• Tizim klassifikatsiyasi jadvali № Klassifikatsiya belgilari Belgilari bo‘yicha obyektning turi
  • 1-modul topshiriqlari. Mavzu: Tizimlar klassifikatsiyasi




    Download 166.97 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana09.03.2024
    Hajmi166.97 Kb.
    #169186
    Bog'liq
    1-topshiriq Tizimlar klassifikatsiyasi
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5



    1-modul topshiriqlari. 
    Mavzu: Tizimlar klassifikatsiyasi 
    Ishning maqsadi: Tizimni har xil belgilariga qarab klassifikatsiyalashni 
    o‘rganish, bilimlarni nazariy ma’lumotlar va amaliy mashqlar asosida 
    mustahkamlash. 
     
    Topshiriq: 
    Ixtiyoriy biror tizimni tanlang va uni quyidagi jadval asosida 
    klassifikatsiyalang. Hamda: 
    Quyidagi bandlarga to‘liq javob berish orqali tizimni tavsiflang. 
    • tizim faoliyatining asosiy maqsadi aniqlang; 
    • tizimni barcha asosiy belgilari bo‘yicha tahlil qiling; 
    • tizimning jamiyatga (insonga) foydaligini (iste’molini) aniqlang. 
    İzoh: Siz olgan yani tanlagan tizim boshqalarnikidan farq qilishi kerak. 
    Bir xil ish qabul qilinmaydi. Bir – biringizdan koʻchirmang? 
    Boshqa tizimni tanlang va uni o‘zingiz tahlil qiling. 
     
    Tizim klassifikatsiyasi jadvali 
     
    № 
    Klassifikatsiya 
    belgilari 
    Belgilari bo‘yicha 
    obyektning turi 
    Tegishliligining asosi 
    1. 
    2. 
    … 



    Qisqacha nazariy ma’lumotlar 
    Umuman olganda, tizim har xil belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi. 
    Mono belgilarga qarab tizimlarni quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: 
    1. Foydalanilishiga ko‘ra: fizik (miqdorlari o‘lchamli) va abstrakt 
    (elementlari tushuncha, tenglama, o‘zgaruvchilar, sonlar va boshqa bo‘lishi 
    mumkin; masalan, dasturlash tili, sonlar sistemasi, tenglamalar sistemasi va 
    boshqa). 
    2. Miqdorlari, elementlari va bog‘lanishlari soniga ko‘ra: chega- 
    ralangan (miqdorlari, elementlari va bog‘lanishlari soni chekli; masalan, 
    fizik tizimlar chegaralangan); chegaralanmagan (miqdorlari, elementlari va 
    bog‘lanishlari soni chekli bo‘lmagan; masalan, abstrakt tizimlar esa chega- 
    ralanmagan bo‘lishi ham mumkin). 
    3. Ta’sir qilishiga ko‘ra: determinatsiyalangan (barcha elementlar 
    kutilgan tartibda o‘zaro ta’sirda) va stoxastik/ehtimollik (tizimning holatini 
    biror ehtimollik bilan oldindan aytish). 
    4. Kelib chiqishiga ko‘ra: tabiiy (insonning aralashuvisiz tabiat 
    tomonidan yaratilgan tizimlar; masalan, jonli, jonsiz, ekologik, ijtimoiy va 
    boshqa); sun'iy (inson tomonidan uning iste’molini qondirish uchun 
    yaratilgan tizimlar; masalan, mexanizm, mashina, avtomat, robot va 
    boshqa); virtual (xayoliy, haqiqatda ular mavjud bo‘lmasligi mumkin, 
    ammo ular haqiqiy hayotda xuddi mavjud bo‘lgandek). 
    5. Muhit bilan o‘zaro ta’siriga ko‘ra: izolyatsiyalangan (tashqi muhit 
    bilan aloqasi yo‘q); yopiq (tashqi muhitdan qat'iy nazar mavjud va qat'iy 
    fiksirlangan chegaralarga ega; masalan, monopoliya, patentlar va boshqa 
    vositalar bilan himoyalangan jarayonlar va mahsulotlar, quyosh tizimi) yoki 
    ochiq (tashqi muhit bilan aloqasi ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni tizim 
    o‘zini o‘rab turgan atrof tizimlarga ta’sir qiladi va ularning ta’sirini ham 
    o‘zida sezadi; masalan, korxona, fan sohasi, biogeosenoz). 
    6. Murakkablik darajasiga va tavsiflanish uslubiga ko‘ra: sodda 
    (muammoni yechish jarayonida tashkil etuvchilariga ajratilishiga hojat 
    bo‘lmagan tizim, uning ba’zi elementlar o‘rtasidagi bog‘lanish oson tavsi- 
    flanadi; masalan, loyiha, mexanik ustaxona, meduzalar harakati, mahsulot 
    sifatining statik nazorati, tanga tashlash, eshikning oshiq-moshig‘i); mu- 
    rakkab (ko‘plab elementlar o‘rtasidagi tarmoqlangan tuzilma murakkab 
    funksiyalarda bajariladi, bunday tizimning elementlari va tizim ostilari 
    o‘zaro aloqada va o‘zaro bog‘liq, ularni izolyatsiyalangan holda o‘rganish 
    mumkin emas; masalan, raqamli EHM, avtomatlashtirish, shartli re- 
    flekslar, sanoat korxonasining foydasi, odam, inson xulqi va ongi, hayot 



