1. Matnlar bilan ishlovchi programmalar bu- ? a matn redaktorlari va matn protsessorlari




Download 76,5 Kb.
bet1/2
Sana26.12.2023
Hajmi76,5 Kb.
#128527
  1   2
Bog'liq
7-mavzu


7-Mavzu. Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari


1.Matnlar bilan ishlovchi programmalar bu- ?
a) matn redaktorlari va matn protsessorlari
b) Matn muharrirlari
c) Matn muharrirlari
d) Matn taxrirlagichlari

2. Matn muharrirlarining asosiy elementlari bu- ?


a)
b)
c)
d)
3. Matnni qayta ishlash dasturlari bu- ?
a)
b)
c)
d)
4. Matn protsessorlari yordamida rasmiy hujjatlar tayyorlash tartibini izohlang.
a)
b)
c)
d)
5. Matn protsessorlari asosiy elementlari bu?
a)
b)
c)
d)
a)
b)
c)
d)

Matn redaktoriga qaysi dasturlar kiradi?


. Matn redaktorlarida kiritilgan matnni shakllash imkoni mavjud emas. Matn muharrirlari matnni shakllash imkonini beradi. Matn redaktoriga Bloknot standart matn redaktori kiradi. Matn taxrirlagichlari programma matnlarini kiritish, o’zgartirish, ko`chirish, nushasini qog`ozga ko`chirish kabi imkoniyatlarga ega. Ular prog-rammalash sistemalari tarkibida bo’ladi. Bunga Turbo S, Turbo Pascal kabilar misol bo’la oladi.

Xujjat taxrirlagichlari xujjatlarni taxrirlash, turli shriftlardan foydalanish, satrlar orasidagi intervalni o’rnatish,saxifalash, formulalarni yozish, jadval, diagrammalarni tashkil kilish va xokazo im koniyatlarga ega. Bu taxrirlagichlarga yukorida aytilgan Microsoft Word va eng oxirgi yillarda ishlab chikilgan kompьyuterlar uchun mo’ljallangan kuydagilar Chiwriter, WD, Microsoft Word 2000 va xokazolar misol bo’la oladi.


Ayniqsa matbuot sistemalari nashriyotchilar mexnatini mashakatli, zararli jarayonlaridan xalos kilish bilan birga nashriyot maxsulotlari sifatini oshirdi. Bu sistemalar asosida jurnallar, kitoblar,turli prospektlarning yukori sifatli maketlarini tayyorlash mumkin.
Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g‘orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o‘zgarmadi.
Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o‘yib yozilgan bo‘lsa, keyinchalik turli bo‘yoqlar yordamida yozildi. Xayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo‘lga qo‘yildi.
Qog‘oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli ham takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo‘yqalam, qamish-perolar, g‘oz patlaridan foydalanildi. Patlar o‘rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o‘rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon - matnga o‘zgartirish kerak bo‘lsa uni qaytadan yozish zarurligi o‘zgarmadi.
Bu juda ko‘p kuch va mehnat talab qiladi. Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog‘ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar asosan ikki turga bo‘linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko‘rinishiga bog‘liq.
Matn muharriri kompyuterda eng ko‘p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Xatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o‘nlab matn muharrirlarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlarida "RED", "Volna", "Punktir", IBM kompyuterlarida "WD", "Foton", "Leksikon" va xokazo.
Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
ma’lumotlarni kiritish;
xatolarni tuzatish;
belgilar , so‘zlar, satrlar, abzatslar o‘rnini almashtirish yoki o‘chirib tashlash;
matnni biror "qolipga solish", ya’ni chap va o‘ng tomonlarini to‘g‘rilash, satrlar orasidagi masofani o‘zgartirish;
matnni diskda saqlash;
matnni diskdan o‘qish;
chop etish.

Matn muharrirlarida asosan matnning mazmuniga e’tibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog‘ozdagi ko‘rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo‘lmaydi.


