• Mashinasozlik yo’nalishi 23-02 MTS guruh talabasi Babajanov Rinat Dinshunoslik fanidan
  • Urganch texnologiya unversiteti




    Download 1.47 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana16.04.2024
    Hajmi1.47 Mb.
    #197532
    Bog'liq
    Babajanov Rinat
    Internet protokollari internet global tarmog’i qanday tizim va u, 2- mavzu Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja, Ma’ruza mashg’ulotlari (1), Ma’ruza mashg’ulotlari (2), 51-100, mustqail ish 1 (1), Sinov 3 36 talik Atom tuzilishi(1), Hujjat, Zaripova Moxira, Ekocentr-Dzhejrona, Botirova Gulnoza\'s presentation on the theme Companies and their, Ekspert tizimlarini boshqaruvdagi o\'rni va ularni iqtisodiyot ta-fayllar.org, elektron spin, 7-betlik, Mavzu elektron biznes va mobil-tijorat-fayllar.org


    MUSTAQIL ISHI
    Mavzu:.Diniy akidaparastlik(fanatizm) ekistrimizm paydo
    bolishining ishtimoyi-tarixiy zaminlari va rivojlanishiFan
    o’qtuvchisi: PHD Davletov J. 
    URGANCH TEXNOLOGIYA UNVERSITETI
    Mashinasozlik yo’nalishi 23-02 MTS guruh
    talabasi Babajanov Rinat Dinshunoslik
    fanidan


    Diniy akidaparastlik(fanatizm) 
    ekistrimizm paydo bolishining
    ishtimoyi-tarixiy zaminlari va
    rivojlanishi


    Diniy ekstremizm - muayyan 
    diniy konfessiya va 
    tashkilotlardagi ashaddiy 
    mutaassib, fanatik 
    unsurlarning faoliyati 
    mafkurasi. Fanatizm o‘z 
    aqidasining shak-shubhasiz 
    to‘g‘riligiga ishonib, boshqa 
    firqa va mazhablarni 
    butunlay rad etgan holda 
    ularni tan olmaslik, balki 
    ularni diniy asoslarni 
    buzishda ayblab, ularga 
    qarshi urush ochishga olib 
    boradigan omillardandir. 
    Diniy fanatizm diniy 
    ekstremizm va terrorizmga 
    zamin tayyorlaydi.


    INSON 
    HUQUQLARI
    HAYOT
    ERKINLIK
    SOG’LIK
    EKSTREMIZM
    EKSTRIMISTLAR QUYIDAGILARNI 
    <> QILGANLAR


    Diniy fundamentalizm -
    aqidaning o‘zgarmasligini 
    himoya qiladigan, vahy va 
    mo‘‘jizalarning muqaddas 
    kitoblardagi bayonining harfiy 
    talqini tarafdori, ularning har 
    qanday majoziy talqiniga 
    murosasiz, so‘zma-so‘z 
    talqinga asoslangan e’tiqodni 
    aqlga tayangan mantiqiy 
    dalillardan ustun qo‘yadigan, 
    muayyan diniy e’tiqod 
    shakllanishining boshlang‘ich 
    davrida belgilangan barcha 
    yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va 
    og‘ishmay bajarilishini talab 
    qiladigan diniy oqimlarni 
    ifodalashda qo‘llaniladigan 
    istilohdir.


    11 сентябрь куни АҚШ да содир этилган фожиали 
    террористик харакатлардан кейин диний экстремизм, 
    террорчилик деганда кўпчиликнинг кўз ўнгида ислом 
    динини ниқоб қилиб олган радикал диний гурухлар 
    гавдаланмоқда. Муқаддас динимизнинг эзгуликка 
    йўғрилган даъватлари билан нотаниш кишиларда 
    ислом фанатизмга мофил дин, деган нотўғри тасаввур 
    пайдо бўлаётган бўлса, айримлар эса, ушбу вазиятдан 
    фойдаланиб, ислом динига эътиқод қилувчиларга 
    таъна тошларини отмоқдалар. 


    O‘zbekistonga nisbatan islom 
    fundamentalizmining tahdidi 
    aqidaparastlikni yoyish, bu 
    yo‘l bilan musulmonlarni 
    islohotchi davlatga 
    ishonchini yo‘qotishga 
    urinishda o‘zini namoyon 
    etmoqda. Bunday guruhlar 
    mustahkamlanib borayotgan 
    umummilliy birdamlik va 
    hamjihatlik, millatlar va 
    fuqarolararo totuvlikka rahna 
    solishga harakat qilmoqdalar. 
    Demokratiya va dunyoviy 
    davlat tushunchalarini, 
    e’tiqod erkinligiga 
    asoslangan ko‘p konfessiyali 
    dunyoviy jamiyatni 
    obro‘sizlantirishga 
    yo‘naltirilgan sa’y-
    harakatlarni amalga 
    oshirmoqdalar.


