Mavzu : Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari




Download 5.08 Kb.
Sana12.03.2024
Hajmi5.08 Kb.
#170248
Bog'liq
Mavzu Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari-fayllar.org
Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, sharofat Yo’l

Mavzu : Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari

Mavzu : Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari
Boshlang’ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to’g’rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o’rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to’g’rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.

Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug’aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy.Boshlang’ich sinflarda lug’aviy-uslubiy xatolar ko’proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi:


1. Bir so’zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib

chiqishiga sabab, birinchidan, o’quvchi so’zni ishlatishga kam e’tibor beradi va faol lug’atidagi so’zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o’quvchining so’z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so’zlar o’rniga olmoshlardan foydalana olmaydi.


Agar o’qituvchi bir so’zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma’nodoshlaridan yoki shu so’z o’rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o’quvchi matnni e’tibor bilan o’qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi.
So’zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, so’z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.
Leksik xatolar xilma-xil bo’lgani uchun uni to’g’rilash va tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo’li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o’qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi so’zlarning ma’no qirrasini tushuntirishdir.
Morfologik-uslubiy xatolarga so’z shaklini, so’z o’zgartuvchi va so’z yasovchi qo’shimchalarni noto’g’ri qo’llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.
Sintaktik-uslubiy xatolarga so’z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir.
Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto’g’ri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi.
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos kelmasligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi.

Inshoga tayyorgarlik vaqtida o’quvchilar kuzatish, material to’plash, dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko’z oldilariga keltira olmaydilar, natijada kompozitsion xatoga yo’l qo’yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini to’liq qamrab ololmaslik, materialni o’z o’rniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish ko’nikmasi murakkab ko’nikma bo’lib, u o’quvchilarda muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi.


Mantiqiyxatolar:

1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo’lgan so’z, ba’zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o’quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o’rinlar yozuvda aks etmay qoladi.


2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip qilinadi. Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o’quvchilar matnni qayta o’qish va tahlil qilish jarayonida oson to’g’rilaydilar.
Xatolarni to’g’rilash va ularning oldini olish
O’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o’rganish asosida nutqqa oid xatolarni to’g’rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi:
1)nutqqa oid xatolarni o’quvchilar daftarida to’g’rilash;
2) sinf o’quvchilari uchun umumiy bo’lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi, o’quvchilarning yo’l qo’yilgan xatoni mustaqil ravishda topishga va uni to’g’rilashga imkon beriladi);
3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushuntirish va to’g’rilash;
Ko’rsatilgan yo’nalishlarning hammasi har bir sinf o’quvchilari uchun, ayniqsa, III va IV sinf o’quvchilari uchun muvofiq keladi.
Nutqiy xatolarni to’g’rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog’lab, maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi.

http://fayllar.org
Download 5.08 Kb.




Download 5.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu : Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yo’llari

Download 5.08 Kb.