Sanoat korxonalarida enhatni qurishning vazifasi




Download 23.11 Kb.
Sana08.04.2024
Hajmi23.11 Kb.
#191610
Bog'liq
6-ma`ruza
4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99

Ma’ruza № 6
SANOAT KORXONALARIDA ENHATni QURISHNIng vazifasi
Sanoat korxonalarida avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etilishining maqsadga muvofiqligi
Istalgan avtomatlashtirilgan tizimni loyihalashtirishning borishida ishlab chiquvchi bu obektni boshqarish tizimida avtomatlashtirishning qanday darajasi zarur bo‘ladi degan muhim savolni echishi kerak. Avtomatlashtirish darajasi boshqarish bo‘yicha barcha funksiyalar inson tomonidan bajariladigan tizimlardan bu funutsiyalar avtomatik amalga oshadigan tizimlaragacha keng chegaralarda o‘zgarishi mumkin. Bir tomondan, avtomatikaning zamonaviy vositalari boshqarish tizimida insonni doim ham almashtira olmaydi. Boshqa tomondan, inson o‘z chegaralangan imkoniyatlari tufayli boshqara olmaydigan ob’ektlar mavjud. Boshqarish tizimlarida inson va avtomatikani maqbul qo‘shilish samaraliroq hisoblanadi.
Avtomatika yordamida boshqarish zarur bo‘lgan sharoitlar quyidagilar:

  1. Insonning fiziologik va psixologik imkoniyatlari (mushak kuchlari, axborotlarni qayta ishlash tezligi, reaksiya tezligi,u yoki bu fizik ko‘rinishda kodlangan axborotlarni qabul qilish qobiliyati, ish qobiliyati va h.k.) bu ob’ekt yoki jarayonni boshqarish uchun etarli emas hisoblanadi;

  2. Tizim inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lgan muhitda bo‘lishi mumkin. Bu holda ishlab chiquvchi boshqarish tizimida mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish va engillashtirish, avtomatika yordamida texnika xavfsizligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashtiradi;

  3. Ob’ektni boshqarishda insonning qatnashishi undan juda yuqori malakani talab qilishi mumkin. Ba’zi ishlab chiqarishlarda noyob mutaxssislar mavjud bo‘lib, ularning boshqarish jarayonida qatnashishi optimal echimlarga yaqin bo‘lgan echimlarga erishishga imkon beradi. Bu mutaxssislarni almashtirish oson emas. Masalan, ishlashi butunlay ulkan tajribaga va sezgiga asoslangan, san’atga yaqin bo‘lgan domna pechida eritish jarayonini boshqaradigan masterning ahamiyatini baholash qiyin. Bunday mutaxassislarni tayyorlashni rejalashtirib bo‘lmaydi. Bunday turdagi mutaxassis shoir kabi minimum iste’dodga ega bo‘lishi kerak. Agar ularning jomaviy tajribasini evristik shaklda tavsiflab bo‘lganda edi, unda bu mutaxassilarni avtomatika almashtirsa bo‘lar edi. Bunda, lekin, yana noyob mutaxassislarning etishmasligidan yo‘qotishlarmi yoki ularning ishini bajaradigan avtomatik tizimni ishlab chiqish va ishlatishga harajatlar kattaligini aniqlashtirish kerak;

  4. Mehnat resurslarining etishmasligi mavjud (masalan, o‘zlashtirilmagan va olisdagi tumanlarda ishlab chiqarish ob’ektlarini yaratishda);

  5. Avtomatika kritik va avariya holatlarida ob’ektni boshqarishda zarur. Oddiy holatlarda o‘z majburiyatlarini a’lo darajada bajaradigan mutaxassis, avariya holatlarida turli psixologik va fiziologik ta’sirlar ostida boshqarish bo‘yicha to‘g‘ri echimlarni qabul qilishga yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.