    • Vahhobiylik. Vahhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan dini-
    siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili Arabiston 
    yarim oroli Najd o‘lkasining al-‘Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda 
    uning otasi Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida 
    qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o‘z otasi 
    rahbarligida o‘rgana boshladi. U an’anaga ko‘ra, Qur’onni yod oldi, tafsir va hadis 
    ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, Kurdiston, Iroq, Eron 
    mamlakatlarida bo‘lib, ko‘pincha ulamolar suhbatida o‘zining janjalkashligi va 
    mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o‘z targ‘botchilik faoliyatini 1730 yillarda 
    boshlab, birinchi maqsadi o‘ziga munosib homiy topish bo‘ldi.

    1745 yili Muhammad ibn Abd al-Vahhob ad-Dir‘iyya vodiysiga uning amiri 
    Muhammad ibn Sa‘ud taklifiga binoan ko‘chib o‘tdi. Bu bilan Muhammad ibn 
    Sa‘ud o‘z hokimiyatini kuchaytirishda vahhobiylikdek mafkuraviy qurolga ega 
    bo‘ldi. Vahhobiylar o‘zlari xohlagan jamoani kufrda yoki shirkda ayblashlari va 
    unga qarshi jihod e’lon qilishlari mumkin edi. Ibn Sa‘ud esa bu jihodni amalga 
    oshirib, o‘z hokimiyati chegaralarini kengaytirishni boshladi. Muhammad ibn Abd 
    al-Vahhob 1792 yili vafot etdi. Ibn Sa‘ud va uning sulolasi vahhobiylik bayrog‘i 
    ostida olib borgan urushlari 1932 yilda Saudiya Arabistoni davlatining tuzilishi bilan 
    yakunlandi.
    Vahhobiylik


    • Vahhobiylik ta’limoti diniy masalalarda din fundamenti, ya’ni Payg‘ambar davri 
    voqeiyliklariga qaytishni talab etdi. Ular barcha muxoliflarini bid’atchilikda, ya’ni 
    dinga yangilik kiritganlikda aybladilar, o‘zlarining siyosiy dushmanlarini esa 
    mushriklikda ayblab, ularga qarshi jihod olib borishga fatvo berdilar. Axloqiy 
    masalalarda nazariy jihatdan, garchi shaxsiy kamtarlik, mol-mulkka hirs qo‘ymaslik, 
    dunyoviy hayotda toat-ibodatga aksariyat vaqtni sarflashni targ‘ib qilsalarda, lekin 
    amalda saroy ahlining bosqinchilik urushlari qo‘shni qabilalar mol-mulklarini talash 
    oqibatida gap bilan amal o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘ldi.

    Vahhobiylik harakatlari Usmoniylar imperiyasi (1453-1924) hududlarida vujudga 
    kelganligi va imperiya bilan bu harakat o‘rtasida bir necha qonli to‘qnashuvlar yuz 
    berganligi tufayli bu oqimda turk islomiga qarshi bo‘lgan kuchli kayfiyat o‘z aksini 
    topdi. Imperiyaning markaziy hududlarida hanafiylik mazhabi mutlaq hukmron 
    mavqega ega bo‘lganligi uchun mazkur maktab qoidalari qattiq tanqid qilindi.
    • Vahhobiylarning chet ellarda ko‘plab tashkilotlari bo‘lib, ular faol harakat olib 
    boradilar. Ularning ko‘pchiligi yashirin siyosiy faoliyat olib boradi. Ish uslublari -
    diniy hissiyotlari kuchli bo‘lgan fuqarolarni jamiyatlariga tortib, ularni qayta 
    tarbiyalash, so‘ng ulardan tashviqot va ijtimoiy tartibbuzarlik, ekstremistik 
    harakatlarda foydalanish. Bu ishlarga, ayniqsa, yoshlarni, bolalarni, hayot tarzidan 
    norozi bo‘lgan shaxslarni jalb qiladilar. Xayriya fondlari orqali mayib-majruhlarga, 
    etim-esirlarga yordam, diniy ta’lim berish, turli diniy adabiyotlarni tarqatish kabi 
    yo‘llar bilan keng targ‘ibot ishlarini olib boradilar. Kishilarga fanatizm, 
    murosasizlik, o‘zgalar fikrlari va manfaatlariga hurmatsizlik ruhini singdirishga 
    urinadilar.


