Aim.uz
Ona tili darslarida qo‘shma so‘zlarni o’rgatish.
| Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. | Qo‘shma so‘z nima?
“Qo‘shma so‘z o‘zi nima? Qo‘shma so‘z deganda birdan ortiq asos negizlarning birikuvidan tashkil topib, bir leksik ma`noni ifodalaydigan so‘zlar tushunilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, - deydi A.Hojiyev1.
Qo‘shma so‘zning ko‘pi tashqi tomondan «aniqlovchi-aniqlanmish» qolipidagi so‘z birikmasiga o‘xshaydi, hatto shunday omonimik hollar ham borki, shu shakldagi kompleksning qo‘shma so‘z mi yo so‘z qo‘shilishimi ekanligi turli vositalar orqali aniqlanadi: bunda semantik-grammatik, intonatsion vositalar farqlovchilik rolini o‘ynaydi. Har holda omonimik ko‘rinishlar ham to‘la, aniq ajralib turish xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, qora qovun: so‘z birikmasi va qo‘shma so‘z: qora tusdagi qovun va qovunning bir turi. Qiyoslang: baribir kompleksi hozirgi tilda - bir so‘z(leksikalizatsiya). Lekin u aslda (shuningdek, hozirgi tilda ajratilgan holda qo‘llangan o‘rinlarda) ikki so‘zdir: bari (ega), bir (kesim). Birinchi holatda, tabiiy bir so‘z- ikki o‘z ak morfemaning birikib ketishidan tug‘ilgan bir so‘z sanaladi, lekin u, genetik jihatdan qaraganda, grammatik aloqaga kirishgan ikki mustaqil so‘z dir. Qovun- qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bir yillik oʻt oʻsimliklar turi; poliz ekini. Ayrim hollarda mustaqil turkumga ajratiladi. Yovvoyi holda Jan.-Gʻarbiy Osiyo va Afrikada uchraydi. Madaniy navlarining vatani - Kichik va Oʻrta Osiyo (2 ming y. dan beri ekiladi) Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Qo‘shma so‘z bir butun leksik ma`no - bir murakkab tushuncha va yaxlit shakllanish - grammatik strukturasining ham yaxlitligi, fonetik butunlik bilan xarakterlanadi: demak, u bir so‘zdir, uning komponentlari - qismlari orasida grammatik aloqa yo‘q (lekin semantik aloqa bor), u har qanday so‘z qo‘shilmasida - gapda, so‘z birikmasida - bir sintaktik funktsiyani bajaradi. Qo‘shma so‘z, sodda so‘zlar kabi, tilning bir birligi bo‘lib, undan nutqda har gal tayyor leksik material sifatida foydalanamiz, so‘z birikmasi esa bunday tayyor hodisa emas: u nutq protsessida ma`lum qoidalar asosida hosil qilinadi. So‘z birikmasidagi har bir komponent, mustaqil so‘z o‘zaro grammatik aloqaga kirishgan bo‘ladi, demak, bu sintaktik hodisadir. Masalan, paxtaning guli: aniqlovchi aniqlanmish.
So‘z birikmasi bilan qo‘shma so‘z orasidagi fonetik farqlanish sezilarli, jiddiy xarakterga ega emas: odatda, fonetik yaxlitlanish so‘z birikmasida ham, qo‘shma so‘zda ham, asosan, bir tusda bo‘ladi: yosh bola va tosh bodom komplekslarini qiyoslang. Bodom (Amygdalus L.) - raʼnodoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub daraxt va butalar. 40 ga yaqin turi maʼlum. Osiyo, Shimoliy hamda Markaziy Amerikada, Yevropaning jan.da, Zakavkazye, Oʻrta Osiyoda tarqalgan.
Qo‘shma so‘zlarda ham yasalganlikning umumiy belgilari - chog‘ishtirishdagi semantik va shakll bog‘lanish saqlanadi, lekin bu aloqa turli sabablar natijasida (masalan, fonetik o‘zgarish natijasida) sezilmas holga kelishi ham mumkin (soddalanish hodisasi): tog‘olcha: to-g‘ol-cha - tog‘-olcha - tog‘ olucha, og‘ayni - og‘a-ini, qayni – qayini - qayin-ini, bugun - bu kun, achchuchuv – achchiq-chuchuv - achchiq-chuchuk (asli - juft so‘z , bir xil salat, shakarob ma`nosida), bu hodisa jonli so‘zlashuvda ko‘proq uchraydi.
Qo‘shma so‘zning bir turi tug‘ilish jihatidan so‘z birikmasi bilan aloqador, lekin ko‘pi mavjud qo‘shma so‘zlarga analogiya yo‘li bilan, qo‘shma so‘zning tayyor modeliga qarab hosil qilingan. Shuning uchun uni so‘z birikmasidan farq qiladigan belgilari doirasida quyidagilarni ko‘rsatish o‘rinli: 1. So‘zbirikmalari alohida-alohida shakllangan bo‘lib, tobelanuvchi va tobelashtiruvchi kismlarga bo‘linadigan butunlikdir. Qo‘shma so‘z esa alohida shakllanmagan bir butunlik va sodda so‘z singari til sathi birligi bo‘la oladi. 2. So‘z birikmalari tarkibida bir butunlik bo‘lsa ham, komponentlar o‘z leksik ma`nosini to‘liq saqlaydi. Qo‘shma so‘z komponentlari o‘z lug‘aviy ma`nolarini to‘la saqlaganlaridan qat`iy nazar butunicha bir tushunchaga bog‘langan bo‘ladi. 3. So‘z birikmasida har biri o‘z urg‘usiga ega bo‘lsa, qo‘shma so‘zda so‘z kabi yagona so‘z urg‘usi bo‘ladi.4. So‘z birikmalari orasiga grammatik vositani yoki suzni kiritish mumkin, ammo qo‘shma so‘zlar orasiga hech qanday vositani kiritib bo‘lmaydi. Vosita kiritilishi uni so‘z birikmasiga aylanishi uchun sabab bo‘lishi mumkin: ish yurituvchi - ishni yurituvchi, kamonsoz-kamonni sozlovchi, ochilgan dasturxon - ochildasturxon kabi bo‘lishi mumkin. Xullas, qo‘shma so‘z va so‘z birikmalari ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topishi jihatidan bir-biriga yaqin tursa-da, leksik-grammatik munosabati, nutqiy funktsiyasi, fonetik belgilari jihatidan farqlidir. Shu boisdan ularga alohida yondashish talab etiladi. So‘z birikmasi birikmalik jihati, bilan gapga ham yaqin turadi. Lekin "gap bilan so‘z birikmasi o‘rtasida hech teng qo‘yib bo‘lmaydigan keskin farqlar ham borki, bu ularning shakl va mazmun tomonidan yaqqol sezilib turadi. Gap o‘z ining nisbiy fikr ifoda eta olishdek xususiyati bilan so‘z birikmasiga qarama-qarshi qo‘yilishi mumkin. Chunki so‘z birikmasi so‘z kabi tushuncha anglatadi. So‘zlarning birikishida ega va kesim qatnashgan bo‘lsa, ayonki bu-gap. Bunday qarashga muvofiq ravishda so‘z birikmasi faqat ikkinchi darajali bo‘laklarning hokim bo‘lak bilan bog‘lanishini o‘z ichiga oladi. Hokim ( Oʻzbekiston)da - viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. U mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. H. lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir.
Aim.uz
|