• REJA: 1.Muloqot haqida tushuncha. 2. Kommunikativ kompetentlik
  • Pontomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatldar tizimidir.
  • ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • Tayyorladi: ochilov mahmud tekshirdi: shukurov rustam




    Download 1.82 Mb.
    Sana30.05.2023
    Hajmi1.82 Mb.
    #67212
    Bog'liq
    PSIXOLOGIYA (1)
    DR J9-dtUCvzVO9T qSoZhB1CoXwz50s (1), Differensial kuchaytirgich, 2 5276323394210502727, 2.Namuna amaliyot topshiriq

    DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULTETI 1-KURS 1MI 21- GURUH TALABASI OCHILOV MAHMUDNING UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI

    TAYYORLADI: OCHILOV MAHMUD

    TEKSHIRDI: SHUKUROV RUSTAM

    MUSTAQIL ISH MAVZUSI: KOMMUNIKATIV MULOQOT TURLARI

    REJA:

    1.Muloqot haqida tushuncha. 2. Kommunikativ kompetentlik

    3. Verbal va noverbal kommunikatsiya

    Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir etishdir. Muloqotning tizimida o`zaro bir-biriga bog`liq jihatlari ajratiladi: kommunikativ, interaktiv va pertseptiv.

    • 1. Muloqatning kommunikativ jihati bu muloqotdagi individlarni o`zaro ma’lumot almashinishidir.
    • 2. Muloqotning interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar bo`yicha ham o`zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat.
    • 3. Muloqatning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.
    • Demak, muloqot birgalikdagi xarakat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan, aloqa almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshqalarni tushunish, odamlar o’rtasida kontakt o’rnatish va rivojlantirish jarayoni.
    • Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir.

    Kommunikativ kompetentsiya odatda boshqa odamlar bilan kerakli aloqalarni o'rnatish va saqlash qobiliyatini anglatadi. Kompetensiya samarali muloqotni ta'minlaydigan bilim, ko'nikma va malakalar to'plamini o'z ichiga oladi. Ushbu turdagi kompetentsiya aloqa chuqurligini va doirasini o'zgartirish, aloqa sheriklari tomonidan tushunish va tushunish qobiliyatini o'z ichiga oladi.

    Kommunikativ kompetentsiya - bu to'g'ridan-to'g'ri o'zaro ta'sirlashish sharoitida shakllanadigan odamlar o'rtasidagi rivojlanayotgan va asosan ongli aloqalar tajribasi. Kommunikativ kompetentsiyani takomillashtirish jarayoni shaxs rivojlanishi bilan bog'liq. Kommunikativ harakatlarni tartibga solish vositalari insoniyat madaniyatining bir qismidir va ularni o'zlashtirish va boyitish butun madaniy merosni rivojlantirish va ko'paytirish bilan bir xil qonunlarga muvofiq sodir bo'ladi.

    • Kommunikativ kompetentsiya insonning ijtimoiy rollari xususiyatlari bilan bevosita bog'liqdir.
    • Kommunikativ kompetentsiya og'zaki va og'zaki bo'lmagan aloqa vositalarining moslashuvchanligi va ulardan foydalanish erkinligini nazarda tutadi va insonning o'ziga, tabiiy va ijtimoiy olamga bo'lgan munosabatlari tizimini tartibga soluvchi kategoriya sifatida qaralishi mumkin.

    Kommunikativ jarayonida qo`llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Bular verbal kommunikatsiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog`liq bo`lmaydigan belgilar orqali) kommunikatsiyadir. Verbal kommunikatsiyada inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo`llaniladi. Nutq inson tomonidan qo`llaniladigan tovushlar signallari yoki yozma belgilardan iborat bo`lib, ular orqali muloqotdan olingan ma’lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. Bu jarayon til orqali amalga oshiriladi. Til so`z belgilari tizimi bo`lib, u muloqot jarayonida psixik faoliyat mahsuli bo`lib yuzaga keladi.

    Nutqning o`ziga xos turlari mavjud – tashqi, ichki, og`zaki, yozma va xokozo. Kommunikativ jarayonda o`zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi deb yozgan edi. So`zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan edi.

    Yozma nutq insoniyat tarixida og`zaki nutqdan ancha keyin paydo bo`lgan. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirishida, badiiy timsollarni etkazishda muhim rol’ o`ynaydi. Nutq o`zining fizologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Nutqni programmalashtirish – nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma’naviy o`zagini tuzishda birinchi bosqich hisoblanadi, ikkinchi bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir.

    • Noverbal kommunikatsiyaga – belgilarning optik kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo`l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pontomimika (£o`l - oyoq, tana harakatlari) kiradi.

    Jestlar – insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati biror bir ob’ektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. Mimika – inson yuz harakatlarining bir qismi bo`lib, u orqali insonning o`ylari, xatti - harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajubi va hokozolar namoyon bo`ladi.

    Pontomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatldar tizimidir.

    Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so`zlar 7 % ni, tovush va intonatsiya 38 % ni, nutqsiz muloqot esa 55 % ni tashkil etadi.

    Noverbal kommunikatsiyaning paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi ham mavjud. Bular lokalizatsiya tizimi bo`lib, u ovoz sifatida uning deapozani nutqdagi pauzalar, yo`tal, yig`i, kulgu nutq tempida namoyon bo`ladi.

    ADABIYOTLAR RO’YXATI:

    A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil. 2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil. 3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika” 4. www.ziyonet.uz


    Download 1.82 Mb.




    Download 1.82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorladi: ochilov mahmud tekshirdi: shukurov rustam

    Download 1.82 Mb.