Ishlab chiqiladigan tizimning parametrlari haqida muzokaralarning borishida buyurtmachi bo‘lishi mumkin avariya vaziyatlari va ularning oqibatlarini tavsiflashi kerak. Bunday vaziyatlarning bo‘lishi, agar bo‘lishi mumkin avariya natijasidagi yo‘qotishlar avtomatikaga sarflardan ortganda avtomatlashtirish zarurati haqida masalalarni echishda aniqlovchi bo‘lishi mumkin.
Qoidaga ko‘ra, ob’ektni boshqarishda qandaydir boshqarish sifati mezoni shakllantirilishi mumkin. Bu mezon narx ifodalanishiga ega yoki qiymatlariga boshqarish tizimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan bir qancha parametrlarni optimallashtirish masalasi ko‘rinishida ifodalanadi (bunda parametrlarning qiymatlari narx baholanishi bilan qandaydir bog‘langan). Boshqarish ob’ekti prinsipial qo‘lda boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Lekin, inson ob’ektni boshqarish bilan boshqarish mezoni nuqtai nazaridan nooptimal echimlarni qabul qiladi.
3.1-jadval
Inson va EHM ning funksional imkoniyatlarini taqqoslash

Inson quyidagi funksiyalarda avzalliklarga ega

Mashinalar quyidagi funksiyalarda avzalliklarga ega

Kuchli “shovqin” sharoitlarida signallarnni aniqlash (masalan, radiohalaqitlar sharoitlarida radiolokatsion stansiya indikatorida qaytgan signalni, erdan chaqnashni va dengiz sirtidan halaqitlarni)
O‘zgaradigan qabul qilish sharoitlarida ob’ektlarni tanish (masalan, fotosur’atlarni qayta ishlashda niqoblangan ob’ektlarni tanish)

Kutilmagan hodisalar sharoitlaridagi harakatlar, masalan, yaroqchizliklarni tuzatish uchun yoki noodatiy vaziyatlarni vujudga kelishiga javob uchun yo‘llarni tanlashda
Alohida simptomlardan kelib chiqib umumiy holat haqida xulosa qilish-induktiv muhokama qilish qobiliyati
Oldin bo‘lib o‘tgan hodisalar natijalari asosida tajribada harakatlarni o‘zgartirishni o‘rganish qobiliyati
Fikrlashning originalligi- muammolarni yangi, mutlaqo turli echishni topish qobiliyati
Harakatlardagi ixchamlik, masalan yangi ko‘nikmalarni faqat bir yozma va og‘zaki protsedurali ko‘rsatmalar orqali o‘zlashtirish
Ortiqcha yuklanish sharoitlarida ishlash qobiliyati, masalan, ko‘plab radiolokatsion nishonlan sharoitlarida ikkinchi darajali nishonlarni inkor qilib tahdid qiluvchilariga e’tiborni to‘plash

Minimal kechikishli sezgirlik (bir necha mikrosekund; insonda 200 ms atrofida)
Takroriy harakatlarni bajarishdagi aniqlik (inson bunday vaziyatlarda xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin)
Ko‘plab miqdordagi ma’lumotlarni yig‘ish va ular bilan ishlash
Nazorat qilish (insonda kam vujudga keladigan hodisalarga nazorat qilish qobiliyati juda kam)
Deduktiv muhokama- elementning qaysi sinfga tegishli ekanligini aniqlash
Stimullarga sezgirlik- mashina insonning sensor imkoniyatlari diapazonidan tashqarida yotadigan energiya formalarini qabul qilishi mumkin, masalan, infraqizil nurlar va to‘lqinlar
Quvvatli kuch qurilmalarining ishlatilishi, masalan, zamonaviy samolyotlardagi reaktiv dvigatellar



Agar avtomatika boshqarish sifatini sezilarli yaxshilashga imkon bersa, u holda uning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘lib qoladi. Buyurtmachi faqat avtomatlashtirishga ketgan sarflarni boshqarish sifatini yaxshilashdan yutuqlarga (qabul qilingan o‘zini oqlash muddatlarini hisobga olib) pulli ko‘rinishda taqoslashi kerak bo‘ladi. Agar bu taqqoslash natijasida u avtomatlashtirishdan iqtisodiy yutuqni aniqlasa, u holda boshqarish tizimida inson qisman yoki to‘liq avtomatika bilan almashtirilishi kerak.