    sifati); o‘ta murakkab (o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi to‘la tavsiflani- 
    shi mumkin bo‘lmagan elementlar va tizim ostilar to‘plamidan iborat tizim; 
    masalan, odam, iqtisodiyot, odam miyasi, firma faoliyati, ijtimoiy tizimlar, 
    ijtimoiy tashkilotlar, bizning ongimizdan tashqarida mavjud tiz- imlar va 
    boshqa). 
    7. Vatq o‘tishi bilan o‘zgarishi belgisiga ko‘ra: statik (parametrlari va 
    xossalari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi, ya’ni tizim bitta mumkin bo‘lgan 
    va oldindan aniqlangan holatiga ega; masalan, ko‘pgina texnik tizimlar); 
    dinamik (parametrlari va xossalari vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchan; masa- 
    lan, ijtimoiy, tashkiliy-texnik tizimlar). 
    8. Miqdori va o‘lchami (nisbiy xarakteristikalari) ga ko‘ra: mayda, 
    o‘rtacha va yirik. Bu ajratishlar ba’zan quydagi sxema bo‘yicha bajariladi: 
    mayda tizimlar – tizimning elementlari soni 30 dan kam (masalan, firma 
    xodimlari soni 25 kishi, avtoruchka 1 dona, oila 5 kishidan iborat, talabalar 
    guruhi 30 kishidan kam, kafedra xodimlari 15 kishidan kam); o‘rtacha tiz- 
    imlar – tizimning elementlari soni 30 dan 300 gacha (masalan, firma xo- 
    dimlari soni 250 kishi, fakultet talabalari soni 200 nafar, chang yutguch); 
    yirik tizimlar – tizimning elementlari soni 300 dan ko‘p (bunday tizimlarni 
    soddaroq funksional tashkil etuvchilariga ajratib o‘rganish maqsadga mu- 
    vofiq; masalan, korporatsiyaning xodimlari soni 15000 kishidan ko‘p). 
    9. Kuzatilayotgan miqdorlariga va ularning vaqt bo‘yicha taqsimlan- 
    ishiga ko‘ra: diskret (masalan, texnik tizimlar); uzluksiz (masalan, suvning 
    aylanma harakati, o‘simliklardagi fotosintez, hayvonlar va odamlardagi as- 
    similyatsiya va dissimilyatsiya, hayotning o‘zi va boshqa); impulsli (dis- 
    kret vaqt momentlarida uzluksiz o‘zgaruvchan parametrlarga ega tizim). 
    10. Tuzilmasining murakkabligiga ko‘ra: jonli (masalan, o‘simliklar, 
    hayvonlar, odamlar, ijtimoiy tizimlar, ijtimoiy tashkilotlar, bizning 
    ongimizdan tashqarida mavjud tizimlar); jonsiz (masalan, statik, sodda 
    dinamik tuzilmali, kibernetik tizimlar). 
    11. Mohiyatiga ko‘ra: kosmik; biologik; texnik; ijtimoiy; iqtisodiy
    ekologik; siyosiy va boshqa. 
    12. Maqsadli tayinlanganligiga ko‘ra: maqsadli yo‘naltirilgan 
    (qo‘yilgan maqsadga erishish uchun ish faoliyati oldindan dasturlashtiril- 
    gan); maqsadli intiluvchan (muqobil uslublarni tanlash yo‘li bilan qo‘yilgan 
    maqsadga erishish). 
    13. Yetakchi elementi mavjudligiga ko‘ra: markazlashtirilgan (yetak- 
    chilik vazifasini bajaruvchi markaziy bo‘g‘inga ega); markazlashtiril- 
    magan (barcha elementlari o‘rtasida vazifalar tekis taqsimlangan); 
    14. Faoliyatining davomiyliga ko‘ra: qisqa muddatli; o‘raliq muddat- 



