• Kalit so’zlar
  • Import boj stavkalarini oshirilishining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishiga salbiy ta’sirlari Ahrorbek Sharobiddinov Qosimjon o’g’li Andijon iqtisodiyot




    Download 14.59 Kb.
    Sana05.11.2023
    Hajmi14.59 Kb.
    #94449
    Bog'liq
    Import boj stavkalarini oshirilishining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishiga salbiy ta
    5- topshiriq, Kuchlanish-nosimmetriyasini-elektr-energiya-istemolchilari-ishiga, Google scholarda akkaunt yaratish.pptx 13.12, 2 5210689589483667829, referendum

    Import boj stavkalarini oshirilishining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishiga salbiy ta’sirlari
    Ahrorbek Sharobiddinov Qosimjon o’g’li
    Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
    Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi 1-bosqich 22-21-guruh talabasi
    Annotatsiya: Maqola bojxona to’lovlari oshirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash kerak degan eski nazariya hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida o’zini qanchalik oqlashi haqida yozilgan.
    Kalit so’zlar: iqtisodiyot, bojxona, tannarx, tovar, raqobat, infratuzilma, ishlab chiqarish,import, eksport.
    Jahon tajribasidan ma’lumki, bojxona stavkalarining oshirilishi birinchidan, mamlakat iqtisodiyotining liberallashuvini kamaytirib, erkin bozor mexanizmlari to’laqonli ishlamasligiga olib keladi. Natijada, ushbu holat mamlakat iqtisodiyoti orqaga ketishiga sabab bo’lishi mumkun.
    Ikkinchidan, rivojlanayotgan davlatlarda import bojlari stavkalari oshirilishi import tovarlari oqimini kamaytirishga emas, balki o’sha davlatda kontrafakt tovarlar, “kulrang” tizim va korrupsiya avj olishiga olib kelishi mumkin.
    Uchinchidan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan vaqtincha (2-3 yil) himoya qilish, aslida, aynan o’sha korxonalar rivojini shuncha vaqtga to’xtatib qo’yish bilan barobar. Ya’ni mahalliy ishlab chiqaruvchi raqobat yo’qligidan foydalanib, mahsulot sifatiga, uni yangilashga e’tibor qaratmay, bozorda o’zi belgilagan narxda, zo’r berib ko’proq mahsulot o’tkazib qolishga intiladi.
    Birgina misol, “GM Uzbekistan” zavodi avtomobillariga talab yuqori bo’lagan paytda, mahsulot sifatiga, mahsulotni takomillashtirishga, tannarxini tushirishga yetarli e’tibor qaratmaganligi tufayli hozirgi kunda ushbu avtomobillar ma’nan eskirdi, avtomobil sifatini oshirish va zamonaviy qulaylik, funksiyalar qo’shish esa, tannarxni oshishiga olib keldi. Natijada hosil bo’ladigan narxni esa bozor ko’tarmaydi. Pirovardida, “GM Uzbekistan” Rossiya, Qozog’iston bozorlaridagi o’z o’rnini boshqa raqobatdosh, arzon, zamonaviy avtomobil ishlab chiqaruvchilariga bo’shatib berdi, amalda.
    To’rtinchidan, ichki bozorda muqobil tovar yo’qligi tufayli mamlakat aholisi yuqori narxdagi, sifatsiz, ma’nan eski mahsulotlarni sotib olishga majbur bo’ladi. Oqibatda, aholi turmush darajasi yuqori narxga hamohang tarzda pasayib boradi. Ya’ni, iste’mol qilinayotgan tovarning narxi qancha yuqorilasa, uni sotib olayotgan aholi shuncha qashshoqlashadi.
    Beshinchidan, import orqali ishlaydigan “halol” tadbirkorlar uchun “nohalol” raqobat muhiti yaratiladi. Ular “kontrafakt” tovarlar bilan keskin kurash olib borishiga majbur bo’ladi.
    Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar davlat tomonidan proteksionistik usulda emas, balki zamonaviy, boshqalarga zararli bo’lmagan iqtisodiy usullarda himoya qilinishi maqsadga muvofiqdir.
    Jumladan, import o’rnini bosuvchi va eksportga yo’naltirilgan mahsulotar ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan xomashyo, materiallar sotib olishi uchun yoki aylanma mablag’larini shakllantishi, zamonaviy energosamarador jihozlar sotib olishi uchun kerakli moliyaviy resurs va subsidiyalar ajratilishi ko’proq samarali natija beradi.
    Masalan, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida kichik va o’rta biznes davlat tomonidan subsidiyalar orqali qo’llab-quvvatlanadilar. Subsidiyalar quyidagi yo’nalishlarga ajratiladi:
    tarmoqlarning innovatsion rivojlanishi;
    yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, xodimlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish;
    infratuzilmani yaratish, xalqaro bozorda milliy tovarlarni ilgari surish;
    mahsulot sifatini yaxshilash;
    texnik yangilanishni moliyalashtirish va boshqalar.
    Shuningdek, Xitoyda kichik va o’rta biznes subyektlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida maxsus davlat jamg’armasi tashkil etilgan.
    Hindistonda esa, hukumat charm sanoati rivoshlanishining kompleks dasturini qabul qilgan bo’lib, ishlab chiqarishni kengaytirish subsidiyalar shaklida amalga oshiriladi. Shuningdek, dasturlar sanoat uchun texnologyalarni rivojlantirishga jalb qilingan yangi tadqiqot institularini tashkil etish va mavjudlarini kengaytirishni ham ko’zda tutadi.
    Janubiy Koreyada yuqori texnologik materiallarni ishlab chiqarish uchun sanoat ekotizimlarini rivojlantirish va tijoratlantirish bo’yicha davlat tomonidan grantlar mavjud.
    Turkiyada esa, sanoat korxonalarini qo’llab quvvatlash maqsadida, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash agentligi (KOSGEB) ishtirokida foizsiz davlat kreditlarini berish tartibi joriy etilgan.
    Yuqorida qayd etilgan mamlakatlar iqtisodiyuti haqida esa, alohida to’xtalib o’tirish hojat yo’q, mening fikrimcha.
    Shuningdek, globallashuv fonidagi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy, raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari bir davlatda boshlanib, bir necha davlatda davom etib, yakuniy bosqichi yana boshqa davlatda yakunlanmoqda.
    Shunday ekan, ayni paytda biz turli proteksionistik usullar bilan ushbu texnologik jarayon zanjirini uzib qo’yish orqali emas, balki zamonaviy innovatsion texnologiyalar, shu bilan birga mamlakatimizga intelektual, investitsion resurslar oqimini ortishiga xizmat qiluvchi qulay sharoit yaratishimiz ko’proq muhimdir.
    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. O’lmasov A. Vahobov A.Iqtisodiyot nazariyasi.-T.:”Iqtisod-moliya”, Toshkent. 2014.

    2. Egamberdiyev E. Mikroiqtisodiyot.-T.:”G’ofur G’ulom”,2005.

    3. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi axborot sayti

    Download 14.59 Kb.




    Download 14.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Import boj stavkalarini oshirilishining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishiga salbiy ta’sirlari Ahrorbek Sharobiddinov Qosimjon o’g’li Andijon iqtisodiyot

    Download 14.59 Kb.