• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
  • O ʻzbek tilshunosligining qiyosiy-tarixiy bosqichlari




    Download 361.57 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana18.05.2023
    Hajmi361.57 Kb.
    #61512
    Bog'liq
    Mavzu Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish Ilmiy , 1692440579, 1692440579 (1), 1659-Article Text-6202-1-10-20190509


    315 
     
    O
    ʻZBEK TILSHUNOSLIGINING QIYOSIY-TARIXIY 
    BOSQICHLARI 
     
    Tursunov Akmal Raxmatullayevich 
    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti O
    ʻzbek va chet
    tillar kafedrasi dotsent v/b 
    Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, komparativistika 
    – tilshunoslikning 
    qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi 
    munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy 
    taraqqiyotini tavsiflovchi sohasidir. Til oilalarining, shu tizimlardagi ayrim tillar va 
    elementlarning kelib chiqishini aniqlash, jumladan, tillar oʻrtasidagi genetik qarindoshlikni 
    – ularning yagona bir manbadan kelib chiqqanligini aniqlash ham Qiyosiy-tarixiy 
    tilshunoslikning maqsadlari doirasiga kiradi.
    Qiyosiy-
    tarixiy tilshunoslikda qoʻllanuvchi qiyosiy-tarixiy metodning asosiy 
    tadqiqot usullari quyidagilardan tashki
    l topgan: 1) tashqi (qiyosiy) tor maʼnodagi 
    qiyosiy tarixiy metod) 
    – qarindosh tillardagi genetik jihatdan teng, oʻxshash soʻz va 
    morfemalarni qidirib topish va qarindosh tillardagi natijalarini aniqlash;avlod tillarning 
    aniq morfemalarini tiklash qoidalar
    ini tuzish; taqqoslanayotgan tillar oʻrtasidagi 
    mosliklar tizimini (fonetika, morfologiya, sintaksis, leksika, frazeologiyada) aniqlash 
    va shu asosda tillarning qarindoshligini belgilashdan iborat:2) ayrim olingan bir til 
    tizimida ushbu til tarixining anch
    ailk bosqichlarida baʼzi bir elementlarning mavjud 
    boʻlganligi haqida aniq guvohlik beruvchi hodisalar va oʻzaro munosabatlarni 
    aniqlash; ayrim bir tildagi eng qadimiy shakllar bilan eng yangi shakllarni oʻzaro 
    taqqoslash; 3) oʻzlashma soʻzlar tahlilidan maʼlumotlar chiqarib olish; 4) toponimika 
    materiallaridan maʼlumotlar chiqarib olish va boshqalar Amalga oshirilgan til 
    tizimining barcha tomonlarini: fonologiya, morfonologiya, morfologiya, leksika, 
    qisman sintaksisni qamrab oladi. 
    O‘zbek tilshunosining qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tarixini qayta tiklashda asosiy 
    tadqiqot vositasi sifatida qiyosiy tarixiy metoddan foydalanadi; tadqiqotning eng 
    umumiy shakli 
    – qiyosiy-tarixiy grammatikalar va etimologik lugʻatlar tuzishdan iborat. 
    Qiyosiy-tarixiy tilshunosli
    k tavsifiy yoki sinxronik tilshunoslik, meʼyoriy va umumiy 
    tilshunoslikka qarshi turib, ularni inkor etadi; shu bilan birga, u bir qancha 
    masalalarda tavsifiy tilshunoslik bilan ham, umumiy tilshunoslik bilan ham oʻzaro 
    aloqada, bogʻliqliqda boʻladi. 
    Tillarni tarixiy taraqqiyotsiz qiyoslash, tarixiy qiyoslashdan farqli ravishda
    qarindosh va noqarindosh tillarni chogʻishtirish deb ataladi. 
    Dastlab yevropaning antik davrida (yunon va lotin tillarini chogʻishtirish), 
    qadimiy Hindistonda XI-XII-asrlar Sharq ti
    lshunosligida (M.Koshgʻariy va 
    M.Zamaxshariy lugʻatlarida qarindosh va noqarindosh tillar lugʻaviy birliklarning 
    chogʻishtirilishi) mavjud boʻlgan. Chogʻishtirma tilshunoslik XVII-XVIII-asrlarda 
    Yevropadagi va dunyoning boshqa mintaqalaridagi turli-tuman qarindosh tillar 
    boʻyicha tadqiqot materiallarining toʻplana borishi bilan yanada rivojlanadi va Qiyosiy-
    tarixiy tilshunoslikning paydo boʻlishiga zamin hozirlaydi. 


