|
Informatika o’qitish texnologiyalari va L oyialashtirish fanidan Yakuni nazorat savollari
|
bet | 1/21 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 63,94 Kb. | | #149243 |
Bog'liq Informatika o’qitish texnologiyalari va L oyialashtirish fanidan-fayllar.org
Informatika o’qitish texnologiyalari va L oyialashtirish fanidan Yakuni nazorat savollari
Informatika o’qitish texnologiyalari va l oyialashtirish fanidan Yakuni nazorat savollari
1. Informatika darslarida o‘quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar
Informatikani o‘qitishda foydalaniladigan texnologiyalar xilma-xil bo‘lib (ta’limda virtual texnologiyalar, o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar, multimediali texnologiyalar, o‘quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar, loyihaviy o‘qitish texnologiyalari ва ҳ.к.), qo‘llanmada bu texnologiyalar informatikani o‘qitish misolida batafsil yoritib berilgan.
Informatikani o‘qitish jarayonida ta’lim jarayonini loyihalashtirish muhim vazifa hisoblanib, o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishi natijasida o‘quv jarayonini, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish, bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish, informatikani kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirishga erishilishi ilmiy tushunchalarga asoslanib ochib berilgan.
2. Nazorat qiluvchi texnologiyalar va ularning turlari.
Nazorat qiluvchi elektron ta’lim resurslariga elektron testlar, elektron topshiriqlar elektron nazorat (testlashtirish)lar kiradi.
Elektron o‘quv modullari (Moodle dasturi kabilar). Ta’limni masofali, noan’anaviy shaklda, elektron ta’lim resurslaridan foydalanib tashkil etish uchun bugungi kunda turli-tuman pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ta’lim tizimiga kirib kelmoqda.
3. O‘quvchilar bilimini baholashda qo‘llaniladigan texnologiyalar.
Nazorat qiluvchi texnologiyalar va ularning turlari. O‘quvchilar bilimini baholashda qo‘llaniladigan texnologiyalar. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish o‘quv jarayoninig muhim elementi bo‘lib, u o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini belgilaydi. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga imkon beradi, chunki o‘quvchilarni sinovdan o‘tkazish ularni yaqindan bilish, individual xususiyatlarini yaxshi o‘rganishga yordam beradi.
Informatika fanidan nazorat qilishning xilma-xil usullaridan foydalanish o‘quvchilar bilimini aniq baholashga imkoniyat beradi. Boshqa fanlar singari informatika fanida ham o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni bir-biridan farqlash lozim bo‘ladi. Nazariy bilimlarni nazorat qilishning an’anaviy usullariga og‘zaki so‘rov, yozma ish, testdan foydalanilsa, amaliy ko‘nikmalarni baholashda berilgan amaliy topshiriqni bajarish hisobga olinadi.
4. Informatika darslarida o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish vositalari.
|
| |