• Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot
  • “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-stadi” inglizcha “case”




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana25.02.2024
    Hajmi0.52 Mb.
    #162338
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    “KEYS-STADI” texnologiyasi
    Axborot havfsizligi, Yaxlit pedagogik jarayon, untitled-document-4fe747ff-3db8-447f-a5fc-a44bda0045b7 (2), 09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб (1), Taqdimot (1), Magistrliq dissertaciya temasiniń tiykarlaniwi hám aktuallıǵı, vozdeystvie-solepylevyh-aerozoley-na-rost-i-razvitie-hlopchatnika-v-priaralie (2), Research Exchange Programme Evaluation form (2), vozdeystvie-solepylevyh-aerozoley-na-rost-i-razvitie-hlopchatnika-v-priaralie (1) (1), 1-Amaliy mashg’ulot Mavzu ms word dasturi imkoniyatlari, kasbiy, 3-laboratoriya, 7-dekabr test matem, 1-Ma\'ruza (1), 4-Ma\'ruza OAT, 9-Ma\'ruza OAT


    “KEYS-STADI” texnologiyasi 
     
    “Keys-stadi” haqida tushuncha 
    “Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – oʻrganmoq, tahlil 
    qilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, 
    tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. 
    Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni 
    oʻrganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida 
    ma’lum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, 
    biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida 
    amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi. 
    Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot 
    Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan. Garvard 
    biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri 
    keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish 
    uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi 
    biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga 
    ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u 
    yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil 
    ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida 
    taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi ta’lim muassasalarida 
    keng targʻib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai 
    nazaridan mazkur metod tarafdorlari koʻpayib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan 
    boshlab biznes-keyslar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning 
    yetakchi biznes maktablari keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni 
    yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.

    Download 0.52 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-stadi” inglizcha “case”

    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish