Reja.
1.Operatsion tizim to’g’risida tushuncha.
2. Windows operatsion tizimining umumiy ta’rifi.
3. Windows operatsion tizimining foydalanuvchi interfeysi.
1.Operatsion tizim to’g’risida tushuncha.
Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U
foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira,
disklardagi joylar va hokazolar)ni
boshqarishni amalga oshiradi, boshqa
dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va
amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli
(interfeys)ni
ta’minlaydi.
Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari
bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi
darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga
va amaliy dasturlarga
zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan
iborat bo‘ladi.
Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi diskovodning dvigatelini
qanday qilib yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga o‘quvchi boshchani o‘rnatish,
ma’lum o‘quvchi boshchani tanlash, kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi
axborotni o‘qish va hokazo kabi amallarni "tushunadi". Hatto bir disketdan
ikkinchisiga faylning nusxasini ko‘chirish, kabi murakkab bo‘lmagan
amalni
bajarish uchun ham (fayl – bu diskdagi yoki boshqa mashinaviy axborot
tashuvchidagi axborotlar to‘plami) diskovodlarga taalluqli buyruqlarni ishga
tushirish, ularning ijrosini tekshirish, disklardagi
fayllarni joylashtirish,
jadvallaridan axborotni izlash hamda ularga ishlov berish va hokazolar bo‘yicha
minglab amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Vazifalar quyidagilar tufayli
murakkablashadi:
• disketalarning o‘nga yaqin formatlari mavjud va operatsion tizimi ularning
hammasi bilan ishlay olishi kerak. Foydalanuvchi uchun turli formatdagi
disketalar bilan ishlash mutlaqo bir xil bo‘lishi kerak;
• disketalarda fayl ma’lum
bir maydonni egallaydi, foydalanuvchi aynan qaysi
uchastkalar ekanligi haqida hech narsani bilmasligi kerak. Fayllarni joylashtirish
jadvallarga xizmat ko‘rsatish, ulardan axborot izlash, disklarda fayllar uchun joy
ajratish bo‘yicha barcha ishlar operatsion tizimi tomonidan bajariladi va
foydalanuvchi bular haqida hech narsa bilmasligi mumkin.
Operatsion tizim foydalanuvchidan bu murakkab va unga kerak bo‘lmagan
tafsilotlarni yashiradi va unga ishlashi uchun qulay bo‘lgan interfeysni taqdim
etadi. Tizim, shuningdek, turli yordamchi harakatlar, masalan, fayllarni ko‘chirish
yoki chop etishni ham bajaradi. Operatsion
tizim tezkor xotiraga hamma
dasturlarni yuklashni amalga oshiradi, ular ishlay boshlashi bilan boshqarishni
ularga topshiradi, bajarilayotgan dasturlarning so‘rovi bo‘yicha turli harakatlarni
bajaradi va tezkor xotirani yakunlangan dasturdan
tozalaydi.
Odatda, IBM PC shaxsiy kompyuterni Microsoft firmasining MS DOS
operatsion tizimi yoki uning IBM firmasi tarqatadigan
PC DOS varianti
rahbarligida yo bo‘lmasa, Digital Research firmasi (hozirgi Novel firmasining
bo‘linmasi)ning MS DOS operatsion tizimi bilan qo‘shilib, o‘rin almashib ishlay
oladigan DR DOS tizimi yoki IBM firmasining PC DOS operatsion tizimi
boshqaruvida ishlaydilar. Bundan buyon bu uchta operatsion tizimi ta'riflanadi va
bunda ularning hammasi bitta umumiy DOS so‘zi bilan ataladi.
Dasturiy interfeys – xisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o’zaro
ta’sirini ta’minlovchi vositalar yig’indisidir.
Foydalaniluvchi interfeys- foydalanuvchining dasturiy yoki EXM bilan uzaro
ta’siridagi dasturiy va apparat vositalaridir.
Xar bir kompyuter albatta operatsion tizim turkumiga ega buladi, ularning xar biri
uchun amaliy dasturlarning uz turkumi yaratiladi. Operatsion tizimlar quyidagi
omillar bo’yicha tavsiflanadi:
Bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar: bir (kishi)
foydalanuvchi, ko’p
(kishi) foydalanuvchilar soniga ko’ra;
Tizim boshqaruvi ostida bir vaqtda foydalaniluvchi jarayonlar: bir vazifali, ko’p
vazifalilar soniga ko’ra;
Qo’llab-quvvatlovchi jarayonlar: bir protsessorli, ko’p protsessorlilar soniga
ko’ra;
OT kodi razryadliligi: 8 razrayadli, 16 razrayadli, 32 razrayadli, 64 razrayadliligiga
ko’ra;
Interfeys turi: buyruq (matnli) va ob’ektli-yunaltirilgan (grafik)ligiga ko’ra;
Foydalaniluvchining EXMga kirishi turi: paketli qayta ishlash, vaqt bilan bo’linishi,
real vaqtga ko’ra;
Zaxiralardan foydalanish turi: tarmokli, lokalliligiga ko’ra.
Hozirgi paytda operatsion tizimlarning DOS; OS/2;UNIX; Windows oilalari
keng tarkalgan. DOS oilasidagi operatsion tizimlarning
birinchi vakili-MS DOS