Etimologiyasi „Gitara“ soʻzining kelib chiqishi quyidagicha deb taxmin qilinadi: forscha sihtar yoki yunoncha kifara; lotincha kitara; arabcha qitara; ispancha guitarra. Tarixi




Download 47 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2017
Hajmi47 Kb.
#2146
1   2   3
Tuzilishi va qismlari

Gitara odatda mediator bilan yoki qoʻl bilan chalinadi. Asbob asosan yogʻochdan yasalib, charm va/yoki lok bilan qoplanadi, torlari esa poʻlat yoki neylondan tayyorlanadi. Baʼzi zamonaviy gitaralar turli xil polikarbonatlardan yasaladi.

Odatda faol qo‘l torlarni chertish uchun ishlatiladi. Bu degani ko‘pchilik odam o‘ng qo‘li bilan simlarni chaladi. Sababi musiqaning dinamikasi va rang-barangligi torni chalgan qo‘lga bog‘liq. Ikkinchi qo‘lning vazifasi bo‘lsa torlarni kerakli pardalarda bosishdan iboratdir. Skripka kabi asboblarni chalishda ham yoy o‘ng qo‘l bilan ushlanadi.

Chapaqay chaluvchilar uchun gitaralar teskari qilib tayyorlanadi. Turli xil chapaqay gitarachilar turli xil gitaralarni chalishadi. Baʼzi chapaqay gitarachilar oddiy gitaraning shunchaki aksini chalishadi: simlarning ketma-ketligini o‘zgartirishmaydi, yaʼni ularning gitaralarida yo‘g‘on simlar yuqorida va ingichka simlar pastda bo‘ladi. Nirvana guruhining qo‘shiqchisi Kurt Cobainning gitarasi shunaqa bo‘lgan.

Baʼzi chapaqay gitarachilar bo‘lsa oddiy o‘ng gitara simlari ketma-ketligini teskari qilib oʻzgartitib chalishadi. Yana boshqa chapaqay gitarachilar bo‘lsa oʻng gitaraning gʻirt teskarisini, yaʼni ham gitaraning oʻzi, ham simlar ketma-ketligi teskari gitaralarni chalishadi. Jimi Hendrixning gitarasi shunaqa boʻlgan. Baʼzi chapaqay gitarachilar boʻlsa oddiy oʻng gitarani chalaverishadi.

Sozlash

Gitarachilar odatda nota va akkordlarning lotincha nomlarini qo‘llanishadi. Oʻzbek tiliga notalarning nomlanishi rus tilidan kirib kelgan. Oʻzbekcha va lotincha notalarning nomlanishi quyidagichadir:

Do — C

Re — D


Mi — E

Fa — F


Sol — G

Lya — A


Si — H/B

Gitarani turli xil qilib sozlash mumkin. Eng keng tarqalgan sozlash „standart sozlash“ deb ataladi. Bu sozlashda simlar eng yo‘g‘on simdan eng ingichka simga qarab quyidagicha qilib sozlanadi: E, A, D, G, B, E. Oltala simni ochiq chalgandagi akkord Em7/add11 akkordidir.




Download 47 Kb.
1   2   3




Download 47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Etimologiyasi „Gitara“ soʻzining kelib chiqishi quyidagicha deb taxmin qilinadi: forscha sihtar yoki yunoncha kifara; lotincha kitara; arabcha qitara; ispancha guitarra. Tarixi

Download 47 Kb.