• Etimologiyasi
  • Italiya
  • Tuzilishi va qismlari
  • Sozlash
  • Etimologiyasi „Gitara“ soʻzining kelib chiqishi quyidagicha deb taxmin qilinadi: forscha sihtar yoki yunoncha kifara; lotincha kitara; arabcha qitara; ispancha guitarra. Tarixi




    Download 47 Kb.
    bet1/3
    Sana24.03.2017
    Hajmi47 Kb.
    #2146
      1   2   3

    Gitara

    Gitara — qadimiy va keng tarqalgan torli musiqa asbobi.

    Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin.

    Odatda oltita torli boʻladi. Biroq toʻrt, yetti, oʻn va oʻn ikki torli gitaralar ham mavjud. Gitaraning ikki asosiy turi bor: akustik hamda elektrogitara. Akustik gitarada tovush torlar va gitara qornidan chiqadi. Zamonaviy akustik gitaralarning uch turi bor: klassik gitara, poʻlat torli gitara va arkali gitara.

    Elektrogitaralar 1930-yillarda ixtiro qilindi. Bu gitaralar maxsus kuchaytirgich orqali tovushni oʻzgartira oladi. Ilk elektrogitaralarning qorni kovak boʻlgan. Ammo keyinchalik elektrogitaralarda kichkina, qattiq qorinlar qoʻllanila boshlandi.

    Gitara millatlararo eng ommabop cholgʻulardandir. Gitaralar koʻpincha blues, bluegrass, country, flamenco, folk, jazz, jota, mariachi, heavy metal, punk, reggae, rock, soul, va pop musiqa janrlarida qoʻllaniladi.



    Etimologiyasi

    „Gitara“ soʻzining kelib chiqishi quyidagicha deb taxmin qilinadi:

    forscha sihtar yoki yunoncha kifara;

    lotincha kitara;

    arabcha qitara;

    ispancha guitarra.



    Tarixi

    Torlari barmoq bilan chalinadigan musiqa asboblari bundan kamida 5 ming yil avval ham maʼlum boʻlgan. Hozirgi koʻrinishdagi olti torli gitara Ispaniyada paydo boʻlgan bo‘lsada,[1] unga oʻxshash asboblar (tor, tanbur, ud, dutor, setor kabi) undan oldin Oʻrta Osiyo va Hindistonda tarqalgan.

    Yunon tili (yunon. Ελληνικά [ɛliniˈka]) - yunon tili tarixidagi dastlabki bosqichda - mil. av. 14- 12-asrlardan mil. 1 -4-asrlargacha amalda boʻlgan (hoz. oʻlik) til; greklarning qadimiy tili (yana q. Yunon tili).

    Hindiston Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi - Jan. Osiyolagi davlat. Hududi shim.dan jan.ga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shim.da Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. H.

    Ispaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) - Yevropaning jan.gʻarbida, Pireney ya.o.da joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar o.lari, Afrikaning shim.

    Gitara 13-asrdan boshlab Ispaniyada mashhur boʻlgan. 17-asrdan Italiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida hamda Amerikada keng tarqalgan.

    Italiya Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) - Yevropa jan. da, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin ya.o., Sitsiliya, Sardiniya va b. kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Mayd.

    Yevropa Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.

    [2] Dastlab 4-5 juft torli gitaralar ishlatilgan. 18-asrning ikkinchi yarmidan olti torli gitara mashhur boʻlgan.

    20-asrda „gavay gitarasi“ (tizzaga qoʻyib maxsus plektr bilan chalinadi), jazz gitarasi, elektrogitara, bass gitaralar paydo boʻldi. Elektrogitaralar 1930-yillarda ixtiro qilindi. Bu gitaralar maxsus kuchaytirgich orqali tovushni oʻzgartira oladi. Ilk elektrogitaralarning qorni kovak boʻlgan. Ammo keyinchalik elektrogitaralarda kichkina, qattiq qorinlar qoʻllanila boshlandi.



    Tuzilishi va qismlari

    Gitara odatda mediator bilan yoki qoʻl bilan chalinadi. Asbob asosan yogʻochdan yasalib, charm va/yoki lok bilan qoplanadi, torlari esa poʻlat yoki neylondan tayyorlanadi. Baʼzi zamonaviy gitaralar turli xil polikarbonatlardan yasaladi.

    Odatda faol qo‘l torlarni chertish uchun ishlatiladi. Bu degani ko‘pchilik odam o‘ng qo‘li bilan simlarni chaladi. Sababi musiqaning dinamikasi va rang-barangligi torni chalgan qo‘lga bog‘liq. Ikkinchi qo‘lning vazifasi bo‘lsa torlarni kerakli pardalarda bosishdan iboratdir. Skripka kabi asboblarni chalishda ham yoy o‘ng qo‘l bilan ushlanadi.

