PAXTA TOLASIDAN КIMYOVIY USULDA OLINADIGAN MAHSULOT
TURLARI
Paxta eng arzon va keng tarqalgan mahsulot hisoblanadi.
Har yili butun
dunyoda tayyorlanadigan barcha to’qimachilik tolalarining qariyb yarmini paxta
tolasi tashkil qiladi. Paxtani qayta ishlab (tozalab), tola (30-40 %), chigit (60-70 %)
va momiq olinadi. Chigit tarkibida esa 22-28 % gacha moy bo’ladi. G’o’za bargi,
poyasi va po’stlog’idan 100 dan ortiq, paxta tolasidan 50 ga yaqin, chigitidan 45
dan ortiq turli xil mahsulotlar olinadi. Paxta mahsulotlaridan sanoatning ko’pgina
tarmoqlarida (to’qimachilik, aviasiya, ximiya, medisina, avtomobil va boshqa
sohalarda) keng foydalaniladi. Bir tonna chigitli paxtadan 350-380 kg tola, 550-
570 kg chigit, 50-120 kg momiq olinadi. Bir kilogramm toladan 5 m gazlama yoki
140 ta g’altak ip ishlab chiqariladi. Bir gektar erda etishtirilgan paxtadan o’rtacha
hosildorlik 30 sentner bo’lganda shuncha mahsulotdan 7-8,5 ming metr gazlama,
270 kg paxta moyi, 730 kg kunjara, 47 kg sovun, 108 kg momiq, 240 kg chigit va
boshqa mahsulotlar olinadi. Shunday ekan, paxta etishtirishni rivojlantirish bilan
birga paxta sanoatida paxtani ishlash texnologiyasini mukammallashtirish va yangi
texnika, texnologiya bilan qurollantirish, ko’p mexnat
talab qiladigan ishlarni
mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish sohasida katta ishlar qilinmoqda.
To’qimachilik sanoatida qo’llaniladigan tolali xomashyo asosan ikki turga
bo’linadi, bular: tabiiy va kimyoviy. Tabiiy tolalarga - tabiatdan hosil etilgan,
o’simlik, mineral tolalar va jonivorlardan olingan jun tolalari kiradi. Ya’ni, paxta,
kanopdan va boshqa o’simliklardan olinadigan tolalar, jun tolasi jonivorlardan
olinadi. Mineral tolalarga esa asbest kiradi. To’qimachilik sanoati o’z ichiga
salkam 15 ga yaqin tarmoqlarni qamrab olgan. Ishlov berilayotgan xom ashyo va
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga qarab, quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: -
paxta
tolasiga ishlov beruvchi, kanopni qayta ishlovchi, junga ishlov beruvchi,
ipakni qayta ishlovchi va boshqalar. Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash natijasida
olinadigan mahsulotlarga: -paxta tozalash korxonasida chigitli paxtadan olinadigan
mahsulotlarga, ya’ni tola, chigit, momiq va tolali chiqindilar kiradi. -kanopni qayta
ishlash korxonasida kanopdan olinadigan mahsulotlar, chunonchi uzun tola, kalta
tola, kanop samoni va chiqindilar, yog’och qismi kiradi.
Кimyoviy tolalar
molekulyar birikma ta’sirida kimyoviy yo’l bilan olinadigan tolalardir. Ular ikki
guruhga bo’linadi, ya’ni sun’iy va sintetik tolalar guruhi. Кimyoviy tolalar tabiatda
uchraydigan ba’zi mineral materiallardan olinadi. Viskoza, mis-ammiak, asetat,
pollinoz tolalari sun’iy tolalardir. Sintetik tolalar (kapron, lavsan, nitron, anid,
xlorin va boshq.) yuqori polimer birikmalardan kimyo zavodlarida olinadi.
Кimyoviy tolalar uzluksiz uzun va juda ham ingichka iplar tarzida olinadi. Bunday
uzluksiz ipni qisqa-qisqa (34-40 mm li)bo’lakchalarga qirqib, shtapel tolasi hosil
qilinadi. Bu qirqimlarning uzunligi paxta tolasidan yasalgan shtapelning uzunligiga
yaqin bo’lgani uchun shtapel tola deb atalishi qabul qilingan. Кimyoviy tolalarning
afzalligi shundaki, qanday xossalarga ega tolalar kerak bo’lsa, shunday tolalar
hosil qilish mumkin. Shuning uchun ham kimyoviy tolalar ishlab chiqarish borgan
sari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ip yigiruv fabrikalarida kimyoviy
tolalarning o’zini va ularni paxta tolasiga aralashtirib ip yigirish mumkin. Ip
yigiruv fabrikalarida ishlatiladigan kimyoviy shtapel tolalarning uzunligi 34-40
mm, yo’g’onligi 400-133 m/teks (№ 2500-7500) bo’ladi. shtapel tolalardan yigirib
olingan ip shtapel ip deb ataladi.
Odatda, kimyoviy tolalarni paxta tolasini yigirishda qabul qilingan oddiy
(karda) ip yigirish tizimidagi mashinalarda yigirish mumkin.
