Ko’p o’lchovli guruhlash va uni tuzish yo’llari




Download 19,23 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2023
Hajmi19,23 Kb.
#118188
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati. Miqdoriy belgi bo’-fayllar.org

Ko’p o’lchovli guruhlash va uni tuzish yo’llari.
Guruhlar oralig’ining chegarasi masalasiga kelsak, uni ikki shaklda yechish mumkin: biri - hamma guruhlar uchun oraliqni teng miqdorda belgilash, ikkinchisi - uni tengmas shaklda, ko’payib yoki ozayib keluvchi miqdorlarda ifodalash. Guruhlar oralig’i teng bo’lmagan shaklda belgilanayotganda ularni teng miqdorda birliklar bilan to’ldirish ayni muddao hisoblanadi. Bu holda berilgan to’plam guruhlarga teng sonda birliklarni taqsimlash yo’li bilan ajratiladi.Buning uchun dastlab to’plam birliklari guruhlash belgisining qiymatlari asosida ranjlashtiriladi, ya’ni tartib soni bo’yicha ularning qatori (ro’yxati) tuziladi, so’ngra har «m» ta birliklar sanalib, ulardan birinchi, keyin ikkinchi va h.k. guruhlar tuziladi.
Guruhlash statistik bog’lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o’rganilayotgan to’plamning tuzilishini o’rganish va xo’jaliklarning sotsial-iqtisodiy tiplarini tasvirlash maqsadida bajariladi. Uning har xil turlari va shakllari mavjud. Guruhlash maqsad va vazifalariga qarab uch turga bo’linadi: 1) tipologik; 2) analitik; 3) tuzilmaviy guruhlash.
Tipologik guruhlash deganda, o’rganilayotgan hodisalar to’plamini sotsial-iqtisodiy tiplarga taqsimlash tushuniladi. Tip so’zi quyidagi lug’aviy mazmunga ega: 1) bir turdagi narsa uchun umumiy bo’lgan namuna; 2) biologik hayvon va o’simliklar sistematikasidagi o’zaro o’xshash sinflarni birlashtiradigan oliy bo’linma 3) bir qator ichki yoki tashqi belgilar yagonaviyligi asosida birlashgan kishilar kategoriyasi. Sotsial-iqtisodiy tip deganda jamiyatda, iqtisodiyotda bajaradigan funktsiyalari va tutgan o’rni umumiyligiga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shaxslar, qandaydir narsalar (ishlab chiqarish vositasi, ishlovchi kuch va h.k.) kategoriyasi, to’plami tushuniladi.Tuzilmaviy guruhlash odatda ma’lum bir belgiga qarab to’plam tuzilishini ta’riflaydi. Buning uchun dastlab bir belgi asosida taqsimot qatori tuziladi, so’ngra har qaysi guruh uchun tuzilmani ta’riflovchi to’plama ko’rsatkichlar, masalan guruhlash belgisining guruhlardagi yig’ma hajmi va u bilan yaqindan bog’liq bo’lgan belgilar to’plama miqdorlari hisoblanadi va nihoyat ularga asoslanib ayrim guruhlarning umumiy to’plamdagi hissalari aniqlanadi.
Tuzilmaviy guruhlashlar bilan taqsimot qatorlari bir biriga o’xshashib ketadi, ammo ular vazifalari va tuzilish jihatidan bir biridan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashda ko’zlangan maqsad - to’plam tuzilishini o’rganish. Buning uchun har bir tuzilma bir to’da ko’rsatkichlar yordamida tavsiflanishi kerak, bu holda uning turli jihatlari oydinlashadi. Taqsimot qatorlari esa statistik to’plam -Guruhlar oralig’ining chegarasi-bu ayrim guruhlarga tegishli birliklar sonini to’g’-ri aniqlash garovidir. Sotsial iqtisodiy tip jamiyatda iqtisodiyotda bajaradigan funktsiyalar va tutgan o’rinning umumiyligi bilan belgilanadi.Tuzilmaviy guruhlash-bu bir belgi asosida to’plam tizilishini tasvirlovchi taqsimot qatoridir. Tuzilmaviy guruhlash taqsimot qatorlari bilan umumiylikka ega,ammo ulardan qator jihatlari bilan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashlar tizilishidagi o’zgarishlarni dinamika va fazo jihatidan statistik o’rganish va miqdoriy baholash imkonini beradi. Buning uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: biri - har bir to’plamning ichidagi farqlarni miqdoriy baholashga asoslanadi, ikkinchisi esa - to’plamlar tuzilishi orasidagi farqlarni baholashga tayanadi.Birinchi holda har bir to’plam ichki tuzilmaviy farqlari ularning o’rtacha absolyut qiymati va o’rtacha kvadratik qiymati hamda ularning koeffitsiyentlari yordamida baholanadi. Analitik guruhlash deb ikki va undan ortiq belgilar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni ta’riflovchi guruhlash ataladi.Analitik guruhlashda ikki toifadagi belgilar ishtirok etadi: biri omil belgilar, ikkinchisi - natijaviy belgilar. Natijaviy belgi deb boshqa belgilar ta’siri ostida o’zgarayotgan belgi ataladi, omil belgi esa unga ta’sir etayotgan, uni o’zgarishiga sabab bo’layotgan belgi yoki belgilardir.Analitik guruhlash odatda omil belgi yoki belgilar asosida tuziladi, har qaysi guruh esa natijaviy belgilar bilan ta’riflanadi.Guruhlash bir yoki bir necha belgilar asosida tuzilishi mumkin. Bir belgi asosida tuzilgan guruhlash oddiy yoki bir o’lchamli, ikki va undan ortiq belgilar asosida qurilgan guruhlash murakkab yoki ko’p o’lchamli guruhlash deb ataladi. Bir omil belgi asosida tuzilgan analitik guruhlash o’rganilayotgan omil bilan natijaviy belgi orasidagi bog’lanishni aks ettirsa ham, ammo bu bog’lanish sof holda yuzaga chiqmaydi, chunki omilning o’zi boshqa omillar ta’siri ostida shakllanadi va shu sababli natijaviy belgi o’zgaruvchanligi bevosita o’rganilayotgan omil ta’siridan tashqari yana yot «shovqun» ga ham bog’liqdir.
Statistik guruhlashning yuqoridagi turlari dastlabki har bir ob’ektga tegishli ma’lumotlar
asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun birlamchi guruhlash deb yuritiladi. Lekin bunda y birlamchi guruhlashlar bilan bir qatorda ularning natijalarini qayta ishlash yo’li bilan tuziladigan ikkilamchi guruhlash ham mavjuddir. Bu usulga odatda birlamchi guruhlash natijalari maqsadga muvofiq bo’lmasa, yoki ularni taqqoslash maqsadiga moslashtirish zarurati tug’ilganda murojaat qilinadi. Ikkilamchi guruhlash ikki yo’l bilan amalga oshiriladi.:
1. birlamchi guruhlar oraliqlarini ixchamlashtirib maqsadga muvofiqlashtirish;
2. umumiy yig’indiga nisbatan ayrim guruhlarning salmog’ini ixtisoslashtirish.

Download 19,23 Kb.
1   2   3   4   5




Download 19,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko’p o’lchovli guruhlash va uni tuzish yo’llari

Download 19,23 Kb.