Farg`ona politexnika instituti qurilish fakulteti




Download 1,39 Mb.
Sana18.12.2023
Hajmi1,39 Mb.
#122423
Bog'liq
Toshpo`latov O`rol


FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
QURILISH FAKULTETI
18-20 DPQMT GURUH TALABASI
TOSHPO`LATOV O`ROLNING
QURILISH IQTISODIYOTI FANIDAN
TAQDIMORI
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi – bu qurilish korxonasi moliyaviy holati (ahvoli)ni mustahkamlash yoki sog’lomlashtirishning salohiyatli imkoniyatidir. Qurilish tashkiloti faoliyati sferasini uning asosiy profili bo’yicha kengaytirish ishlab chiqarish diversifikatsiyasining eng samarador yo’nalishi deb hisoblanadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarish bazasi ham ishchilar malakasi ham buyurtmachilar bilan ishbilarmon doiradagi aloqalar ham o’z qo’llanishini topadi. Bu o’z navbatida qurilish korxonasining o’zi uchun yangi bo’lgan bozor sektoriga chiqqandagi raqobatli salohiyatida o’z aksini topadi. Bundan tashqari nafaqat bozorda yangi partnyorlar va iste’molchilarni jalb qilish, balki avvalgilari bilan ham aloqalarni saqlab qolish imkoniyati vujudga keladi. Qurilish korxonalari tomonidan ularning an’anaviy, tor doirada ixtisoslashgan yo’nalishli faoliyatdan diversifikatsion faoliyatga o’tishida 174 uchraydigan har bir alohida vaziyatning asoslab berilishini taqoza etadi. Asoslash ishlab chiqarish diversifikatsiyasi maqsadlaridan kelib chiqadigan mezonlar bo’yicha amalga oshiriladi.
MAVZU:QURILISH ISHLAB CHIQARISHINI DIVERSIFIKATSIYALASH ASOSLARI
REJA:
1. Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi
2.Qurilishda diversifikatsiya jarayonlarining turkumlanishi
3.Qurilish tashkilotlari faoliyati iqtisodiy strategiyasining variantlari
Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi Iqtisodiyot fanida “diversifikatsiya” tushunchasining ko’plab izohlari mavjud. Umumiy ma’noda diversifikatsiya - bu xo’jalik faoliyatini yangi soha, bozor va tarmoqlarga kiritish demakdir. U iqtisodiy va ishlab chiqarish diversifikatsiyalariga ajratiladi. Iqtisodiy diversifikatsiya – bu bitta firmada turli rentabellikdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishini birlashtirish bo’lib, u ishlab chiqarishdagi to’xtashlarni oldini olishning ko’p tomonlama imkonini beradi. Qurilishda iqtisodiy diversifikatsiyani amalda qo’llashning iloji yo’q, chunki qurilish firmalari rentabelligi deyarli bir xil bo’lgan hamma qurilish-montaj ishlari (rentabelligi 8-10 % atrofida farq qiladigan ishlar)ni bajarish bilan buyurtma (ob’ekt)li faoliyatni amalga oshiradi. SHu sababli qurilish uchun ishlab chiqarish diversifikatsiyasi ancha muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi bu bir-biri bilan bog’langan yoki bog’lanmagan ishlab chiqarish turlarini bir vaqtning o’zida rivojlantirish orqali qurilish va noqurilish bozorlarining yangi sektorlarga kirib borishi yoki tovarlar ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar)ni har xil faoliyat sohalarni uyg’unlashtirishdir.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish bilan bog’langan yoki bog’lanmagan sohasini kengaytirish sifatida tushunish mumkin. Qurilishda ishlab chiqarish diversifikatsiyasining quyidagi yo’nalishlari mavjud: uy-joy qurilishi kombinatlari tipidagi korxonalarga o’xshash korxonalarni tuzish orqali qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni bitta tizimga birlashtirish; qurilishni loyihalashtirish va qurilishni bitta ishlab chiqarish tizimiga birlashtirish, bunda loyihalash-qurilish firmalari tipidagi korxonalar yaratiladi; bu ikki faoliyat turini birlashtirish orqali ahamiyat tarzdagi iqtisodiy salohiyatga erishiladi, bu esa firma ichida har xil qurilish masalalarini operativ yechish bo’yicha katta imkoniyatlarni to’plash imkoniyatini yaratadi, natijada firma qurilish bozorida ancha egiluvchan holatni egallab oladi; injenerning firmalar yaratish, ular tugallangan ob’ektlar yaratish bo’yicha bajariladigan barcha ishlar va xizmatlar kompleksini o’z faoliyatiga kiritadi, bu firmalar ob’ektlarni loyihada ko’rsatilgan quvvat bilan ekspluatatsiya (foydalanish)ga tayyorlab beradi (shu bir qatorda infrastruktura yaratish bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlar qurilishi bilan ham shug’ullanadi); qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil etish va qurilish 166 ishlab chiqarishi chiqindilari, nokonditsion mahsulot, bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilishda to’plangan chiqindilarini qayta ishlash asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan qurilish bozoriga chiqish; asosiy ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosida qurilish firmasi ishchi-xodimlarining kvalifikatsiyasidan u yoki bu me’yoriy foydalanishni yo’lga qo’yish (masalan, mebel ishlab chiqarish asosida).
Qurilishda diversifikatsiya jarayonlarining turkumlanishi Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, G’arbda yuzaga kelgan va faol qo’llanish olgan diversifikatsion strategiya sharoitlaridan mamlakatdagi sharoitlarning farqi shundaki, mamlakat amaliyotida diversifikatsiya – bu inqirozli davrda majburiy chora-tadbir bo’lib, mavjud holatdan chiqib ketish usuli sifatida qo’llanilsa, G’arbda esa diversifikatsiya – bu an’anaviy tarmoqlar (sohalar) ramkasi tor bo’lib qolgan bir paytda va boshqa tarmoqlar (sohalar) da yaxshi iqtisodiy natijalarga erishish imkoniyatlari yuzaga kelayotgan vaqtda qo’shimcha foyda olish manbalarini qidirib topishdan iboratdir.
Download 1,39 Mb.




Download 1,39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg`ona politexnika instituti qurilish fakulteti

Download 1,39 Mb.