|
Statistik jamlash va guruhlash Reja: Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati
|
bet | 1/5 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 19,23 Kb. | | #118188 |
Bog'liq 1. Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati. Miqdoriy belgi bo’-fayllar.org
1. Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati. Miqdoriy belgi bo’yicha guruhlashni tuzish printsiplari. Statistik guruhlash turlari
Statistik jamlash va guruhlash
Reja:
1. Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati.
2. Miqdoriy belgi bo’yicha guruhlashni tuzish printsiplari.
3. Statistik guruhlash turlari
4. Ko’p o’lchovli guruhlash va uni tuzish yo’llari.
1. Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati
Statistik guruhlash - bu o’rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlar birlashtirishdir.
Statistikada guruhlash deb o’rganilayotgan hodisalarni (ob’ektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to’plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aktsioner kompaniyalarni dividend to’lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish.
Agarda to’plangan ma’lumotlarni jamg’arib umumiy ko’rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to’plamlarga tegishli bo’lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz.
Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy printsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat
Guruhlashda miqdoriy o’zgarishlar orqali sifat o’zgarishlarini oydinlashtirish uchun guruhlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar tipik va barqaror bo’lishini ta’minlash zarur.
Guruhlash belgilari qilib ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan muhim belgilar ya’ni o’rganilayotgan hodisalarning tub bog’lanishlarini ifodalovchi belgilar olinishi kerak. SHu bilan birga guruhlashni konkret sharoitga moslashtirish, ya’ni sharoit o’zgarishiga qarab guruhlashni tuslantirib, uning belgilarini o’zgartirish - bir sharoitda guruhlarni bir belgi asosida tuzib, ikkinchi sharoitda boshqa unga mos keladigan belgilarga tayanish zarur.
|
| |