Bunday ipdan rang-
barang shtapel gazlamalar ishlab chiqariladi. Кimyoviy tolalarning asosiy
kamchiliklaridan biri shundaki, ular haddan tashqarii silliq, kam jingalak, ishlash
jarayonida elektrlanish (zaryadlanish) xususiyatiga ega. Bunday kamchiliklar
yigiruv fabrikalarining normal ishlashiga halal beradi. Elektrlanish tufayli tolalar
mashina
qismlariga yopishib qoladi, chiqindilar ko’payadi, ipning chiqishi
kamayadi, natijada ish unumi ham pasayib ketadi. Viskoza-to’qimachilik sanoatida
viskoza tolasi boshqa kimyoviy tolalarga qaraganda ko’proq ishlatiladi. Bu tola
junga qaraganda taxminan 1,5 marta pishiqroq, uzilishdagi uzayishi esa paxta
tolasinikiga qaraganda ikki marta ortiq (15-18 km). Bunday tola yaltiroq paxta
tolasiga o’xshash bo’lib, bo’yoqni yaxshi oladi, yaxshi yigiriladi,
mikroorganizmlar va kuya ta’siriga yaxshi chidaydi.
Shuning uchun viskoza
shtapel ipidan chiroyli shtapel gazlamalar to’qiladi. Ho’llangan paytda pishiqligini
bir oz yo’qotishi va boshqa tolalarga qaraganda ko’proq elektrlanishi uning
kamchiligidir. Кimyoviy tolalar bilan tabiiy tolalarning xarakterli xususiyatlari.
Viskoza shtapel tolasini oddiy yigirish tizimidagi mashinalarda yigirish
mumkin. Viskoza shtapel tolasining o’zidan va unga paxta va jun tolalari
aralashtirib yigirilgan ipdan har xil assortimentda chiroyli nafis gazlamalar ishlab
chiqarish mumkin.
Asetat tolasi-elastikligi viskoza va mis-ammiak tolalarinikiga qaraganda ikki
marta ortiq; bunday tola ancha pishiq, ko’p marta qaytariladigan deformasiyalarga
yaxshi chidaydi, uning uzilish uzunligi 11 km, uzilishdagi uzayishi 22-30 %,
shuning uchun undan yaxshi xossali gazlama va buyumlar olinadi. Asetat tolasi
uncha gigroskopik emas, ipakka o’xshab yaltirab turadi, qaynoq suvda xuddi junga
o’xshab jingalak hosil qiladi va maxsus bo’yoqda yaxshi bo’yaladi.
Asetat
tolasining o’zini aralashtirib ishlatish mumkin. Кapron tolasi- juda pishiqligi,
elastikligi, yuvishga bardoshligi, kam gigroskopikligi va deyarli kirishmasligi bilan
boshqa sintetik tolalardan ajralib turadi. Mikroorganizmlar va mexanikaviy kuch
ta’siriga yaxshi chidaydi.
Кapron tolasining kamchiliklari: yorug’lik nuri, ob-havo va quyosh nuri
radiasiyasi ta’sirida pishiqligi bir oz kamayadi, kiyim g’ijim bo’ladi, tola bir oz
qizisa, mashina qismlariga yopishib qolaveradi. Кapron tolasidan keng iste’mol
buyumlari va texnikada ishlatiladigan turli-tuman buyumlar ishlab chiqariladi.
Кapron tolasini paxta
va jun tolalariga aralashtirib, ulardan olinadigan
buyumlarning pishiqligi va elastikligi oshiriladi.
Nitron tolasi – yorug’lik nuri, ob-havo va quyosh nuri radiasiyasiga eng
chidamli tola hisoblanadi. Tolalarining elastikligi asetat va viskoza tolasidan
yuqori bo’ladi. nitron tolasining kamchiligi: yuvishga chidamsiz, gigroskopikligi
kam, qiyin bo’yaladi va tez kir bo’ladi. Nitron tolasiga jun tolasini aralashtirib,
xossalari ancha yaxshi tola olish mumkin. Tola hajmdor bo’lganligi sababli, undan
olingan ip ham hajmdor bo’ladi, to’qilgan gazlama tukli bo’lib, xuddi jun
gazlamaga o’xshaydi.
Lavsan tolasi-harorat o’zgarishlariga eng chidamli, g’ijim bo’lmaydigan, kam
kirishadigan, yorug’lik nuri, ob-havo va
quyosh nuri radiasiyasiga
mikroorganizmlar va kuya ta’siriga chidamli toladir. Tolaning pishiqligi kapronga
qaraganda kamroq, ammo elastik. Кamchiligi: deyarli gigroskopik emas, yaxshi
bo’yalmaydi, kuchli elektrlanadi va bu xossasi uni qayta ishlash jarayonini
qiyinlashtiradi, chiqindi ko’payadi, ipning chiqishi kamayadi.
Lavsan tolasini jun tolasi bilan aralashtirib ishlansa, undan olingan gazlama
va buyumlarning pishiqligi oshadi va yorug’lik nuri, ob-havo ta’siriga chidamli
bo’ladi. Lavsan tolasiga paxta tolasini aralashtirib ishlansa, undan olingan gazlama
va buyumlarning elastikligi oshadi va g’ijim bo’lmaydi.
http://fayllar.org