Fevral oyi uchun yozgan hisobot I




Download 39.5 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi39.5 Kb.
#75736
Bog'liq
Azimjonov oylik
Fuqaro muxofazasi kuni, FM nizomi, report, 1, 10. Gipodibamiya va giperdinamiya muammolari, Successful and unsuccessful Readers use of reading strategies, PmNXJ3mdDdzFYLKundUpvp0uA52a8jbdV0NNN2ng, 1654277961 (1), Молекулярная физика силлабус 22 23 рус, Nazariy-fizika-kursi.-Abdumalikov-A, portal.guldu.uz-ALGEBRA VA SONLAR NAZARIYASI, 3-20 Yuldashev yangi, Norton Protection, Nazarov Shahzod

Farg‘ona davlat universiteti Magistratura bo‘limi “Matematika” yo‘nalishi mutaxassisligi I bosqich magistranti Azimjonov Alisherning fevral oyi uchun yozgan
H I S O B O T I
“Matematika” yo‘nalishi mutaxassisligi I bosqich magistrantlari Farg‘ona davlat universiteti Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasida 2-semestr davomida 2023-yil 1-fevraldan 2023-yil 27-mayga qadar pedagogik amaliyot olib borishimiz belgilandi. Men 2-semestrning fevral oyida mutaxassislik fanlaridan va boshqa fanlardan nazariy ta’lim oldim. Pedagogik amaliyot kunlarida amaliyot rahbarim E.Karimov bilan pedagogik amaliyot rejasini ishlab chiqdik va reja asosida ishlashni boshladik.
Malakaviy amaliyot kunlari esa bir necha fakultet o‘qituvchilarining darslarini bevosita kuzatib borish orqali kasbiy malakamizni ham oshirib bordik va shu bilan birgalikda bilim saviyamiz ham ortib bordi.
Tanlangan mavzu bo‘yicha barcha materiallarni o‘rganish va ularni tahlil qilish, maqolalar yozishga tayyorgarliklar ko‘rildi.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha dastlab Axborot-resurs markazidan ushbu semestr uchun yangi darsliklar va adabiyotlarni tahlil qilib chiqdim. Ushbu manbalar asosida tanlangan mavzuyimni davom ettira boshladim.

Magistrant: A.Azimjonov


Farg‘ona davlat universiteti Magistratura bo‘limi “Matematika” yo‘nalishi mutaxassisligi I bosqich magistranti
Azimjonov Alisherning mart oyi uchun yozgan
H I S O B O T I
Men Azimjonov Alisher 2-semestrning mart oyida mutaxassislik fanlaridan “Maxsus funksiyalar va maxsus operatorlar”, “Integral tenglamalar”, “Buziladigan giperbolik tipdagi differensial tenglamalar” fanlaridan o‘zimning dessertatsiya mavzusiga doir ma’lumotlar to‘pladim. Malakaviy amaliyot kunlarida Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasining professor-o‘qituvchilarining o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatish uchun qatnashdim. Mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchidan uning pedagogik mahoratini, talabalar bilan bo‘lgan muomala madaniyatini, interfaol usullardan foydalanish yo‘llarini o‘rgandim. Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasining professor-o‘qituvchilarining ish yuritish hujjatlari ya’ni, ma’ruzalar matni, o‘quv uslubiy majmua, ishchi o‘quv dasturi, kalendar rejalari bilan tanishdim. Kafedra o‘qituvchilaridan o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik haqida to‘liq ma’lumot oldim. Bundan tashqari, ma’ruzalar uchun texnologik xarita va slaydlarni tayyorlashni o‘rgandim.

Magistrant: A.Azimjonov

Farg‘ona davlat universiteti Magistratura bo‘limi “Matematika” yo‘nalishi mutaxassisligi I bosqich magistranti Azimjonov Alisherning aprel oyi uchun yozgan
H I S O B O T I
Men Azimjonov Alisherning 2-semestrning aprel oyida mutaxassislik fanlaridan “Maxsus funksiyalar va maxsus operatorlar”, “Integral tenglamalar”, “Buziladigan giperbolik tipdagi differensial tenglamalar” va boshqa fanlardan amaliy hamda nazariy bilimlar oldim. Amaliyot kunlarida qo‘shimcha ravishda ilmiy ishim bo‘yicha maqolalar, tezislarni internet orqali ko‘rib chiqdim . Pedagogik amaliyot kunlarida Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi va Matematika kafedrasining professor-o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatdim hamda o‘zim uchun murakkab mavzularni qayta o‘zlashtira oldim . Internet orqali kerakli ma’lumotlarni o‘qib o‘rgandim, yozib bordim savollar tug‘ilsa ilmiy rahbarimga bog‘lanib zaruriy ko‘rsatmalarni oldim.
Ushbu oyda ustoz Nargiza Murolimova bilan birgalikda 1ta tezis tayyorladik va u ‘‘Kaputo ma’nosidagi temperlangan kasr tartibli operatorlar qatnashgan differensial tenglama uchun Koshi masalasi’’ mavzusida bo‘ldi.

Magistrant: A.Azimjonov


Farg‘ona davlat universiteti Magistratura bo‘limi “Matematika” yo‘nalishi mutaxassisligi I bosqich magistranti Azimjonov Alisherning may oyi uchun yozgan
H I S O B O T I
Men Azimjonov Alisher 2-semestrning may oyida mutaxassislik fanlaridan “Maxsus funksiyalar va maxsus operatorlar”, “Integral tenglamalar”, “Buziladigan giperbolik tipdagi differensial tenglamalar” va boshqa fanlardan nazariy ta’lim oldim. Ushbu fanlarni chuqur o‘rgandik va shu bir oy davomida olgan bilimlarimizni umumlashtirdik.
Kafedra o‘qituvchilaridan o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik haqida to‘liq ma’lumot oldim. Ma’ruzalar uchun texnologik xarita va slaydlarni tayyorlashni onlayn tarzda o‘rgandim va tayyorladim.
Tadqiqot uchun zarur bo‘lgan usul va yo‘nalishlarni o‘rgandim va mustaqil faoliyat olib bordim. Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismi adabiyot tahlili bo‘yicha adabiyotlarni yig‘dim hamda ilmiy rahbarim bilan adabiyotlarni tahlil qildim.


Magistrant: A.Azimjonov
Download 39.5 Kb.




Download 39.5 Kb.