|
Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari
|
bet | 6/21 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 63,94 Kb. | | #149243 |
Bog'liq Informatika o’qitish texnologiyalari va L oyialashtirish fanidan-fayllar.orgInnovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari.
Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari-bu har xil pedagogik jarayon(dars va darsdan tashqari)ni, vaziyatlarni tizimli tashkil etishni tavsiflovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Konsepsiya - pedagogik jarayonni tashkil etishdagi nuqtayi-nazar, yetakchi g‘oya va tamoyillar ko‘rinishida bo‘lib, u ilmiy tadqiqot natijasiga asoslanadi va qoidalar, hoyalar, qarashlarni o‘z ichiga oladi.
Model-pedagogik jarayonning anologi (aynan moslik)i bo‘lib, pedagogik jarayon elementlari (maqsad, mazmun, shakl, vosita, metod va natija) orasidagi munosabatni aks ettiradi. Modelning misoli sifatida biz ta’lim muassasasi bitiruvchisini olishimiz mumkin, uning bilimi, shaxsiy sifatlarida pedagoglar jamoasining mehnati, ularning innovatsion pedagogik faoliyatlari loyihasi aks etadi.
Reja-bu o‘tkaziladigan tadbirlar va ishlar ro‘yxati bo‘lib, unda tadbir va ishlarning o‘tkazilish tartibi va joyi ko‘rsatiladi. Loyihalashtirish jarayonida rejalardan keng foydalaniladi. Masalan: o‘quv reja, ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiyaviy ishlar rejasi, dars rejasi bo‘lib, ularning har biri o‘z maqsadi va o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘ladi.
14. Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish.
yuq
15. O‘qitish texnologiyalariga kirish
Loyihaviy o‘qitish texnologiyalariga kirish. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasining asoschilaridan biri amerikalik pedagog Djon Dyu(1859-1952) hisoblanib, uning ushbu uslubni ilmiy tavsiflash asosi pragmatik(islohot, bolani faollashtirish) pedagogika talablarga asoslanadi [15].
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o'rganishda loyiha usulidan foydalanish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:
o’rganilgan informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarni tizimlashtirish;
informatikaga oid ma'lumot bilan ishlashda ko'nikmalarni rivojlantirish, ushbu ko'nikmalarni mustaqil ravishda qo'llash qobiliyatini rivojlantirish;
ta'lim muammolarini va amaliy vazifalarni yechish uchun minimal kompyuter vositalari va dasturiy modellar to'plamidan foydalana olish;
jamoaviy loyihalarni amalga oshirishda AKTdan foydalanish tajribalariga ega bo’lish;
tabiatni va jamiyatni tushunishda axborot olish usullari bilan tanishish: hodisalarni kuzatish, ro'yxatdan o'tkazish, modellashtirish va tahlil qilishda AKTdan foydalanish, natijalarni axborot obyektlari shaklida taqdim etish;
informatika fanining umumiy tushunchalari haqida tizimli bilim va ma'lumot olishni o'zlashtirish: axborot obyekti, axborot jarayoni, axborot modeli, axborot tizimi, menejment, algoritmlari, axborot obyektlari va jarayonlarining rasmiy modellari to'g'risida; axborot dunyosiga yo'naltirilganlikka erishish;
16. O‘qitish texnologiyalari va uning turlari.
|
| |