    li; uzoq muddatli; maxsus; ixtisoslashtirilgan (xizmat turi yoki mahsulotiga 
    qarab bitta funksiyani bajaruvchi); kompleks (mahsulotni yaratishda bar- 
    cha fuksiyalari ishlaydi); determinatsiyalangan (faoliyati natijalari taxmin- 
    lashtirilgan); stoxastik (faoliyati natijalari ehtimolli aniqlanuvchi). 
    15. Parametrlarining tavsifiga ko‘ra: sifatiy parametrli (faqat 
    mazmunan tavsifga ega); miqdoriy parametrli (o‘zgaruvchilari diskret yoki 
    uzluksiz, miqdorli tavsiflanadi); aralash tavsifli (sifatli hamda miqdorli). 
    16. Faoliyati qonuniyatlari tavsifiga ko‘ra: "Qora quti" (tizimning 
    faoliyati qonuniyatlari to‘la noma’lum, faqat kiruvchi va chiquvchi 
    ma’lumotlargina ma’lum); parametrlashtirilmagan (qonuniyatlari no- 
    ma’lum; faqatgina qonuniyatlarining ba’zi apriorlarigina ma’lum); para- 
    metrlashtirilgan (barcha parametrlari bo‘yicha faoliyati qonuniyatlari aniq); 
    "Oq (shaffof) quti" (faoliyatining barcha qonuniyatlari aniq). 
    17. Boshqarilish uslubiga ko‘ra: tashqaridan boshqariluvchan tizim 
    (teskari aloqasiz, yo‘naltiriluvchan, tuzilmaviy, axborotli yoki funksional 
    boshqariluvchan); ichkaridan boshqariluvchan (o‘z-o‘zini boshqaruvchan, 
    dasturiy boshqariluvchan, avtomatik moshlashuvchan; tashqi va ichki 
    omillar ta’sirida vaqt va fazo bo‘yicha o‘zining tuzilmasini tartiblashtiru- 
    vchan va o‘zgartiruvchan); kombinatsiyali boshqariluvchan (avtomatik, 
    yarim avtomatik, avtomatlashtirilgan, tuzilmalashtirilgan). 
    18. Belgilari to‘plami bo‘yicha – tizimni yaratish usullari va ularning 
    ishlash xususiyatlariga ko‘ra tizim 4 ta sinfga ajratiladi: 
    Birinchi sinf: fizik tizimlar (tabiiy, moddiy, jonsiz) muqim tuzilmaga 
    va yaqqol ifodalanuvchi maqsad fuksiyasiga ega emas (masalan, quyosh 
    tizimi, galaktika, tog‘ tizimi, minerallar tizimi, suv tizimi va boshqalar ta- 
    biiy jonsiz tizimlar). 
    Ikkinchi sinf: texnik tizimlar (sun'iy, moddiy, jonsiz) muqim tuzil- 
    maga va yaqqol ifodalanuvchi maqsad fuksiyasiga ega (masalan, stanok, 
    kompyuter, magnitafon va boshqalar sun'iy jonsiz tizimlar). 
    Uchinchi sinf: biologik tizimlar (tabiiy, sin'iy, moddiy, jonli) qayta 
    tiklanuvchi tuzilmaga ega (masalan, seleksiya va gen-muhandisligi bilan 
    olingan tizimlar, ijtimoiy tizimlar sin'iy jonli tizimlar). 
    To‘rtinchi sinf: ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar (sun'iy), ishlab chiqarish, 
    taqsimot, almashinuv, inson faoliyatining iste’mol talablari natijalari (ma- 
    salan, laboratoriya, o‘quv guruhi, partiya, institut, kasaba uyushmasi va 
    boshqa). 
    Tizim tushunchalardan, obyektlardan va subyektlardan tashkil topgan 
    bo‘lishi mumkin (masalan, futbol komandasi o‘yinchilari, laboratoriya xo- 
    dimlari subyektlar; avtomobil yoki yozuv mashinkasining obyektlari bu 



    uning alohida qismlari; "inson-mashina" tizimi esa har uchchala turdagi el- 
    ementlardan tashkil topgan, bular firma, transport tizimi, energetik tizim va 
    boshqa). 
    Yuqorida 
    aytilganlarni 
    yanada 
    oydinlashtiramiz. 
    Masalan, 
    "Avtoruchka"ning klassifikatsiyasi: ta’sir qilishiga ko‘ra – determi- 
    natsiyali; kelib chiqishiga ko‘ra – sun'iy; muhit bilan o‘zaro ta’siriga ko‘ra 
    – ochiq; murakkablik darajasiga ko‘ra – sodda; vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi 
    belgisiga ko‘ra – statik; miqdori va o‘lchamiga ko‘ra – mayda. Masalan, 
    "Ko‘l" – ekologik tizim; ochiq; parametrlari tavsifi o‘zgaruvchan; para- 
    metrlashtirilmagan; tizim ostilar "Suv o‘tlari", "Baliqlar", "Quyilayotgan 
    buloqlar", "Ko‘l tubi", "Ko‘l qirg‘og‘i". Masalan, "Kompyuter" texnik 
    tizim; ochiq; sun'iy; aralash tavsifli; parametrlashtirilgan; tashqaridan 
    boshqariluvchan (dastur yordamida). Masalan, "Mantiqiy disk" – sun'iy; 
    ochiq; virtual; miqdorli tavsifli; "Oq quti"; aralash boshqariluvchan. Masa- 
    lan, "Firma" – ochiq; sun'iy; kelib chiqishi va tavsifi aralash; ichkaridan 
    boshqariluvchan. 

    Download 166.97 Kb.




    Download 166.97 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-modul topshiriqlari. Mavzu: Tizimlar klassifikatsiyasi

    Download 166.97 Kb.
    Pdf ko'rish