O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
INFORMATIKA O’QITISH
METODIKASI FANIDAN
Mavzu: Keys-study texnologiyalari va ulardan foydalanish.
BAJARDI:
A. Ochilov
RAHBARI:
A. Xalikov
Jizzax 2022
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: “Keys-stadi” inglizcha “case” –
aniq vaziyat,
hodisa, “study” – oʻrganmoq, tahlil qilmoq, ta’lim soʻzlarining
birikuvidan hosil
qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega
natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Mazkur metod muammoli
ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni oʻrganish
asosida aniq qarorlar
qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish
yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, biror bir jarayonni tadqiq
etishda
bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa,
texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi.