International Scientific Journal “Internauka”
http://www.inter-nauka.com/
International Scientific Journal “Internauka”
http://www.inter-nauka.com/
Otamuratov Obidjon Toirjonovich
Samarqand Davlat Arxitektura qurilish instituti
”Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi
TA’LIM JARAYONLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING
TUTGAN O’RNI
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon
darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va
milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni
yaratish
milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim
omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz
uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy,
tuzilmaviy va boshqa
o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan
bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir.
O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur
fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida,
talabalarning
mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib,
ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada
jadallashtirish,
professor-o’qituvchilarni
ilg’or
pedagogik
bilimlar
va
texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim
muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va
vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
Multimedia
-
gurkirab
rivojlanayotgan
zamonaviy
axborotlar
texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar,
bezaklar va
boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar,
International Scientific Journal “Internauka”
http://www.inter-nauka.com/
International Scientific Journal “Internauka”
http://www.inter-nauka.com/
animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday
integrasiya axborotni ruyxatdan utkazish va aks ettirishning turli qurilmalari,
muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va
grafikadan
farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum
oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash
va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish
shinasining o’tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli tashqi xotira,
xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan
ikki barovar oshirilishi talab etiladi,
“inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda
muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va
xar tomonlama axborotlarni
oladiki, mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga
imkon beradi.
multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni
qayta tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia
tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol
tug’ladi? Ko’pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning
fikrimizcha, mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari
asosida audio,
video matn, grafika va animasiya effektlari asosida o’quv
materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi
ko’rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi
yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia
vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Multimedia vositalarining 81-
yildagi yalpi oboroti 4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa 94-yil esa 16
milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir
kompyuterni mul’timedia vositalarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Kompyuterlarning
70-yillarda ta’lim sohasida keng qo’llash yo’lida
urinishlar zoye ketganligi
avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot
shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki