Etimologiyasi „Gitara“ soʻzining kelib chiqishi quyidagicha deb taxmin qilinadi: forscha sihtar yoki yunoncha kifara; lotincha kitara; arabcha qitara; ispancha guitarra. Tarixi




Download 47 Kb.
bet3/3
Sana24.03.2017
Hajmi47 Kb.
#2146
1   2   3
Kapodastr

Kapodastr yoki kapo (italyancha capo tasto (bosh toʻxtatgichi) jumlasidan olingan) ochiq simlarning ovoz balandligini oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Kapolarda odatda prujina boʻladi va ular gitaraning simlarini siqib qoʻyish uchun qoʻllaniladi. Gitaraning tonini yarim ton koʻtarish uchun kapo birinchi pardaning ustiga qoʻyiladi. Bir ton koʻtarish uchun esa ikkinchi pardaga qoʻyiladi va hokazo. Kapo baʼzi akkordlarni chalishni osonlashtiradi.



Mediator

Mediator biror qattiq materialning kichik boʻlakchasidir. Mediator odatda koʻrsatgich va bosh panja oʻrtasida ushlanadi va simlarni chalish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbek asboblaridan rubob ham mediator bilan chalinadi. Klassik gitarachilar odatda panjalari bilan chalishadi. Mediatordan asosan poʻlat simli va elektrogitaralarni chalish uchun qoʻllaniladi.

Mediatorlar asosan plastmassadan yasaladi. Ammo suyak, toshbaqa kosasi va yogʻochdan yasalgan turlari ham mavjud. Ilk mediatorlar toshbaqa kosasidan yasalgan. Keyinchalik toshbaqalarning soni kamaygani uchun ulardan mediator yoki boshqa narsa yasash taqiqlangan. Hozirgi kunda taqiqdan avval toshbaqa kosasidan yasalgan mediatorlar juda qadrlanadi.

Mediatorlarning shakli va oʻlchami har xil boʻladi. Jazz uchun ishlatiladigan mediatorlar kichik boʻladi. Bas gitara mediatorlari boʻlsa katta boʻladi. Mediator qalinligiga qarab ishlatiladi. 0,2 mm dan 0,5 mm gacha boʻlgan yupqa mediatorlar odatda ritm chalish uchun ishlatiladi. 0,7 mm dan 1,5 mm yoki undan ham qalin boʻlgan mediatorlar esa solo chalish uchun qoʻllaniladi.



Maqola www.furqatjon.ga sayti maxsuloti. Yanada ko’proq maqola va kerakli ma’lumotlar yuklab olish uchun www.furqatjon.ga saytiga tashrif buyuring.

Eslatma: Maqola ko’chirib olinib boshqa saytga yuklanganda www.furqatjon.ga saytidan olindi deyishni unutmang. Tashrifingiz uchun raxmat.
Download 47 Kb.
1   2   3




Download 47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Etimologiyasi „Gitara“ soʻzining kelib chiqishi quyidagicha deb taxmin qilinadi: forscha sihtar yoki yunoncha kifara; lotincha kitara; arabcha qitara; ispancha guitarra. Tarixi

Download 47 Kb.