Matn muharrirlari yordamida matn fayllari xosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda xosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo‘ladi.
Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko‘rinishi ham katta ahamiyatga ega bo‘lganda qo‘llaniladi. Matn protsessorlari matnning tashqi ko‘rinishiga ta’sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o‘lchami, rangi va ko‘rinishlarini o‘zgartirish va xokazo.
Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko‘p qo‘llaniladi.
Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi. Matn protsessori yordamida xosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko‘rinishi xaqidagi (shrift turi, o‘lchami, rangi va xokazo) axborotni ham o‘zida saqlaydi. Bular maxsus kodlar bo‘lib, ekranda ham, qog‘ozda ham ko‘rinmaydi.
Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo‘llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar xar xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o‘tishga xar doim ham erishib bo‘lmaydi.
Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko‘rinishi turlicha bo‘lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun biror matn muharririda ishlashni mukammal o‘rganib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlashni ham qiyinchiliksiz o‘zlashtirib olasiz.
Matnlar bilan ishlash. Microsoft Word matn muxarriri. Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan WORD dasturida ishlashni bilishi lozim. MS WORD - bu matnli xujjatlarni tuzish, ko’zdan kechirish, taxrir qilish va chop etish uchun xizmat qiluvchi xamda Microsoft Office dasturlari guruxiga kiruvchi zamonaviy matn muxarriridir.
Microsoft Word (qisqacha MS Word, WinWord yoki Word) – matnli maʼlumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi.
MS WORD dasturini yuklash: Microsoft Word piktogrammasi asosan, Microsoft Office ish stolida buladi. Bu dasturni siz, standart usul – uning piktogrammasiga sichkoncha tugmasini ikki marta bosish еki “Пуск” tugmasi, “Программы`” menyusining “Microsoft Word” qism menyusini tanlab {Enter} klavishini bosish orkali ishga tushirishingiz mumkin.
MS WORD - matnli va grafikli malumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi xamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi. MS WORD - yordamida ixtiyoriy korinishdagi xujjatni juda tez va yuqori sifatda tayorlash mumkin.
Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta xujjatlar bilan, yani ularni qoshish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib kochirish, matn oldiga tasvir tushirish, jadval tashkil qilish, turli shriftlar bilan ishlash, xarflarni istalgan shaklda еtarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin MS WORD - ayrim kamchiliklar dan ham holi emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud.
Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal muqovalari) materiallarini tayorlashda noqulaylik yuzaga keladi. Shunday qilib, WORD matn muxarriri komagida rus va ingliz tilida xar xil xujjatlar, xat, xisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir turkum matnli malumotlarni zudlikda tayorlash va chop qilish mumkin.
Ikki qatorni birlashtirish uchun birinchi qator oxiriga korsatkich keltiriladi va [Del] tugmachasi bosiladi. Xujjatni tayyorlab bolgandan keyin ixtiyoriy nom va DOC kengaytkichi bilan Сохранит как buyrugi orqali saqlab qoyishingiz yoki menyudagi fayl bolimiga kirib, Сохранит satrini tanlash yoli bilan uni xotirada saqlab qoyishingiz mumkin. Xotirada saqlab qoyilgan faylni yana taxrir qilish zarur bolsa, Word menyusidagi Файл bolimida Открыть buyrugi tanlanadi va fayl nomi beriladi. Natijada ish stolida matn xosil boladi.
O’z navbatida matnni taxrir qilish yoki chop qilishni davom ettirish mumkin. WD matn muharriri menyusi oltita buyruqdan iborat. Har bir buyruq oldidan uni bajarish uchun bosilishi mumkin bolgan klavish (F1, F2, …10,) korsatilgan. Leksikon matn protsessori menyusi ichma-ich joylashgan buyruqlar tizimiga ega.
Yani menyuning biror buyrugi tanlasa, Menyu satrida qoshimcha buyruqlar hosil boladi. F10 klavishi bosiladi. Natijada yurgich menyular satriga otadi. Yonalish klavishlari (chapga yoki ongga) yordamida yurgich menyuning Tekst menyusining amallari (yuklash, saqlash va hakozo) paydo boladi. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib matn korinishdagi axborotlarni qayta ishlash usullari va yol-yoriqlarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bolgan MICROSOFT WORD (qisqacha WORD) matn protsessori misolida korib chiqamiz.
U juda kop amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protsessorlaridan ajralib turadi. WORD grafik interfeysga ega bolib, aksariyat buyruq va amallar sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. WORD bir vaqtda bir vaqtning ozida bir nechta xujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat oyna deb ataladigan ichki maydonida tashkil etiladi.
Oynalarning olchami va joylashish tartibi foydalanuvchi oz hohishiga qarab belgilab oladi. MICROSOFT WORD matn protsessorlarining ozbek tilidagi ifodasi bilan birga qavs ichida rus tilidagi ifodasini berib borishni lozim topdik. MICROSOFT WORD ishga tushirilganda ekranda uning ishchi maydoni va boshqarish paneli hosil boladi.
Boshqarish paneli, odatda sarlavha satri, va uskunalar panelidan iborat Uskunalar panelida uskunalar rasmi chizilgan tugmalar bolib, Ulardan foydalanish matn protsessori bilan ishlashda qulaylik yaratadi. Sarlavhalar satrida ishlanayotgan hujjatning nomi aks etadi:
Menyular satri quyidagilardan iborat.
- fayl – to’grilash (pravka) – ko’rinish (vid) - joylashtirish (vstavka)- format - servis - jadval (tablitsa) - oyna (okno) – ma’lumot (spravka)

