|
Kuchlanish nosimmetriyasini elektr energiya istemolchilari ishiga ta’siri Kuchlanish nosimmetriyasi
|
bet | 1/3 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 178,96 Kb. | | #138096 |
Bog'liq Kuchlanish-nosimmetriyasini-elektr-energiya-istemolchilari-ishiga
Kuchlanish nosimmetriyasini elektr energiya istemolchilari ishiga
ta’siri
Kuchlanish nosimmetriyasi
Uch fazali elektr energiya sifatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri kuchlanish nosimmetriyasi bulib hisoblanadi. Kuchlanish nosimmetriyasini bir fazali yuklamalar hosil kiladi. Bir fazali yuklamalarga elektr yoy pechlari, payvandlash kurilmalari, konlardagi elektrovozlar katta kuvvatga ega bulgan 1 fazali elektrotrmik kurilmalar va boshkalar kiradi.
Kuchlanish nosimmetriyasining ikki turi mavjud bulib, bular buylama va kundalang nosimmetriyalardir. Elektr tarmok elementlari nosimmetriyasi bilan boglik bulgan nosimmetriya buylama nosimmetriya deb ataladi. Buylama nosimmetriyaga misol kilib, xavo liniyalarining tulik bulmagan faza rejimlarini keltirish mumkin.
Tarmokka bir va kup fazali nosimmetrik yuklamalarni ulanishi natijasida kelib chikkan nosimmetriya kundalang nosimmetriya deyiladi. Kundalang nosimmetriya baozi bir elektr energiya istemolchilarining ayrim fazalaridagi aktiv va reaktiv karshiliklarning tengsizligi tufayli kelib chikadi.
Elektr ta’minoti tizimlardagi nosimmetriya rejimi kiska vaktli (avariya) va davomiy (yekspluatasion)larga bulinadi.
Kiska vaktli nosimmetrik rejim odatda turli avariya jarayonlari, davomiy nosimmetrik rejim esa elektr tarmok elementlari nosimmetriyasi yoki elektr ta’minoti tizimiga nosimmetrik yuklamalarni ulanishi bilan boglik.
Uch fazali zanjirlarda nosimmetrik rejimlarni hisoblash va tahlil kilishda asosan simmetrik tashkil etuvchilar usuli kullaniladi. Bu usul har kanday uch fazali nosimmetrik tizim kattaliklarini umumiy holda uchta simmetrik tizim kattaliklari yigindisi kurinishida tasavvur kilishga asoslangan. Nosimmetrik tizim qiymatlarini tashkil etadigan tizim majmuasi, uning simmetrik tashkil etuvchilari deyiladi. Bu simmetrik tashkil etuvchilar tugri, teskari va nol ketmaketlik tizimi deyiladi.
Kuchlanish nosimmetriyasi elektr energiya sifatining normallashtirilgan ko‘rsatkichi hisoblanadi. Elektr energiya sifatining normasida nosimmetriya koeffisienti Ye2 2%. Agar nosimmetiya koeffisienti belgilangan qiymatdan oshib kesa, uni pasaytirish choralarini kurish zarur.
|
| |