• 1. Raqamli iqtisodiyot
  • 1.Qulayliklari
  • 2. Iqtisodiyot
  • 3.Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqi nimada
  • Mustaqil ish mavzu: Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiyot o’rtasidagi o’zaro bog’likni bahosi




    Download 1,19 Mb.
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,19 Mb.
    #263414
    Bog'liq
    Bozorov Shexroz.Mustaqil ish

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND “Iqtisodiyot” fakulteti. Raqamli iqtisodiyot fanidan   MUSTAQIL ISH MAVZU: Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiyot o’rtasidagi o’zaro bog’likni bahosi BAJARDI: SH. Bozorov Tekshirdi: Anarbayeva.F

    Reja: 1. Raqamli iqtisodiyot nima 2. Iqtisodiyot nima 3. Raqamli iqtisodiyot va Iqtisodiyot bog’liklari 4. O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish

    1. Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir.

    1.Qulayliklari 1.To‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‘lkira va boshqa resurslar tejaladi). 2.Tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi. 3.Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta. 4.Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi. 5.Tezroq, sifatliroq, qulayroq.

    2. Iqtisodiyot — bu ishlab chiqarish, taqsimlash va savdo, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilish sohasini oʻrganish sohasi. Umuman olganda, u tanqis resurslarni ishlab chiqarish, ishlatish va boshqarish bilan bogʻliq amaliyotlar, nutqlar va moddiy ifodalarni taʼkidlaydigan ijtimoiy soha sifatida belgilanadi.[1] Muayyan iqtisodiyot — bu asosiy omillar sifatida uning madaniyati, qadriyatlari, taʼlimi, texnologik evolyutsiyasi, tarixi, ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzilishi, huquqiy tizimlari va tabiiy resurslarini oʻz ichiga olgan jarayonlar toʻplamidir. Bu omillar maʼno-mazmunni beradi va iqtisodiyot sharoit va parametrlarni belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy soha — bu oʻzaro bogʻliq boʻlgan inson amaliyotlari va operatsiyalarining ijtimoiy sohasi boʻlib, u bir necha sohalar bilan chambarchas bogʻliq.

    2. Iqtisodiy agentlar jismoniy shaxslar, korxonalar, tashkilotlar yoki hukumatlar boʻlishi mumkin. Iqtisodiy bitimlar ikki guruh yoki ikki qarama-qarshi tomonlar muomala qilingan tovar yoki xizmatning odatda maʼlum bir valyutada ifodalangan qiymati yoki biror maʼlum narxda kelishishganda yuzaga keladi. Biroq, pul muomalalari iqtisodiy sohaning faqat kichik qismini tashkil qiladi. Iqtisodiy faoliyat tabiiy resurslar, mehnat va kapitaldan foydalanadigan ishlab chiqarish tomonidan ragʻbatlantiriladi. Vaqt oʻtishi bilan u texnologiyainnovatsiyalar (yangi mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar, bozorlarni kengaytirish, bozorlarni diversifikatsiya qilish, bozorlar, daromad funksiyalari darajasini oshiradi), masalan, intellektual mulkni ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarish munosabatlaridagi oʻzgarishlardir. (bunda eng koʻzga koʻrinarlisi, bolalar mehnati dunyoning baʼzi joylarida taʼlimga universal kirish imkoniyati bilan almashtirilganini misol qilib aytsak boʻladi

    3.Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqi nimada? Telegramdagi biron savdo boti orqali o‘ziga ma’qul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron to‘lov tizimi orqali to‘lash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish – raqamli iqtisodiyot deyiladi. Masalan xaridorga shim kerak uni bozorga tushib naqd pulga sotib olsa bu an’anviy iqtisod deyiladi. Aslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Masalan, oyliklarimiz plastik kartalarga tushadi, elektron to‘lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot va xizmatlarga to‘lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, va hokazo.

    3. Soʻngi yillarda iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan bir qator normativ-huquqiy hujjatlari imzolandi. Raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish va uni qoʻllab-quvvatlash mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyot rejasidan muhim oʻrin egallaganligi tufayli iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar belgilandi va mazkur vazifalar ijrosi oʻlaroq, mamlakatimizda yangi elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron toʻlovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda, elektron infratuzilma va tijorat shakllantirilmoqda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli transformatsiyaga oʻtilishi qadamma-qadam amalga oshirilmoqda

    Raqamli transformatsiya realizatsiyasi boʻyicha soʻngi yillarda amalga oshirilgan ishlar qatorida aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yana-da rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirildi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni, shuningdek blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga karatilgan “Raqamli ishonch” jamgʻarmasi tashkil etildi.

    Foydalanilgan adabiyotlar 1. А.Ю.Макаров, А.А. Макаров.—М:СОЛОН-Пресс, 2021.—160 с. ISBN 978-5-91359-437-2 2. Lapidus L.V. Digital Economy (на англ. яз.): Учебное пособие для бакалавров и магистров по направлениям «Экономика» и «Менеджмент». – М.: РУТ(МИИТ), 2018.-42 с. 3. С.С.Ғуломов, О.М.Абдуллаев, Р.Аюпов. Рақамли иқтисодиёт (криптовалюта ва блокчейн). Ўқув қўлланма. Т.: Молия, 2020.–354 б.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


    Download 1,19 Mb.




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiyot o’rtasidagi o’zaro bog’likni bahosi

    Download 1,19 Mb.