• Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada Ular iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.
  • Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud? Milliy iqtisodiyot




    Download 33,18 Kb.
    bet1/6
    Sana10.06.2024
    Hajmi33,18 Kb.
    #262059
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    javoblar


    1-Mavzu:
    Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari.
    Milliy xisoblar tizimi. Yalpi talab va taklif. Iste‘mol, jamg‘arma va investitsiyalar.


    1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?

    Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor (qarang Iqtisodiy taraqqiyot modeli).

    1. Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.

    Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish — ishlab chiqarish jarayonining doimo kengaytirilgan hajmida yangidan boshlanib, takrorlanib turishi. Aholining koʻpayib borishi, individual isteʼmolning ortib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojning toʻxtovsiz oʻsishi Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni zaruriy shart qilib qoʻyadi. Bu esa ehtiyojni qondirishning asosiy usuli boʻlgan ishlab chiqarishning kengaygan holda takrorlanishini taqozo etadi. Oddiy takror ishlab chiqarish — ishlab chiqarish jarayonining ilgarigi hajmlarda bir meʼyorda takrorlanishi oʻsib borayotgan ehtiyojlarni qondira olmaydi. Shu sababli rivojlangan iqtisodiyotga Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish xosdir. Farovon hayot YAMMni tobora koʻproq yaratish va uning samarali ishlatilishini talab etadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish faqat ishlab chiqaruvchi kuchlarga taalluqli boʻlib qolmay, ayni vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini ham oʻzida ifodalaydi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish yangilanish jarayonini bildiradi va takrorlanish davrida mehnat qurollari, vositalari, usullari, mahsulot yaratilishi kabi jarayonlarning oʻzgarib borishi, oʻrin almashuvi qabilarni qamraydi. Oʻzbekistonda Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni shoʻrolar davrida umumittifok, majmui asosida amalga oshib, milliy manfaatga bogʻliq boʻlmagan. Mustaqillik yillari Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda tub oʻzgarishlar yuz berdi, Oʻzbekiston xalqi manfaati va tiklanayotgan bozor iqtisodiyoti talablari asosida mustaqil harakatdagi Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni yuzaga keldi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanib, ishlab chiqarish toʻla zamonaviy texnologiya asosida yangilanmoqda, yangiyangi tarmoqlar paydo boʻlib, mashinasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, elektronika kabi tarmoqlar sanoatda asosiy oʻrinni egallamoqda.


    1. Download 33,18 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 33,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud? Milliy iqtisodiyot

    Download 33,18 Kb.