|
So'zlarning o'zaro grammatik birikishi teng va tobelik asosida yuz beradi
|
bet | 2/2 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #122498 |
Bog'liq So’z brikmasi masalasiSo'zlarning o'zaro grammatik birikishi teng va tobelik asosida yuz beradi:
Ikki so’zning o’zaro teng munosabatlar asosida birikishi : adig’li tonuzli-ayiq va to’ng’iz, turuq buqali semiz buqali- oriq va semiz buqa. Teng bog’lanish o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi yordamida yuzaga keladi.
Tobe bog’lanish
Bir so’zning boshqa so’zga tobelik asosida bog’lanishi :turk bodun- turk xalqi, altunlug’ o’rgin- oltin taxt.
Tobe bog’lanish ikki qismdan iborat: tobe va hokim.
So'z birikmasi – tobe qismning hokim qismga kelishik,egalik qo'shimchalari ,ko'makchilar va tobelashtiruvchi ohang yordamida bog'lanishidir.So'z birikmasi hokim so'zning qaysi turkumga oid so'z bilan ifodalanishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: otli va fe'lli so'z birikmasi.
So’zlar grammatik vositalar yordamisiz o’zaro aloqaga kirib, so’z birikmasini tashkil etadi. Bunday so’z birikmalari mazmun va intonatsiya yordami bilan o’zaro birikadi.Quyidagi so’z birikmalari bitishuv yo’lida hosil qilingan:
kisi og’lan- inson farzandi, semiz buqa- semiz buqa, yag’ig’a tegmis su- dushmanga hujum qilgan lashkar. Bitishuv munosabatiga kirgan so’zlarning taraqqiyotidagi ikkinchi hodisa birikmalarning qo’shma so’zga aylanishidir: sakiz on,toqqiz on- sakson,to’qson.
Tobe so’z ma’lum grammatik vosita kelishik formalari yoki ko’makchilar orqali bosh so’zga bog’lanadi. Qadimgi turkiy tilda bosh kelishikdan tashqari tushum,jo’nalish,o’rin,chiqish,vosita kelishiklari bo’lib,tobe so’z ma’lum bir kelishik affikslari yordami bilan bosh so’zga bog’lanadi. Boshqaruv ikki xil bo’ladi :kelishikli va ko’makchili. Yuz artiq oqun urti –yuzdan ortiq o’q bilan urdi. Biznita adin – bizdan boshqa.
Qadimgi turkiy tilda moslashuv ikki otning qaratqich kelishigi yordamida birikuvidan hosil bo’lgan. Hozirgi o’zbek tilida bo’lgani kabi qadimgi turkiy tilda ham qaratqich belgili va belgisiz shaklda qo’llangan. Masalan: belgili : menin bodunum erti- mening xalqim edi; belgisiz: ko’rug’ sabi antag’- ko’ruvchining xabari shunday, ozim qutim – o’zimning baxtim.
Til doimiy ravishda xalq tarixi. Uning bosib o`tgan tarixiy bosqichlari, jamiyatning tuzilishi, har bir ijtimoiy tuzimning etakchi mafkurasi, g`oyalari bilan bog`langan bo`ladi. Tilda xalq bosib o`tgan tarixiy bosqichlar o`zining o`chmas izlarini qoldiradiki, bu til yaruslarining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Uning o`zgarishi jarayonlarini aniq tasavvur qilish uchun uni diaxronik aspektda o`rganish, uning tarixining muayyan davrlarini hozirgi holatga solishtirish, bu evalyutsion taraqqiyotning nimalar, qanday omillar ta`sirida yuzaga kelganligini ochib berish, undagi eng kichik struktural o`zgarishlardan tortib, kattaroq hajmdagi yangilanish va tub o`zgarishlarni aniqlash, ularning qonuniyatlarini belgilash tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
filologiya fanlari nomzodi E.XO`JANIYAZOV, Jabborov Ro`zmat
Foydalanilgan adabiyotlar
E.XO`JANIYAZOV, Jabborov Ro`zmat
O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015.Asqarova M., Yunusov R., Yo‘ldoshev M., Muhamedova D. O‘zbek tili praktikumi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: 2006.Lutfullayeva D.E. O‘zbek tilining amaliy grammatikasi. – Toshkent: Yangi asravlodi. 2010.
Foydalanklgan Internet saytlari
Ziyo.uz
Orbita.uz
Arxiv.uz
Etiboringiz uchun raxmat
|
| |