• Darsning maqsadi
  • MASHG‘ULOT MAZMUNI
  • 2-amaliy mashg‘ulot mavzusi




    Download 15,25 Kb.
    Sana21.02.2024
    Hajmi15,25 Kb.
    #160194
    Bog'liq
    6.2-amaliy


    2-amaliy mashg‘ulot mavzusi:
    Metodik adabiyotlardan foydalangan holda imlo ustida ishlash imkoniyati mavjud mashq materiallari ustida ishlash
    MASHG‘ULOT REJASI:

    1. Imlo qoidalari ustida ishlash bo ‘yicha mashqlar.

    2. “Qoida mohiyatini oching“ metodi imlo qoidasi mohiyatini ochish .

    3. Ko‘chirib yozuv mashqlari.

    4. Amaliy topshiriqlar ustida ishlash

    Darsning maqsadi: Talabalarda metodik adabiyotlardan foydalangan holda imlo ustida ishlash imkoniyati mavjud mashqlar materiallari ustida ishlash malakalarini shakllantirish
    Dars metodi: “Qoida mohiyatini oching“ metodi. “Mosini tanlang“ metodi,amaliy ish metodi,suhbat metodi
    Dars jihozi: darslik,tarqatma materiallar ,videotasvir,plakatlar
    MASHG‘ULOT MAZMUNI
    Metodik adabiyotlardan foydalangan holda imlo ustida ishlash va uning imkoniyatlari boyicha nazariy ma’lumotlar beriladi.
    “Qoida mohiyatini oching“ metodi, “Mosini tanlang“ metodlari yordamida talabalarning nazariy bilimlari yordamida amaliy ko ‘nikmasini shakllantiriladi. Mavzu doirasida amaliy topshiriqlar bajariladi va natijalar baholanadi,shuningdek,test savollari va tarqatmali materiallar bilan ishlaniladi,mavzu mustahkamlanadi.
    Imlo qoidalari ustida ishlash-murakkab jarayon,qoidaning mohiyatini ochish,o‘quvchilarning qoida ifodasini o‘rganib olishlari,qoidani yozuv tajribasiga tadbiq etish uning asosiy kompotentlari hisoblanadi.
    Qoida mohiyatini ochish qoida so‘zning qaysi qismini,qaysi so‘z turkumi yoki grammatik shaklni yozishni boshqarishini bunda qaysi belgilar yetakchi ekanini tushuntirish demakdir. O‘quvchilarning qoida bilan tanishtirish uchun material tanlashda oqituvchi bu yetakchi belgilarni albatta hisobga oladi.
    Qoida ifodasi ustida darslik bo‘yicha ishlanadi. Bunda o‘quvchilarni qoida tarkibini anglab yetishlari ahamiyatlidir. Shuning uchun darslikdagi qoida qismlarga bo‘linadi. Aslida o‘quvchilar bu vazifani mashq jarayonidayoq bajarib qo‘yadilar. O‘quvchilar o‘rganilgan qoidaga misol aytish va xilma-xil mashqlarni bajarish yo‘li bilan uni yangi til materialiga,ya’ni yozuv tajribasiga tatbiq etadilar.Ko‘chirib yozuv mashqlari grammatik,leksik yoki so‘z yasalishiga oid vazifalarni bajarish bilan olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi.
    Download 15,25 Kb.




    Download 15,25 Kb.