• “РОСТ” yoki “ЁЛГОН”
  • Moliya funksiyalari.
  • Formulalarni katak adreslarini ko`rsatish yordamida kiritish.
  • Укажите
  • Enter
  • Mantiqiy funksiyalar. Excelda mantiqiy funksiyalar tarkibiga oltita funksiya kiritilgan. Ulardan biri если




    Download 17,43 Kb.
    Sana08.02.2024
    Hajmi17,43 Kb.
    #153183
    Bog'liq
    fayl


    Mantiqiy funksiyalar.
    Excelda mantiqiy funksiyalar tarkibiga oltita funksiya kiritilgan. Ulardan biri ЕСЛИ funksiyasidir. Bu funksiya mantiq funksiyalar ro`yxatida muhim o`rin tutadi va formula bo`yicha biror qaror qabul qilishni ta`minlaydi. ЕСЛИ funksiyasida uchta argument mavjud. Birinchi argument mantiqiy ifoda bo`lib, u “РОСТ” yoki “ЁЛГОН” qiymatga ega.
    Agar birinchi argumentning qiymati “РОСТ” bo`lsa, ikkinchi argument, aks holda uchinchi argument hisoblanadi.
    Quyida keltirilgan misolda agar A1 katakdagi qiymat 0 dan katta bo`lsa, “Musbat” matn hosil bo`ladi, aks holda “Manfiy” matn hosil bo`ladi.
    = ЕСЛИ(A1>0;“Musbat”;“Manfiy”)
    Kun va vaqtni olish funksiyalari.
    СЕГОДНЯ
    Bu funksiyaning argumenti yo`q. Bu funksiya joriy kunni hosil qiladi, aniqroq aytganda, sistemada qaysi kun o`rnatilgan bo`lsa, shu kunni hosil qiladi.
    Bundan tashqari Excelda ТДАТА funksiyasi mavjud bo`lib, u kun va vaqtni hosil qiladi.
    Moliya funksiyalari.
    Bu funksiyalar turkumiga pul bilan bog`liq bo`lgan hisob kitoblarni amalga oshiruvchi funksiyalar kiritilgan: amortizatsiya hisoblarini bajaruvchi funksiyalar, qarz va daromadlar bo`yicha to`lovni amalga oshiruvchi funksiyalar va hokazo.
    Statistik funksiyalar. Bu turkumga 71 ta funksiya kiritilgan bo`lib, ular turli-tuman statistik hisoblarni amalga oshiradi. Funksiyalar deyarli shu soha mutaxassislariga mo`ljallangan bo`lishiga qaramasdan, ayrimlaridan bu sohadan uzoqroq kishilar ham foydalanishi mumkin.

    Formulalarni katak adreslarini ko`rsatish yordamida kiritish.
    Bu usulda ham ayrim belgilar qo`lda teriladi. Bu holda katak adresini qo`lda terish o`rniga katakni sichqoncha yordamida ko`rsatish yetarli. Natijada formulada tanlangan katakning adresi hosil bo`ladi. Masalan, A3 katakka =A1+A2 formulani kiritishda quyidagi amallar bajariladi:

    1. Jadval kursorini A3 katakkak olib keling.

    2. Tenglik (=) belgisini tering. Holatlar satrida Ввод so`zi hosil bo`ladi.

    3. Sichqoncha tugmasini A1 katak ustida bosing, uning atrofida harakatlanuvchi to`rtburchak hosil bo`ladi, A3 katakda va formulalar satrida esa A1 hosil bo`ladi. Holatlar satrida Укажите so`zi paydo bo`ladi.

    4. Plyus (+) belgisini tering. Harakatlanuvchi to`rtburchak yo`qoladi va holatlar satrida Ввод so`zi hosil bo`ladi.

    5. Sichqoncha yordamida A2 ni bosing. Formulada A2 adres yoziladi.

    6. Formulani tugating va Enter tugmasini bosing.

    8-Mavzu.Malumotlarni tartiblash saralash, filtrlash.

    Jadvaldagi ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida ularni qandaydir shartlar asosida ajratib olish yoki qandaydir ketma-ketlik asosida tartiblashga to‘g‘ri keladi. Bunday vazifalarni bajarishda “Сортировка и фильтр” buyrug‘i imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.


    Elektron jadvalda saralash va tartiblash ishlarini amalga oshirish uchun jadvaldagi ustun ma’lumotlarini kiritishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
    * jadvalning har bir ustuni nomlangan, ya’ni sarlavha qo‘yilgan bo‘lishi;
    * barcha ustunlargi ma’lumotlar bitta turda bo‘lishi;
    * bitta satrdagi barcha ma’lumotlar bitta obyektning turli xossalarini ifodalashi.
    Tartiblash – ma’lumotlarni qiymatlari bo‘yicha o‘sish yoki kamayish tartibida joylashtirishdir.
    Tartiblash uchun qandaydir ustundagi ma’lumotlar o‘sish yoki kamayish tartibida joylashtirilganda, ular to‘liq satr bo‘yicha qayta joylashadi. Sonli va vaqtga doir ma’lumotlarni o‘sish va kamayish tartibida, matnli ma’lumotlarni esa alifbo tartibida yoki teskari alifbo tartibida joylashtirish mumkin.
    Download 17,43 Kb.




    Download 17,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mantiqiy funksiyalar. Excelda mantiqiy funksiyalar tarkibiga oltita funksiya kiritilgan. Ulardan biri если

    Download 17,43 Kb.