Mazkur menyular hujjatlar tanlashda muhim ahamiyatga ega. Endi har bir menyuning asosiy buyruqlari bilan tanishib chiqamiz


Fayl menyusi:
ochish (открыть)
hosil qilish (создать)
saqlash (сохранить)
…kabi saqlash (сохранить как)
hujjatlarni chop etish (печать)
WORD dan chiqish (выход)
To’g’rilash menyusi :
yoqotish qirqib olish (vorezat)
nusxalash (kopirovat)
joylashtirish (vstavit)
matnni izlash va almashtirish (poisk i zamenit teksta)
Korinish menyusi:
hujjatni korish rejimini tanlash buyruqlari;
uskunalar paneli; kolontitul o`rnatish hujjat matni tasvirining masshtabini sozlash
Joylashtirish menyusi:
turli ko`rinishdagi matnlar va grafik tasvirlarni hujjat matni ichiga joylashtirish.
Format menyusi:
matnlarni formatlash;
grafiklarni formatlash (ularning rangi va o`lchovini o’zgartirish);
Servis menyusi quyidagi amallarni bajaradi.
Hujjatlarni tekshirish;
WORD dasturlarini sozlash
Jadval quyidagi amallarni bajaradi:
Jadvallarni hosil qilish
To’g’rilash
Formatlash
Oyna menyusi quyidagi amallarni bajaradi
ochiq xujjatlar oynasini tartibga keltirish;
kerakli oynani hujjatda ishlash;
Malumot menyusi quyidagi amallarni bajaradi:
WORD dasturi bilan ishlashga doir malumotlarni olishga xizmat qiladi
Nazorat uchun savollar:
1. Matnlar bilan ishlovchi programmalar bu- ?
2. Matn muharrirlarining asosiy elementlari bu- ?
3. Matnni qayta ishlash dasturlari bu- ?
4. Matn protsessorlari yordamida rasmiy hujjatlar tayyorlash tartibini izohlang.
5. Matn protsessorlari asosiy elementlari bu?

Download 76,5 Kb.
  1   2




Download 76,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Matnlar bilan ishlovchi programmalar bu- ? a matn redaktorlari va matn protsessorlari

Download 76,5 Kb.