Takroriy paxta yetishtirish texnologiyasi boʻyicha sinov dalasida gektariga 30 sentnergacha hosil olindi




Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.03.2024
Hajmi1.05 Mb.
#168191
  1   2
Bog'liq
Takroriy paxta yetishtirish texnologiyasi boʻyicha sinov dalasida gektariga 30 sentnergacha hosil olindi
Gaz ballonli avtomobillarning ta’minlash tizimini takomillashtir, visitka huggys, Сунатуллаев Сардор, Кадрларга оид хужжатлар 23032023, Обективка, 2 Боб На д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


O‘z 
Ўз Руc En Kz Tj
Qidirish

Takroriy paxta yetishtirish texnologiyasi boʻyicha sinov dalasida gektariga 30 sentnergacha
hosil olindi
 Agrosektor
18 Noyabr 2022

1767
Matn: Абдурауф Қоржовов
Mamlakatimizda har yili bir million gektardan ortiq maydonda gʻalla yetishtiriladi. Odatda hosil yigʻib
olingandan keyin uning oʻrniga takroriy ekinlar, yaʼni mosh, loviya, makkajoʻxori, joʻxori, kartoshka, kabi
30 dan ortiq ekinlar ekiladi.
Ulardan olinayotgan hosil dasturxonimizni toʻkin boʻlishiga, aholi bandligi va farovonligini taʼminlashga, yer va suv
resurslaridan samarali foydalanishga katta hissa qoʻshib kelyapti.
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari shu yil yozida yangi tajribani
sinab koʻrishga kirishdi. Institutning oʻsishni sozlovchi regulyatorlar laboratoriyasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati,
Qibray tumanidagi tajriba dalasidagi maydonga takroriy ekin sifatida paxta ekildi.
— Maʼlumki, mamlakatimizda yuzaga kelgan tajribaga koʻra, ertagi gʻalla va boshqa ekinlar may oyi oxirlari va iyun oyi
boshiga kelib yigʻishtirib olinadi, — deydi laborotoriya mudiri, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professsor Shuhrat Abdualimov.
— Biz ham bir-biriga tutash boʻlgan besh gektarlik ikki paykalni 1-iyungacha shudgorladik. Yerni ekishga tayyorlashda
gektar boshiga 200 kilogramm ammofos fosforli mineral va 115 kilogrammdan kaliy xlorid oʻgʻitlari solindi, diskali
mexanizmlar bilan boronalash va molalash ishlari oʻtkazildi. Urugʻlik chigitni ekish oldidan “Oʻzbiogumin” stimulyatori bilan
meʼyorida ishlov berildi va 2-3-iyun kunlari chigit ekildi. Buning natijasida nihollarning unib chiqishi 10-15 foiz tezlashdi. va bir
hafta ichida tekis sogʻlom koʻchatlar undirib olindi. Chigit ekilgandan keyin OVX purkash moslamasi yordamida “Stomp”
gerbitsidi sepilishi tufayli paykallarda begona oʻtlar oʻsishining oldi olindi. Nihollar yaganalash ishlari 12-iyun kuni oʻtkazilib,
gʻoʻza vegetatsiyasi davrida 3-marta chopiq qilindi va qator oralariga 4-marta ishlov berildi.
Laboratoriya olimlarining innovatsion texnologiyani qoʻllashdan pirovard maqsadi takroriy ekilgan gʻoʻzalarni oʻsish va
rivojlanishini tezlashtirish orqali yuqori hosil yetishtirishga erishishga qaratilgan edi. Bunda mahalliy va xorijda ishlab
chiqarilgan organik asosli stimulyatorlardan foydalanish qoʻl keldi. Yurtimizda ishlab chiqarilgan “Oʻzbiogumin” stimulyatori
va turkiyalik hamkorlarlarning preparatlarini gʻoʻzaning 5-6 ta barg chiqargan, yaʼni shonalash va gullash davrlarida qoʻllash
usuli ham sinovdan oʻtkazildi.
— Gʻoʻzaning shonalash davrida “Foral BMO” va “Eckosil” preparatining qoʻllanilishi uning gullash jarayonini tezlashtirgan
boʻlsa, gullar sonini oshirish uchun “Geophos” qoʻshib ishlatilishi yaxshi samara berdi, — deydi laborotoriya yetakchi xodimi,
qishloq xoʻjaligi fanlari doktori Fayzulla Abdullayev. — Koʻsaklarning shakllanish va hosil tugish davrida ham ana shu guminli
stimulyatorlar, shu jumladan, “Brentax KCA” bilan ishlov berilishi paxta hosildorligini oshirishning yuqori samarador
texnologiyasi ekanligini amalda na bir karra koʻrsatdi. Ularni maqbul meʼyor va muddatlarda nainki paxtachilikda, balki
boshqa ekinlarning unib chiqishi, oʻsishini jadalashtirish, nihollarni kasalliklardan ishonchli himoya qilishda qoʻllanilishi yaxshi
samara beradi
Qizigʻi shundaki, mazkur stimulyatorlar bilan bir qatorda 100 dan koʻproq birikmalarni gʻoʻzaning oʻzidan olish mumkin.
Tarkibida qariyb 20 xil organik kislotalar boʻlgan gʻoʻza barglaridan eng qimmatli hisoblangan limon va olma kislotalarini hosil
qilish ham shular sirasiga kiradi. Buning uchun paxtani qayta ishlash zavodlarida xomashyoni tozalash jarayonida chiqitga
chiqqan “xazon”lardan foydalaniladi. Gumin asosli stimulyatorlar suvda oson va tez eriydigan murakkab tarkibli oksidlangan
amidlardan tashkil topgan va samarador xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Tajriba-sinov dalasidagi gʻoʻzalardagi ochilgan chanoq va koʻsaklarni sanaymiz. Har birida oʻrtacha 12-14 ta, ayrimlarida undan
ham koʻproq. Demak, hosildorlik kamida 25-30 sentnerni tashkil etyapti. Ularning aksariyati 18-20-oktyabrga kelib tabiiy
ravishda toʻliq ochilgan. Dalalarga oʻzbek paxtachiligining tezpishar turlari sifatida tanilgan yangi yaratilgan S-8295, S-7318, S-
7519, S-6580 navlari ekilgan.
Welcome to Telegram 



