Mavzu:Muloqotning tuzilishi. Muloqotning psixologik vositalari va
darajalari.
Reja:
1.Muloqot uning vazifalari va ko’rinishlari.
2.Muloqotning psixologik tizimi va vositalari.
3.Mulqoqtda ta’sir etish usullari.
4.Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni.
5.Mulqoqt va uni o’rganish muammolari.
Hammaga maʼlumki, psixologiya fani ijtimoiy fanlar tizimida nisbatan navqiron,
lekin juda tezlik bilan rivojlanib borayotgan istiqbolli fandir. Bu fanning
rivojlanishiga avvalo ijtimoiy hayot va amaliyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlari,
yaʼni jamiyatda bo‘layotgan ijtimoiy xodisalarning sotsial psixologik jihatdan
o‘rganib, tushuntirib berish zarurati turtki bo‘lyapti. Prezidentimiz taʼkidlab
o‘tganlaridek “Psixologiyani o‘rganish – hayotni, insonni o‘rganish degani. Kerak
bo‘lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib odamlarga ko‘rsatma
bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o‘rganish,
bundan tashqari muomala va nutq madaniyatini ham egallashingiz kerak”1 degan
fikrlari ayniqsa zamonaviy psixologiyani bilishga nisbatan talablarni oshirmoqda.
Muloqotni muammo sifatida nafaqat ijtimoiy psixologiya fani o‘rganadi,
shuningdek falsafa, pedagogika, mantiq va etika fanlari tizimida o‘rganiladi.
Muomala juda murakkab jarayon bo‘lib, u odamlarning o‘zaro iqtisodiy, siyosiy,
xuquqiy, ijtimoiy-maʼnaviy munosabatlari, aloqalarining yig‘indisidan tashkil
topadi. Muomala barcha madaniyat turlarining botiniy va zoxiriy xususiyatlari
mujassamlashgan bo‘ladi. Shu sababli uni tarixiy, vorisiylik va zamonaviylik
talablari darajasida shakllantirish insonlarning ichki va tashqi madaniyatining
uyg‘unligini, mushtarakligini taʼminlaydi.
Muloqot kishilarning faoliyati va hatti harkatlaridagi hamkorlik shakllaridan
biridir. Muloqot doirasi faqat bir odamning boshqasi bilan aloqaga kirishish
ehtiyojini qondirish bilan cheklanib qolmaydi. Biroq u har qanday ko‘rinshdagi
predmet faoliyatiga tatbiq etiladi. Shu munosabat bilan muloqot birgalikdagi
faoliyatga
uzviy
qo‘shilgan. Bunda “muloqot ishtirokchilari o‘rtasida
funksiyalarining taqsimlanishi, masalalarni hal qilish jarayonida vazifalarning
almashinuvi, o‘zaro yordam, kompensatsiyalash imkoniyatini taʼminlaydigan
ochiq va juda yaxshi ishlaydigan tizim sifatida yuzaga keladi”
Psixologiya fanida taʼkidlanganidek, kishilar o‘rtasidagi muloqot birgalikdagi
faoliyat, shaxslararo hamkorlik va o‘zaro munosabatni o‘z ichiga qamrab oladi.
Faoliyat maqsadidan kelib chiqadigan bunday hollarda muloqot uning
muvafaqqiyati uchun va bu turdagi psixologik tuzilishning o‘ziga hos elementi
bo‘lib hisoblanadi.
Har qanday muloqotning o‘ziga xos psixologik jihatlari mavjuddir. Shundan
kelib chiqqan holda, A.A.Leontyev muloqotni faoliyat turlaridan biri sifatida, yaʼni
“ijtimoiy va shaxsiy, psixologik munosabatlarni taʼminlaydigan va o‘ziga xos
vositalar, eng avvalo, tildan foydalanadigan maqsadga yo‘naltirilgan va asoslangan
jarayonlar tizimi” sifatida tasavvur qiladi.
Muloqot - odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o‘rinni egallab,
u insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o‘zini shaxs deb
hisoblash bilan bog‘liq ehtiyojini qondiradi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar mahsuli
deyilishiga sabab uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o‘zaro muloqotda
taʼsir doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu shaxsning yetakchi va nufuzli
faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-
yuz» bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o‘xshash)
orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki
do‘stona bo‘lishi;(dialogik, sheriklik,monologik) bo‘lishi mumkin.
Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro taʼsir jarayonlariki, unda shaxslararo
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar
o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu — quvonchlar
almashinuvini nazarda tutadi.
Muloqat vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Suhbatdoshlarning o‘zaro bir - birini tushunishlarini taʼminlash;
2.Ijtimoiy tajribaga asos solish;
3.Odamni u yoki bu faoliyatga hozirlash, ruhlantirish;
Shaxslar muloqot jarayonida maʼlum bosqichlarni bosib o‘tadilar ushbu bosqichlar
quyida keltirilgan:
1. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti;
2. Boshqalar bilan muloqot;
3. Avlodlar o‘rtasidagi muloqot.
XXI asr bo‘sag‘asida odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga ehtiyoji, uning
sirlaridan xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali taʼsir ko‘rsata olishga bo‘lgan
intilishni yana-da oshirdi.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib bormoqdamiz.
Axborotlarning ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador maʼlumotlarni saralash,
u bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Axborot XXI asrda eng nodir
kapitalga aylanadi va bu o‘z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi
tezligini o‘zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining
ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig‘iz
sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi
muloqotni talab qiladi.
Uchinchidan, ohirgi paytlarda shunday kasb hunarlar soni ortdiki, ular
sotsionomik guruh kasblari deb atalib, ularda “odam-odam” diologi faoliyatning
samarasi belgilandi. Masalan boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar(servis),
marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning
ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga
o‘rgatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fan va sohalarning nufuzi va salohiyati
tubdan oshdi desam xech ham adashmayman.
Muloqotda psixologik taʼsir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari,
hissiyotlari va hatti - harakatlariga taʼsir ko‘rsata olishdir
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suxbatdoshlar bir-birlariga taʼsir
ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida
taʼsir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular atrofidagi xarakatlar
muxim rol o‘ynarkan. Masalan, mashxur amerikalik olim Megrabyan formulasiga
ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suxbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy
bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal xarakatlar
58% gacha taʼsir qilarkan4
Ijtimoiy psixologiyada psixologik taʼsirning asosan uch vositasi farqlanadi.
1.Verbal taʼsir — bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan taʼsirimizdir. Bundagi
asosiy vositalar so‘zlardir.
2.Paralingvistik taʼsir — bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar.
3.Noverbal taʼsirning maʼnosi “nutqsiz”dir. Bunga suxbatdoshlarning fazoda bir-
birlariga
nisbatan
tutgan
o‘rinlari,
xolatlari
(yaqin,uzoq),
qiliqlari,mimika,pantomimika, qarashlar, birbirini bevosita xis qilishlar, tashqi
qiyofa,undan chiqayotgan turli signallar (shovqin,xidlar) kiradi. Muloqotning
qanday kechishi va kimning ko‘proq taʼsirga ega bo‘lishi sheriklarning rollariga
xam bog‘liq.
Taʼsirning adresati-taʼsir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suxbatga
tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni
o‘z qo‘liga olishi va taʼsir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi.
Odamlarni haqoratlamasdan, hafa qilmasdan turib ularga taʼsir etish usullari.
Suhbatni hamsuxbatingizni maqtashdan, ijobiy fazilatlarni tan olishdan
boshlang.
O‘zgalarning xatolarini bevosita emas, bilvosita ko‘rsatish.
Oldin o‘z xatolaringizni tan oling, ularni tanqid qiling, so‘ngra esa
xamsuxbatingiz xatolari to‘g‘risida gapirishingiz mumkin.
Xamsuxbatingizga buyruq berish o‘rniga savol tarzida murojaat qilishingiz
afzalroq.
Odamlarga o‘z obrusini saqlab qolishligi uchun imkoniyat yarating.
Odamlarning xar qanday muvaffaqiyatlarini tilga oling,tabriklang. Bu masalada
sidqidildan xarakat qiling.
Odamlar sizning taklifingizni xursand bo‘lib bajarishlariga erishing.
Muloqotda shaxslar birgalikda aloqa qilish metodikasi ketma-ket bo‘lgan olti
bosqichli etapdan iborat. Ular quyidagilardir:
I. O‘zaro bir birini tushunish;
II. Umumiy yoki mos keladigan qiziqishlarni topish;
III. Muloqot uchun taklif etiladigan sifat va qabul qilinadigan prinsiplar;
IV. Muloqot uchun xavfli bo‘lgan sifatlarni aniqlash;
V. Individual taʼsir etish va suhbatdoshga moslashish;
VI. Umumiy qoidalarni yaratish va o‘zaro harakat qilish.
Bosqichlarni ketma-ketligiga rioya qilish to‘g‘ri taʼsir etishni tashkillashtirishda
muhim ahamiyatga egadir.
Muloqotning maqsadidan kelib chiqib, u har hil darajada tugashi mumkin, yaʼni
keskin agressiv holatda, yangi muloqotni davom ettirish yoki umuman muloqotga
boshqa qaytmaslik ham mumkin.
Aslida xar bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari,
xattoki, nuqsonlari xam muloqot jarayonlarining maxsulidir. Jamiyatdan ajralgan,
muloqotda bo‘lish imkoniyatidan maxrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini
saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi.
Muloqot har bir xodim faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham
muomalaning har bir turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Muomalaning
qonuniyatlariga suyangan holda hodim shaxslararo munosabatlarga kirishadi. Bu
esa muloqot jarayonida hodimning har bir bilish sifatlari (xotira, diqqat, idrok,
sezgi, tafakkur, hayol) ishtirok etadi. Xar qanday muloqotning eng elementar
funksiyasi — suxbatdoshlarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini taʼminlashdir
Uning ikkinchi muxim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi
faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni
shakllantiradi.
Muloqotning yana bir muxim vazifasi — u odamni u yoki bu faoliyatga
xozirlaydi, ruxlantiradi. Yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda
muvozanatsizlik, xissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga
ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish xislarini keltirib chiqaradi.
Shaxsning muloqotga bo‘lgan extiyojining to‘la qondirilishi uning ish faoliyatiga
xam taʼsir ko‘rsatadi.
Xozirgi kunlarga kelib “professionalizm” tushunchasi juda ko‘p ishlatilmoqda.
Chunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mehnat unumdorligini
takomillashtirishdavr talabiga aylanib bormoqda. Ayniqsa odamlarni boshqarish
sohasidagi professionalizmga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ko‘pchilik mutahassislar
barcha bajaradigan vazifalari orasida insonlar bilan til topishish, ularga taʼsir
ko‘rsatish, ular faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish murakkab ekanligini eʼtirof etib
kelishgan.
Aynan shuning uchun ham Xozirgi zamon psixologiyasining tatbiqiy
yo‘nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli insonlarni kommunikativ
bilimdonlikka o‘rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga
katta ahamiyat berilmoqda. Chunki hozirgi davrdagi har qanday mutaxassis-
muhandis, o‘qituvchi, iqtasodchi, agronom, shifokor vrach, madaniyatshunos va
boshqalar ham kommunikativ malakalarga ega bo‘lmagunga qadar, bozor
munosabatlari sharoitida tezda jamoaga kirishib, ko‘pchilik bilan til topishib, o‘z
professional mahoratini ko‘rsata olmaydi. Xozirgi davr talabi shuki, har bir ziyoli
inson boshqalar bilan hamkorlik qilishmahorati va sanʼatiga ega bo‘lishi shart va
zarurdir.
Bu esa o‘z navbatida insonlarni muomala va muloqot etikasini o‘rganish va
o‘rgatishni har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. To‘g‘ri muloqotga kirishish
– ijtimoiylashuv jarayonidabarcha sifatlardan oldinroq shakllanadigan
qobiliyatlardandir. Bu esa tabiiy narsadir. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir
qarashda oddiy inson faoliyati shu qadar murakkab va serqirraki, uning
mehanizmlarini o‘rganish, guruhlarda to‘g‘ri munosabatlarni tashkil etish va
insonlarni
samarali
muloqotga o‘rgatish muommosi bugungi ijtimoiy
psixologiyaning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Maʼlumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi.
Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-
birini to‘ldirishiga bog‘liq. Noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala
yoki muloqotga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan
foydalanib, taʼsirchan gapirishga o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash
qobiliyatiga deyarli eʼtibor berilmaydi.
Tinglayotgan odam maʼnili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali maʼlumot
oladi. Gapirgan esa aksincha, o‘zidagi borini berib, gapirmaydigan suxbatdoshdan
«teskari aloqani» olib ulgurmay, xech narsasiz qolishi xam mumkin. Shuning
uchun muloqotga o‘rgatishning muxim yo‘nalishlaridan biri — odamlarni faol
tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli
foydalanishga o‘rgatishdir.
|