• Tayanch tushuncha va iboralar
  • 5-seminar. Nanotexnologiya asosida erishilgan yutuqlar reja




    Download 6,82 Kb.
    bet1/2
    Sana09.01.2024
    Hajmi6,82 Kb.
    #133593
      1   2
    Bog'liq
    5-seminar. Nanotexnologiya asosida erishilgan yutuqlar reja-fayllar.org


    5-seminar. Nanotexnologiya asosida erishilgan yutuqlar reja

    5-SEMINAR. NANOTEXNOLOGIYA ASOSIDA ERISHILGAN YUTUQLAR
    REJA:
    1. Nanotexnologiya asosida erishilgan yutuqlar.


    2. Oksid nanozarrachalarni olinishi va sharoitini o‘rganish.


    3. Temir, alyuminiy, kremniy, titan va rux oksidlarini nanoo‘lchamda olish usullari.


    4. Nanostrukturalarda zond mikroskopiya.


    5. Oddiy optik va elektron mikroskoplar hamda ularni taqqoslash.


    6. Nanozarrachalarni elektron mikroskopiya.


    7. Atom kuchlanishli mikroskopiya, tunnel mikroskopiyasi va boshqa zamonaviy usullar yordamida tadqiq qilish.





    Tayanch tushuncha va iboralar: Nanofan, nanotexnologiya, nanotibbiyot, elektron, tunnel mikroskoplar, zond mikroskopiya, atom kuchlanuvchi mikroskoplar, subnanometrli kenglik
    Hayotimizga dadil kirib kelgan nanotexnologiya tushunchasi jamiyatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, turmushimiz farovonligini oshirish, hayotimizda o‘z yechimini kutayotgan eko­logik, ijtimoiy va boshqa muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ilm-fanning bunday kashfiyotlari noyob xususiyatlarga ega yangi meta-materiallar va ekstremal sharoitlarga chidamli nanomateriallar olish va ularni tatbiq etishga xizmat qiladi. Shu bois jahonda nanotexnologik tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va bu boradagi innovatsion texnologiyalardan tobora keng foydalanishga e’tibor kuchayib bormoqda. Masalan, kom­pyuter texnologiyalari sohasida olib borila­yotgan izlanishlar natijasida kvant infor­matikasi fani yuzaga keldi.
    Ushbu soha nanoo‘lchamli protsessorlarga ega bo‘lgan kvant kompyuterlarini yaratish va ular uchun dasturlar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Kvant kompyuterla­rida bir birlik axborotni yozish uchun bitta yoki bir nechta atomdan foydalaniladi. Biz foydalanayotgan hozirgi zamon kompyuterlarida bu jarayonni bajarish uchun esa bir necha milliard atom sarflanadi. Demak, kvant kompyuterlarida hisoblash jarayonida o‘z-o‘zidan o‘ta yuqori tezlik, ixchamlik va samaradorlik oshadi.
    Hozirgi davrdayoq nanotexnologiya sohasidagi izlanishlarning yuksak natijalari tibbiyotda: dermatologiya, pulmonologiya va ftiziatriya sohalarida ishlatiladigan inson vujudiga beziyon shifo vositalarini yaratishda ham yaxshi samara bermoqda. Nanotexnologiyalardan tibbiyot sohasida foydalanish muhim kashfiyotlarga yo‘l ochmoqda. Shu kunlarda jahondagi yetakchi ilm-fan markazlarida bu yo‘nalishda yaratilgan dori kapsulalari va shpritslar sinovdan o‘tmoqda. Dori nanokapsulalarining afzalligi shundaki, ular tananing sog‘lom qismiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay, faqat kasallangan hujayraga yetib boradi. Nanotexnologik ishlanmalar ishlab chiqarishning ko‘plab sohalariga keng tatbiq etilmoqda. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda mahsulot sifatini yaxshilash uchun nanomateriallar qo‘llanilmoqda. Masalan, mikrobga qarshi vositalarda o‘z-o‘zidan tozalanadigan matolar aynan nanomateriallar asosida yaratilmoqda yoki protezlar tayyorlashda uning birikish joylarini nanoo‘lchamli kumush zarralar bilan qoplash yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu bakteriyalardan himoya qilishda yordam beradi. Nanotexnologiyalarning rivojlanishi kelgusida tibbiyotni yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Natijada kasalliklarning klinik alomatlarini yuzaga chiqishidan oldin aniqlash va uni ilk bosqichlardayoq bezarar usullar vositasida davolash imkoniyati vujudga keladi.
    Nanotexnologiyalarning rivojlanishi muqobil energiyadan foydalanish istiqboli uchun ham muhim asos bo‘ladi. Chunki nanomateriallar asosida yaratilgan elektr ener­giyasi ishlab chiqaruvchi uskunalarning samaradorligi amaldagilaridan bir necha barobar o‘sadi. Nanotexnologiya sohasida mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ham yuksak natijalar bermoqda. Jahon ilm-fanida bunday ixtirolarning yutuqlarini chuqur o‘rganish va uni hayotga tatbiq etishda mamlakatimiz ilm-fan markazlarida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Issiqlik fizikasi bo‘limida o‘tgan asrning 90-yillarida nanofizika sohasida dastlabki ilmiy-tadqiqotlar boshlangan edi. Bu jabhada olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida nanomateriallar yordamida nurlanuvchi diodlar yaratildi.
    …….


    Download 6,82 Kb.
      1   2




    Download 6,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-seminar. Nanotexnologiya asosida erishilgan yutuqlar reja

    Download 6,82 Kb.