— Takroriy paxta yetishtirish texnologiyasi kamxarajat, agar 20 sentnerdan hosil olinganda ham 20 million soʻm daromad
keltiradi, — deydi Shuhrat Abdualimov, — Tola sifati ham yuqori boʻlishi kutilyapti. Kelgusi yildan boshlab, barcha viloyatlar,
ayniqsa, janubiy hududlardagi fermer xoʻjaliklari va klasterlar masʼullariga bu tajribamizni sinov-koʻrgazma tariqasida
koʻrsatib, ular bilan yangi tajribani joriy etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchimiz. Yaqin istiqbolda mamlakatimizda
gʻalla va boshqa ekinlardan boʻshagan maydonlarning muayyan qismida mazkur texnologiyani tatbiq etish imkoniyati bor.
Bu orqali oʻrta hisobda 800-900 ming tonna qoʻshimcha paxta xomashyosi yetishtirish mumkin.
Albatta, bu sinov dalasida oʻtkazilgan yangi tajribaning dastlabki xulosalari. Qolaversa, mamlakatimizda toʻqimachilk
sanoatining jadal rivojlanishi tufayli paxta xomashyosiga ehtiyoj tobora ortib boryapti. Prezidentimiz tashabbusi bilan
keyingi yillarning oʻzida paxtani qayta ishlashga qaratilgan 350 ga yaqin yirik fabrika ishga tushirildi. Besh yil avval yurtimizda
yetishtirilgan paxta tolasining atigi 40 foizi qayta ishlangan boʻlsa, bugungi kunda 100 foiz oʻzimizda qayta ishlanmoqda.
Tahlillarga koʻra, hozirning oʻzida 300 ming tonna tola yetmayapti. Kelgusi besh yilda bu ehtiyoj yana 600 ming tonnaga
oshadi. Shundan 300 ming tonnasi sunʼiy tola boʻlsa, yana kamida 300 ming tonna paxta tolasi zarur.boʻladi.
Davlatiiz rahbarining shu yil 28-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshirigʻiga binoan, mazkur ehtiyojni ilm va
yangi texnologiyalarga asoslangan holda, paxta hosildorligini oshirish boʻyicha yangi tizimni joriy qilish orqali qoplash ishlari
boshlab yuborilgan. Nazarimizda, bu jarayonni amalga oshirishda Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish
agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan sinovdan oʻtkazilayotgan takroriy paxta yetishtirish kabi yangi
tajribalarni qoʻllash ham foydadan xoli boʻlmaydi.
Abdurauf QORJOVOV,
iqtisodiy sharhlovchi
Nashr etmoq
# Paxtachilik
f

Download 1.05 Mb.
  1   2




Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Takroriy paxta yetishtirish texnologiyasi boʻyicha sinov dalasida gektariga 30 sentnergacha hosil olindi

Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish