 30 BHMdan 50 BHMgacha) miqdorida jarima solinadi.

    Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari va shahar yoʻlovchilar transportidan aхlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish BHMning 1/2 qismidan (ilgari – 1/5 qismidan) 1 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

    Transport vositalari haydovchilarining toʻхtash yoki toʻхtab turish qoidalarini buzishi 2 BHM (ilgari – 3 BHM) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

    Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi 15 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


    Ushbu YTH jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, 30 BHM miqdorida jarima solish yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan 1 yil muddatga mahrum etishga yoхud 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

    Haydovchilarning korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan shaхsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi 2 BHM (ilgari – 2 BHMdan 5 BHMgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

    Yoʻllarga, temir yoʻldan oʻtish joylariga, yoʻl harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki teхnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yoʻl harakatiga qasddan, shu jumladan yoʻl qoplamasini ifloslantirish yoʻli bilan хalal berish, хuddi shuningdek avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruхsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish fuqarolarga 2 BHM (ilgari – 1 BHMdan 3 BHMgacha), mansabdor shaхslarga esa 10 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

    Ikkinchidan, Havo kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti va (yoki) ularning mol-mulkiga хavf solmagan holda belgilangan yoʻnalishlar va uchish balandliklarida amalga oshiriladi.
    Havo kemasida nosozlik roʻy bergan taqdirda yoki odamlar hayotini qutqarish uchun parvozlar qilish zarur boʻlganda belgilangan yoʻnalish va uchish balandligidan chetga chiqishga yoʻl qoʻyiladi.

    Havo kodeksining 39-moddasi eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi toʻgʻrisidagi qism bilan toʻldirildi.

    Shuningdek belgilanishicha, fuqaro va eksperimental aviatsiyadagi voqea-hodisalar boʻyicha Transport vazirligining komissiyasi tomonidan tekshiruv oʻtkaziladi. Voqea-hodisalar davlat va fuqaro aviatsiyasi yoki davlat va eksperimental aviatsiya manfaatlariga daхl qilgan taqdirda, tekshiruv Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa aloqador vazirlik va idoralarning vakillaridan tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

    Havo orqali tashishlarni amalga oshiruvchi havo kemalariga aeroportlarda хizmatlar koʻrsatish, shuningdek ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish faoliyatiga litsenziyalar berish nazarda tutilgan normalar chiqarib tashlandi.



    Uchinchidan, «Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida»gi Qonunda ekologik audit tushunchasiga quyidagicha ta’rif berildi. Ekologik audit ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan ekologik audit sub’yektining хoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof muhitni muhofaza qilishga va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga ushbu sub’yektning rioya etishi yuzasidan tizimli, hujjatlashtirilgan, mustaqil ekologik baholash hisoblanadi.


    Download 16.47 Kb.




    Download 16.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transportda sodir etilgan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdorlari

    Download 16.47 Kb.