Universal grafika- Windows dasturlarining
qurilmalariga va dastur
ta’minotga
Bog’liqsizligini ta’minlaydi.
Yagona interfeys- Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni
turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. SHuning uchun yangi dastur bilan
ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta’minot bilan muvofikligi – Windowsning barcha amaliy
paketlari taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi.
Ko’p masalaligi – Windows bir paytning o’zida
bir necha masalani
hisoblaydi, bir
dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.
Mavjud operativ xotirada to’la foydalana oladi, qurilma resurslaridan ham
to’liq
foydalanadi.
Ma’lumotlar almashuvi – Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish
imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi) yoki DDE
(ma’lumotlarning
dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan
foydalanish) yoki OLE (ma’lumotlardan ularni taxrirlagan holda foydalanish)
yordamida amalga oshiriladi.
Windowsda ekran ”desktor” deb ataladi. Barcha amallar unda bajariladi.
Windows so’zining ma’nosi “oynalar” (darchalar).SHuning uchun Windowsga
kirganda dasturlar darchalarda bajariladi.Darchalarni joyini va o’lchamlarini
uzgartirish mumkin. Agar bir nechta dastur bajarilayotgan bo’lsa,
darchalarni
piktogrammalarga kichraytirish mumkin. Bu esa ekrandan unumli foydalanish
imkonini beradi. Darchalar uch xil bo’ladi:
Dasturlar darchasi;
Xujjatlar darchasi;
Muloqot darchasi.
Darcha yoki piktogramma joyini o’zgartirish uchun sarlavxani sichkoncha
tugmachasini bosgan xolda yangi joyga keltiriladi.
Windows dasturi yuklanganda uning ishchi stolida “moy kompyuter”, “moi
dokument” ,“portfel”, “korzina” piktogrammalari (istalgan piktogrammalarni
joylashtirish mumkin) namoyon bo’ladi. Ekranning pastida joylashgan “
Panel
zadach”da “Pusk” tugmasi joylashgan bo’lib, unda Bosh menyu joylashgan.