1. Paxta va undan olinadigan mahsulotlar assortimenti. 12 varoqli. Daftarga yozasizlar Paxta
1. Paxta va undan olinadigan mahsulotlar assortimenti. 12 varoqli. Daftarga
yozasizlar
Paxta, chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta
tozalash korxonasida Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval,
toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mahsulot — tola (uz. 20 mm dan
uzun) ajratib olinadi. Shuning uchun butun dunyoda Paxta tolaning sifatiga qarab
baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida
qoʻllaniladigan lint (momiq) (uz. 20 mm dan kam) olinadi. Texnologik
uskunalarda Paxtani qayta ishlash va tolani tozalash jarayonida oʻlik (pishib
yetilmagan kalta tolali puch chigit, chigallashgan tolalar) va kalta Paxta momigʻi
(uz. 5,0 mm dan kam) chiqadi. Paxtada 30— 35% tola va 50—55% chigit
(chigitida 24—29% moy), 2—3% oʻlik tola, 3— 5% kalta momiq boʻladi.
Gʻoʻzaning seleksion navi va tolaning yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab Paxta oʻrta
tolali va uzun tolali turlarga boʻlinadi. Paxta qoʻlda va mashina bilan teriladi. Paxta
tolasi pishib yetilganlik koeffitsiyenti hamda tashqi koʻrinishi, rangi boʻyicha 5
sanoat naviga va iflos aralashmalarning miqdori hamda namligiga qarab 3 sinfga
boʻlinadi.
Paxta navi tashqi koʻrinish namunasi — paxtaning standart namunalariga
solishtirib (klasser usulida), bu usul qanoatlanarli boʻlmasa, lab. usulida pishib
yetilganlik koeffitsiyenti boʻyicha aniqlanadi.
Toʻqimachilik, yogʻ-moy, gidroliz, kimyo sanoati va xalq xoʻjaligining boshqa
tarmoqlari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi (qarang
Paxta tolasi
)
[1]
.
Paxta yumshoq tola boʻlib,
gʻoʻza
(Gossypium) oʻsimligi urugʻlari atrofida oʻsadi.
Paxta deyarli butunlay
sellulozadan
iborat.
Paxta asosan tropik va suptropik iqlimda yetishtiriladi. Yovvoyi paxta navlari
xilma-xilligi ayniqsa
Meksika
,
Avstraliya
va
Afrikada
yuqori
[2]
.
Paxta tolasidan
ip
eshiladi,
gazlama
tayyorlanadi. Paxta matolar qadimdan maʼlum:
Meksika va
Pokistonda
eramizdan avvalgi 5000-yillarga oid paxta gazlamalar
topilgan.
Bugungi kunda dunyo boʻylab yiliga 25 million
tonnagacha
paxta yetishtiriladi,
paxta uchun sugʻoriladigan yerlarning 2,5%i ajratilgan.
Xitoy
paxta yetishtirish
boʻyicha birinchi oʻrinda turadi
[3]
.
Бугунги кунда дунѐнинг 84 та мамлакатида 200 миллионга яқин аҳоли 32-33
миллион гектар ерга чигит экиб пахта етиштириш ва қайта ишлаш билан
шуғулланади.
Ўзбекистон пахта етиштириш бўйича дунѐда Хитой, Ҳиндистон, АҚШ,
Покистон ва Бразилиядан кейин 6-ўринда туради. Авваллари пахта толасини
экспорт қилиш бўйича Ўзбекистон АҚШ ва Ҳиндистондан кейин учинчи,
ўринда турар эди. Кейинчалик пахтани ўзимизда қайта ишлаш саноати
ривожланаѐтгани сайин 6 ўринга ўтди.
|