Keys-stadi texnologiyasi nazariy bilimlarni amaliy vazifalarda hal qilishga
yo‘naltirilgan tizimdir. Bu texnologiya talabalarni mustaqil fiklash,
tinglay bilish
ko‘nikmasi va fikriga mos nuqtai nazarlarni hisobga olish hamda o‘z fikrini aniq
manbalarga asoslagan holda ifodalab bilishga o‘rgatadi. Bu uslub asosida talabalar
bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar,
ko‘rsatmalar
asosida ishlashga, qo‘yilgan masalani hal qilishda foydali jihatlarini
topishga o‘rganadilar.
Keys –stadi texnologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Muayyan fanlar yuzasidan bilimlarni
egallash davomida muammoli
vaziyatning yechimi bir javobga ega emasligi bilan ajralib turadi. Muammoning
yechimini topishda bir qator muqobil variantlarni topishni talab qilinadi.
Bunda o‘quv jarayonining vazifasi ma’lum bo‘lib qolgan an’anaviy tizimdan
chetga chiqish va bitta aniq qarorni qabul qilmasdan mantiqiy fikrlagan holda turli-
xil javoblar variatini topish bilan ifodalanadi.
2. Ta’limning maqsadi tayyor
bilimlarni egallashga emas, balki mustaqil
o‘rganishga, talaba bilan o‘qituvchini hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.
3. Keys -stadi texnologiyasi orqali nafaqat bilim olinadi, balki kasbiy ko‘nikma
va malakalar ham egalaniladi.
4. Ushbu jarayonda hayotda sodir bo‘ladigna voqealar
asosida modul ishlab
chiqiladi. Muammoni hal qilish davomida o‘qituvchi yordamchi, yo‘naltiruvchi
vazifasini bajaradi.
5. Texnologiyasining mohiyati
nafaqat bilim egallash, balki amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, hayotiy vaziyatlarni o‘rganish, olingan
bilimlarni tadbiq qilishdan iboratdir.
6. Keys- stadi texnologiyasida an’anaviy ta’limdagi
kamchiliklar bartaraf
qilinadi, yani quruq izohlashlar o‘rnini, ijodiy tortishuvlar egalaydi, dars jarayonini
xuddi teatr tomashasini eslatadi.