YAkunda inson va EHM ning bir qancha funksional imkoniyatlarini ko‘rsatadigan jadval keltiriladi. Bunday turdagi jadvallar ishlab chiquvchilarga boshqarish tizimida zarur avtomatlashtirish darajasini to‘g‘ri baholashga yordam beradi.
ENHAT tizimlarini ishlab chiqishda qanday avtomatlashtirish darajasi tanlanishi kerak? Bu savolga javob berish uchun ENHAT ning asosiy funksiyalarini energiya iste’moli (hisobga olish) haqida ma’lumotlarni yig‘ish, shuningdek, korxona energiya ta’minoti jarayonlarini tahlil qilish va boshqarishni o‘tkazilishini eslash zarur. Hisobga olish katta hajmli ma’lumotlarni to‘plash va ular bilan ishlashga bog‘liq, be erda EHM insonga nisbatan shubhasiz avzalliklarga ega. SHuning uchun hisobga olishni deyarli to‘liq avtomatik qilish mumkin.
Lekin, korxona energiya ta’minotini boshqarishni amalga oshirish insonning qatnashuvisiz bo‘lmaydi. EHM dasturiga texnologik jarayonlar talablarining barcha nozik tafsilotlarini qo‘yib bo‘lmaydi (yoki juda murakkab), avtomatikaning u yoki bu harakatlari oqibatlarini (zararlarini) algoritmik tavsiflash qiyin. Inson-mutaxassis tajribasisiz, uning o‘rganish va yuzaga kelgan nostandart vaziyatlardan bama’ni chiqishni topish qobiliyatisiz avtomatik boshqarish optimal bo‘lmaydi. Bu holda EHM ga boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun insonga yordam berish vazifasi yuklanadi (operator tahlil qilishi uchun qulay shaklda ma’lumotlarni tayyorlash, xatolikli ma’lumotlarni topish va tizim ishlashini testlash, alohida parametrlarning o‘zgarishlarini taxmin qilish, operatorlar harakatlarining to‘g‘riligini protokollashtirish va nazorat qilish). SHunday qilib, korxona energiya ta’minotini boshqarishda optimal avtomatlashtirish darajasi, inson-operator va EHM qatnashishining optimal qo‘shilishi topilishi kerak.
Tizimning turli darajalardagi elementlarini amal qilishi uchun ENHATni yaratishda minimal narxlarni taklif etadigan turli Yetkazib beruvchilardan turli texnik echimlardan foydalanish mumkin. Bunday tizim bir jinsli bo‘lmagan tizim deyiladi. U haqiqatat arzon turadi, lekin shoshilib bu variantga rozi bo‘lishdan oldin o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. Bunday tizimni ishlatish murakkab va qimmat bo‘ladi. Mana buni tasdiqlashga bir necha misollar:

  • bu turli qurilmalar bilan ishlash uchun ko‘plab turli dasturiy vositalarning o‘zlashtirilishi va doimo foydalanilishi zarurati;

  • joriy ta’minlash va xizmat ko‘rsatish uchun elektron elementlarning katta assortimentining bo‘lishini ushlab turish zarurati;

  • personalning o‘qitish va malakasini oshirilishining qiyinligi, chunki u turli tashkilotlarda o‘tadi;

  • tizimni ishlab chiqish va yig‘ish-ishga tushirish ishlarini olib borilishi vaqti ortadi (zarur kelishuvlar hisobiga);

  • ishlatish jarayonida maslahatlar olish va yaroqsizliklarni tuzatish ko‘p sonli mutaxassislarni jalb qilishga bog‘liq.