    Al-Ixvon al-muslimun.
    • XIX asr dastlabki yillaridan islom dini tarqalgan mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy, 
    siyosiy hayotida katta tarixiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu o‘zgarayotgan 
    yangi sharoitlarga diniy-falsafiy, huquqiy normalarning XIX asr yarmidan 
    boshlangan moslashuvi fanda «Islomiy islohotlar» nomini oldi. Lekin bu jarayon 
    haddan tashqari cho‘zilib ketdi va ko‘p sohalarda ziddiyatli hollarni keltirib 
    chiqardi. Ular orasida panislamizm va musulmon jamoalarining boshqa 
    konfessiyalardan ajratish g‘oyasini aytishimiz mumkin. Panislamizm g‘oyasini 
    birinchi bo‘lib ilgari surgan Jamoliddin al-Afg‘oniy (1839-1897) hisoblanadi. U 
    diniy-siyosiy arbob bo‘lib, 1884 yili Parijda Muhammad Abduh (1849-1905) bilan 
    birgalikda «al-Urvat al-vusqo» jurnalini nashr etdi va unda panislamizm g‘oyalarini 
    targ‘ib qila boshladi. Afg‘oniyning g‘oyalarini keyinchalik «Musulmon birodarlar» 
    («al-Ixvon al-muslimun») radikal shakllarida rivojlantirildi.

    Al-Ixvon al-muslimun - 1928 yili Misrning Ismoiliya shahrida Misrlik shayx Hasan 
    al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy-siyosiy tashkilot. Hasan al-Banno 
    Jamoliddin al-Afg‘oniy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo asarlaridan ta’sirlanib, 
    panislamizm g‘oyasida «jihod», «islomiy millatchilik», «islomiy davlat» 
    ta’limotlarini ishlab chiqdi. Al-Ixvon al-muslimun bu ta’limotlar asosida islom dini 
    tarqalgan mamlakatlarda Qur’on va shariatda ifodalangan qoidalarga to‘liq rioya 
    qiluvchi, «islomiy adolat» prinsiplari o‘rnatilgan jamiyat qurish uchun siyosiy 
    kurashni boshlab yubordi.



    Al-Ixvon al-muslimun o‘z tarixida bir necha 
    bosqichlarni bosib o‘tdi. 1928-1936 yillardagi 
    davrni xayriya va ma’rifatchilik bosqichi deb 
    atasa bo‘ladi. Keyinchalik u kurash uslubi 
    sifatida terrorni qo‘llash darajasiga etgan 
    siyosiy tashkilot sifatida maydonga chiqdi. 
    Ko‘plab davlatlarda uning faoliyati taqiqlandi. 
    Keyingi davrda al-ixvon al-muslimun orasida 
    bo‘linish yuz berib, ular 3 yo‘nalishga bo‘linib 
    ketdi:

    «mo‘‘tadillar» - Hasan al-Banno va Sayyid 
    Qutb tarafdorlari;

    «islom demokratlari» - «islom sosializmi» 
    ta’limoti tarafdorlari;

    «at-Takfir va-l-hijra», «al-Jihod», «Hizb at-
    Tahrir al-islomiy» kabi terror uslubini 
    qo‘llovchi tashkilotlar.


    Hizb at-Tahrir al-islomiy
    • Hizb at-Tahrir al-islomiy (Hizbut tahrir). Hizbut tahrir 1952 yili 
    Quddus shahrida falastinlik ilohiyotchi Taqiy ad-din an-Nabahoniy 
    (1909-1979) tomonidan asos solingan diniy-siyosiy partiya. U 
    Hayfada tug‘ilib o‘sgan, Qohiradagi «al-Azhar» universitetida 
    ta’lim olgan.

    Hizbning asosiy maqsadi - avval arab davlatlari miqyosida, keyin 
    islom dunyosi miqyosida va nihoyat jahon miqyosida xalifalik 
    shaklidagi islom davlatini tuzish. Ularning asosiy da’vosi -
    Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1924 yili Usmoniy xalifa 
    Ikkinchi Abdulmajid (1922-1924) xalifalikdan g‘ayriqonuniy 
    chetlatildi. Davlat diniy-islomiy qonunlar asosida xalifa tomonidan 
    idora etilishi lozim. Hizb dasturi 187 banddan iborat bo‘lib, asosiy 
    maqsadi - hokimiyatga erishish. Bundagi asosiy yo‘l - islomiy 
    fikrlovchi shaxslarni shakllantirish. Ularga islomiy ta’lim-tarbiya 
    berish ikki bosqichdan iborat: 1) u bilan islom ta’limotini o‘rgatish 
    yo‘lida madaniy-ma’rifiy ishlar olib borish; 2) siyosiy faoliyatga 
    tortish.


    • MILLIY
    • DINIY
    • IQTISODIY
    • SIYOSIY
    • EKOLOGIK
    EKSTRIMIZM-
    jamiyat hayotining 
    barcha sohalariga ta’sir 
    etish kuchiga ega:


    Milliy ekstremizm millatlar o’rtasida 
    dushmanlik kayfiyatini 
    kuchaytirirshni maqsad qilgan 
    harakat
    Milliy ekstremizm


    Diniy ekstremizm va terrorizmning 
    oqibatlari








    Tolerantlik-barcha diniy konfessiya 
    va, millatlarga nisbatan do’stona 
    munosabatda bo’lish.



    Download 1.47 Mb.




    Download 1.47 Mb.
    Pdf ko'rish