    316 
    Qiyosiy-
    tarixiy tilshunoslikning, eng avvalo, uning magʻzi boʻlmish qiyosiy-
    tarixiy grammati
    kaning paydo boʻlishini odatda XVII-asr oxirida yevropalik 
    tilshunoslarning sanskrit bilan tanishuvlariga bogʻliq deb hisoblaydilar. Qiyosiy-tarixiy 
    tilshunoslikka asos soluvchi asarlar XIX-asrning I-choragida maydonga keldi. Nemis 
    tilshunosi F. Boppning 
    “Sanskrit tilining tuslanish tizimi haqida va uni yunon, lotin, 
    fors va german tillaridagi tuslanish tizimiga qiyoslash
    ” “Sanskrit, zand (avesto), 
    arman, yunonlotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi
    ” 
    asarlari hamda daniyalik olim R.K. Raskning 
    “Qad. shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki 
    island tilining kelib chiqishi
    ” asari qiyosiy tilshunoslik sohasidagi dastlabki jiddiy 
    tadqiqotlardir.
    Qiyosiy-
    tarixiy 
    tilshunoslikka 
    maʼlum 
    hissa 
    qoʻshib, 
    tilshunoslik 
    metodologiyasiga tarixiylik tushunchasini kiritadi. Rus tilshunosi A.X. Vostokov 
    oʻzining “Slavyan tili haqida mulohazalar” nomli asari Dobrovskiy esa “Qadimgi 
    slavyan tili grammatikasi
    ” asarlari bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning tarmogʻini 
    asoslab, uni rivojlantirdilar.
    Hind yevropa tillari qarindoshligini oʻrganish va german tillarini tadqiq qilishdan 
    tashqari XIX-asrning II-yarmidan boshlab slavyanshunoslik, boltiqshunoslik, 
    romanshunoslik 
    (romanistika), 
    eronshunoslik, 
    keltshunoslik, 
    hindshunoslik, 
    somshunoslik (semitologiya) ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning keng rivojlangan 
    sohalari hisoblanadi.
    Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik XIX-asrning oxiri XX-asr boshlarida, asosan, 
    Germaniya, AvstroVengriya va Skandinaviya mamlakatlarida rivojlangan boʻlsa, 
    keyingi paytlarda bu 
    tilshunoslik Rossiya AQSH, Gʻarbiy Yevropa, Finlyandiya
    Shvetsiya, Vengriya, Yaponiya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda ham taraqqiy 
    etila boshladi. Turkiyzabon davlatlarda ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka qiziqish 
    kuchayib bormoqda, qarindosh va noqar
    indosh tillarni oʻzaro qiyosiy oʻrganishga, 
    lugʻaviy, morfologik birliklarning tarixiy shakllarini aniqlashga eʼtibor berilmoqda. 
    Xususan, 
    Oʻzbekistonda 
    oʻzbekqoraqalpoq, 
    oʻzbekturkman, 
    oʻzbekqozoq, 
    oʻzbektojik, oʻzbekrus tillarini, Qozogʻistonda qozoqoʻzbek, qozoqmoʻgʻul tillarini 
    qiyosiy oʻrganish boʻyicha muayyan izlanishlar olib borilgan. 
    Tillarning o
    ʻzaro munosabatini oʻrnatish lugʻat, grammatika va fonetika 
    ma’lumotlarining yigʻindisiga asoslanadi. Tillarning qarindoshligi ularning tizimli 
    moddiy o
    ʻxshashligida namoyon boʻladi, ya’ni bu tillarda morfema va soʻzlarning 
    koʻrsatkichlari tuzilgan materialning oʻxshashligida, aniqrogʻi, muntazam tovush 
    moslashuvlari bilan bogʻliq holda oʻrganiladi. 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
    1. Sossyur F. de. Umumi
    y tilshunoslik kursi / Tilshunoslik bo‘yicha ishlar. M., 
    1987-yil. 
    2. Giyom G. Teretik tilshunoslik tamoyillari. M., 1992-yil. 
    3. Asr oxiridagi lingvistik tadqiqotlar. M., 2000 yil 
    4. Qoduxov V.I. Tilshunoslikka kirish. 
    – M.: Ma’rifat, 1987. – B. 291. 
    5. Reformatskiy A.A. Tilshunoslikka kirish. 
    – M.: Aspect-press, 2007. –
    B. 536. 
     
     

    Download 361.57 Kb.




    Download 361.57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O ʻzbek tilshunosligining qiyosiy-tarixiy bosqichlari

    Download 361.57 Kb.
    Pdf ko'rish