|
Informatika darslarida o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish vositalariga
|
bet | 2/21 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 63,94 Kb. | | #149243 |
Bog'liq Informatika o’qitish texnologiyalari va L oyialashtirish fanidan-fayllar.orgInformatika darslarida o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish vositalariga biz asosan kompyuter, uning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari, internet, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan prezentatsiya, slaydlar, referat, mustaqil ish, kichik tadqiqot, loyihalar tayyorlangan matnlar, disklar, elektron fayllar, elektron ta’lim resurslari, elektron ta’lim resurslarini yaratuvchi kompyuter dasturlari va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Prezentatsiya va slaydlar kompyuterning Power Point, Autoplay, Wordpress va boshqa dasturlari yordamida, matnli ma’lumotlar kompyuterning matn muharriri MS Word dasturida tayyorlanadi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘z-o‘zini nazorat qilishga mo‘ljallangan testlar Easy Quize, Ispring, My test va boshqa dasturlardan foydalanib yaratiladi.
5. Baholashning zamonaviy metodlari.
Baholashning zamonaviy metodlari. Informatika darslarida o‘qituvchi tomonidan baholashning zamonaviy metodlari sifatida mustaqil ishlash, kichik loyiha, kichik keys, referat, krossvord, viktorina, bahs-munozara kechalarini tashkil etish va h.k. kiritish mumkin.
Mustaqil ishlash o‘qituvchi tomonidan berilgan informatikaga oid topshiriqni o‘rganilganlarga asosan mustaqil bajarib, natijasini olish, yangi mavzularni adabiyotlardan topib konspekt qilish, o‘rganish, referat yozish, fan to‘garaklariga qatnashish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Shuni hisobga olish kerakki, mustaqil ish o‘qishning, aqliy mehnatning alohida turi bo‘lib, talabaning kelajakda mustaqil faoliyat olib borishida muhim rol o‘ynaydi.
Informatika darslarida o‘quvchilarga mustaqil topshiriq berishda ko‘proq mantiqiy savollarga e’tibor qaratish lozim. Masalan quyidagicha:
1.Bit nima? 1bit, 5bit, 16 bit axborotni saqlash uchun nechta 2 li raqamdan foydalaniladi?
2.Bayt nima? 1bayt, 5baytt, 16 bayt axborotni yozish uchun necha bit kerak bo‘ladi?
3.Xavfsizlik eshigi uchta kalit bilan ochiladi, har bir kalit tushib qolishi, unitib qoldirilishi mumkin. Eshikni ochish uchun qancha kombinatsiyani saqlash kerak? Ularni yozib chiqing! Vahokazo.
6. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning ilmiy metodik asoslari
|
| |