• Soʻz birikmasi
  • So’z brikmasi masalasi




    Download 1,47 Mb.
    bet1/2
    Sana18.12.2023
    Hajmi1,47 Mb.
    #122498
      1   2
    Bog'liq
    So’z brikmasi masalasi


    So’z brikmasi masalasi
    Reja :
    1 So’z
    2 So’z brikmasi
    3 Sintaksis
    Soʻz — tilning narsa-hodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim strukturmaʼnoviy birligi; oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan koʻrinishi.
    Soʻz gap uchun qurilish materiali boʻlib xizmat qiladi, lekin, undan farqli ravishda, xabar yoki tugal fikr bildirmaydi. Oʻzida leksik va grammatik maʼnoni birlashtirgan hodda soʻz muayyan soʻz turkumiga mansub boʻladi, oʻz tarkibida muayyan til tizimida oldindan tayin boʻlgan barcha grammatik maʼnolarni ifodalaydi.
    Soʻz birikmasi — ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasida hosil boʻlgan, borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma .
    Nutq birligi: ignaning koʻzikitobni oʻqimoqoydin kecha va boshqa. Har qanday soʻz birikmasi birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan hosil boʻladi, tuziladi va ikki qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy — tobe qism, maʼlumot — hokim qism).
    Soʻz birikmasi komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga boʻlinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan soʻz birikmasi sodda soʻz birikmasi hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi.
    Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq soʻzdan, soʻz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab soʻz birikmasi deyiladi. Masalan, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe qism, mutaxassis — hokim qism).
    Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra soʻz birikmasining 2 turi farqlanadi: ot soʻz birikmasi va feʼl soʻz birikmasi.
    Ot soʻz birikmasi hokim komponenti feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son, ravish) bilan ifodalangan soʻz birikmasidir (yuk mashinasi, barcha oʻquvchilar, goʻzal qishloq va boshqalar). 
    Feʼl soʻz birikmasi hokim kismi feʼl bilan ifodalangan soʻz birikmasilaridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq, tez yurmoq kabi).
    Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi farqlanadi: aniqlovchili soʻz birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchili soʻz birikmasi (ukamni oʻynatdim) va holli soʻz birikmasi (tez gapirmoq, qishloqda yashamoq).
    Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi. Teng boğlanish sòz qòshilmasini Tobe boğlanish sòz birikmasini hosil qiladi
    Sintaksis- yunoncha so'zdan olingan bo'lib "biriktirish", "bog'lash" degan ma'nolarni anglatadi.Sintaksis so'zlarning va gaplarning o'zaro bog'lanish tizimi , tartibi, ularning turlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limidir.

    Download 1,47 Mb.
      1   2




    Download 1,47 Mb.