    Chapaqay chaluvchilar uchun gitaralar teskari qilib tayyorlanadi. Turli xil chapaqay gitarachilar turli xil gitaralarni chalishadi. Baʼzi chapaqay gitarachilar oddiy gitaraning shunchaki aksini chalishadi: simlarning ketma-ketligini o‘zgartirishmaydi, yaʼni ularning gitaralarida yo‘g‘on simlar yuqorida va ingichka simlar pastda bo‘ladi. Nirvana guruhining qo‘shiqchisi Kurt Cobainning gitarasi shunaqa bo‘lgan.

    Baʼzi chapaqay gitarachilar bo‘lsa oddiy o‘ng gitara simlari ketma-ketligini teskari qilib oʻzgartitib chalishadi. Yana boshqa chapaqay gitarachilar bo‘lsa oʻng gitaraning gʻirt teskarisini, yaʼni ham gitaraning oʻzi, ham simlar ketma-ketligi teskari gitaralarni chalishadi. Jimi Hendrixning gitarasi shunaqa boʻlgan. Baʼzi chapaqay gitarachilar boʻlsa oddiy oʻng gitarani chalaverishadi.

    Sozlash

    Gitarachilar odatda nota va akkordlarning lotincha nomlarini qo‘llanishadi.

    Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad.

    Oʻzbek tiliga notalarning nomlanishi rus tilidan kirib kelgan. Oʻzbekcha va lotincha notalarning nomlanishi quyidagichadir:

    Do — C

    Re — D


    Mi — E

    Fa — F


    Sol — G

    Lya — A


    Si — H/B

    Gitarani turli xil qilib sozlash mumkin. Eng keng tarqalgan sozlash „standart sozlash“ deb ataladi. Bu sozlashda simlar eng yo‘g‘on simdan eng ingichka simga qarab quyidagicha qilib sozlanadi: E, A, D, G, B, E. Oltala simni ochiq chalgandagi akkord Em7/add11 akkordidir.



    Kapodastr

    Kapodastr yoki kapo (italyancha capo tasto (bosh toʻxtatgichi) jumlasidan olingan) ochiq simlarning ovoz balandligini oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Kapolarda odatda prujina boʻladi va ular gitaraning simlarini siqib qoʻyish uchun qoʻllaniladi. Gitaraning tonini yarim ton koʻtarish uchun kapo birinchi pardaning ustiga qoʻyiladi. Bir ton koʻtarish uchun esa ikkinchi pardaga qoʻyiladi va hokazo. Kapo baʼzi akkordlarni chalishni osonlashtiradi.



    Mediator

    Mediator biror qattiq materialning kichik boʻlakchasidir. Mediator odatda koʻrsatgich va bosh panja oʻrtasida ushlanadi va simlarni chalish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbek asboblaridan rubob ham mediator bilan chalinadi. Klassik gitarachilar odatda panjalari bilan chalishadi. Mediatordan asosan poʻlat simli va elektrogitaralarni chalish uchun qoʻllaniladi.

    Mediatorlar asosan plastmassadan yasaladi. Ammo suyak, toshbaqa kosasi va yogʻochdan yasalgan turlari ham mavjud. Ilk mediatorlar toshbaqa kosasidan yasalgan. Keyinchalik toshbaqalarning soni kamaygani uchun ulardan mediator yoki boshqa narsa yasash taqiqlangan. Hozirgi kunda taqiqdan avval toshbaqa kosasidan yasalgan mediatorlar juda qadrlanadi.

    Mediatorlarning shakli va oʻlchami har xil boʻladi. Jazz uchun ishlatiladigan mediatorlar kichik boʻladi. Bas gitara mediatorlari boʻlsa katta boʻladi. Mediator qalinligiga qarab ishlatiladi. 0,2 mm dan 0,5 mm gacha boʻlgan yupqa mediatorlar odatda ritm chalish uchun ishlatiladi. 0,7 mm dan 1,5 mm yoki undan ham qalin boʻlgan mediatorlar esa solo chalish uchun qoʻllaniladi.



    Maqola www.furqatjon.ga sayti maxsuloti. Yanada ko’proq maqola va kerakli ma’lumotlar yuklab olish uchun www.

    Maqola -publitsistik janr. M.da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi.

    furqatjon.ga
    saytiga tashrif buyuring.

    Eslatma: Maqola ko’chirib olinib boshqa saytga yuklanganda www.furqatjon.ga saytidan olindi deyishni unutmang. Tashrifingiz uchun raxmat.
    Download 47 Kb.
      1   2   3




    Download 47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Etimologiyasi „Gitara“ soʻzining kelib chiqishi quyidagicha deb taxmin qilinadi: forscha sihtar yoki yunoncha kifara; lotincha kitara; arabcha qitara; ispancha guitarra. Tarixi

    Download 47 Kb.