Boshlang‘ich bosqichda pul mablag‘larini tejalishi ishlatilishi jaryonida moliyaviy yo‘qotishlarga (shu jumladan yashirin bo‘lishi mumkin) aylanadi. Bu holda ENHATni bir jinsli tizim sifatida qurishga imkon beradigan texnik echimlardan foydalanish, ya’ni har bir hisobga olish ob’ektida bir jinsli apparatli vositalarga asoslanadigan bir xil dasturiy ta’minotni o‘rnatish avzalroq hisoblanadi. Bu elektr energiyani hisobga olish va uning parametrlarini nazorat qilishga bog‘liq bo‘lgan biznes-jarayonlarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish imkoniyatini, ENHATni bosqichma-bosqich qurish va ishlab chiqarishga kiritish imkoniyatini beradi, yig‘ish-ishga tushirish tizimining narxini kamaytiradi, chunki dasturiy ta’minot birdaniga ishlay boshlaydi va talab qilinadigan axborotlarni taqdim eta boshlaydi, ENHAT ni ishlatilishi narxini kamaytiradi. Tizimnining, ma’lumotlarni yig‘ish markazlari orasidagi aloqaning ishlatilishining o‘sishi darajasi bo‘yicha ular yagona texnologik jarayonga kafolatlangan qo‘shiladi. ENHAT tizimlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ko‘plab jiddiy firmalar o‘z tizimlarini bir jinsli tizim sifatida loyihalashtirmoqda.
Hisoblagichlar ma’lumotlarni yig‘ish kanali bilan to‘g‘ri aloqa kanallari orqali doimiy bog‘langan va berilgan so‘rov jadvaliga muvofiq so‘raladi (2.3-rasm). Hisoblagichlardan birlamchi axborotlar MO ga yoziladi. Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri vaqti bilan so‘rov jarayonida amalga oshadi. Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri sifatida lokal PEHM ishlatiladi. Unda ma’lumotlarga ishlov berish va MO ga kiritish amalga oshadi. Foydalanuvchilar soni, hisoblagichlar va ularning profillari intervallarining soni, foydalanuvchilar malakalari, matematik ishlov berish va boshqalarga bog‘liq ravishda lokal MO MS Access yoki ORACLE8.X MOBT da ishlashi mumkin. MO ga ma’lumotlarni yig‘ish berilgan intervallarli davriy amalga oshadi. Ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish loqal markazi orqali hisoblagichlarni avtomatik so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish quyidagi masalalarni echishga imkon beradi:

  • yetkazish/foydalanish parametrlarini aniq o‘lchash:

  • korxona, uning infratuzilma elementlari (qozonxona va maishiy ob’ektlar, sexlar, bo‘linmalar, subabonentlar) bo‘yicha energiya resurslarini kompleks avtomatlashtirilgan tijorat va texnik hisobga olish;

  • berilgan limitlarga va quvvatni texnologik cheklashlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) hisobga olish nuqtalari va ob’ektlari bo‘yicha energiyadan foydalanishni va elektr energiya sifati parametrlarini (EESP) nazorat qilish;

  • elektr energiyani hisobga olish va EESP ni nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlarga ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;

  • ham energiyadan foydalanishni, ham ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish uchun energiya resurslari nazorat qilinadigan parametrlarining og‘ishlarini qayd etish, ularni absolyut va nisbiy birliklarda baholash;

  • nazorat qilinadigan kattaliklarni ruxsat etiladigan qiymatlar diapazonidan og‘ishlari haqida signalizatsiya (rang, tovush bilan);

  • ma’lumotlarning to‘liqligini diagnostika qilish;

  • ob’ektlarning elektr bog‘lanishlarini va ularning xarkteristikalarini tavsifi;

  • so‘rov kommunikatsiyalarini va xarakteristikalarini parametrlashtirish;

  • tizimni diagnostika qilish;

  • yagona tizim vaqtini ushlab turish.

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish nimadan iborat?

  2. Ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish loqal markazi orqali hisoblagichlarni avtomatik so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish qanday masalalarni yechishga imkon beradi?

Download 23.11 Kb.




Download 23.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarida enhatni qurishning vazifasi

Download 23.11 Kb.