• Maqsadimiz - xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdir. 2. “Stesting” elektron platformasi qanday platforma
  • A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti




    Download 243,11 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana23.12.2023
    Hajmi243,11 Kb.
    #127371
      1   2
    Bog'liq
    keNxoFB0fKkQIQC6Ij2H7wsbXsgDP6yUXfTr252J



    A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
    O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-
    TADQIQOT INSTITUTI 
     
     
     
     
    “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
     
    Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
    moduli bo‘yicha 
     
     
    “FIZIKA FANIDA O‘QUVCHILARNI BAHOLASH USULLARI” 
    o‘quv kursining 
    “STesting - o‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishi. 
    Milliy platforma va uning imkoniyatlari” mavzusida ma’ruza matni 
     
     
     
     
    Ma’ruzachi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna 
     
     
     
     
    Toshkent
     


    4-Mavzu: STesting - o‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik 
    ko‘rishi. Milliy platforma va uning imkoniyatlari. 
    Reja: 
    1.
     Maqsadimiz - xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdir. 
    2. “Stesting” elektron platformasi qanday platforma? 
    3. “STesting” elektron platformasining imkoniyatlari. 
     
    “Stesting” elektron platformasi qanday platforma? 
    “STesting” elektron platformasi bu – xalqaro baholash dasturlari (PISA, 
    TIMSS, PIRLS) doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmasini 
    shakllantirishga qaratilgan elektron tizim va video mahsulotlarni o‘z ichiga olgan 
    innovatsion platformadir. 
    Elektron platforma orqali Siz, 
    ❖ Xalqaro baholash dasturlarining topshiriqlarini o‘zida
    mujassam etgan elektron test tizimida o‘z bilimlaringizni sinab 
    ko‘rishingiz; 
    ❖ Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik doirasida o‘quvchilar, 
    o‘qituvchilar, ota-onalarga mo‘ljallangan video mahsulotlar bilan 
    tanishib chiqishingiz; 
    ❖ Taʼlim 
    muassasalarida 
    o‘quvchilarda 
    savodxonlik 
    kompetensiyalarini shakllantirish, ularning egallagan bilimlarini 
    hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini hamda tahlil va talqin qila olish, 
    mulohaza yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida keng 
    foydalanishingiz; 
    ❖ Taʼlim jarayonida fanlararo integratsiyani taʼminlashda 
    elektron platforma materiallarini bepul yuklab olishingiz; 
    ❖ O‘quvchilarda 
    XXI 
    asr 
    ko‘nikmalari 
    (funksional 
    savodxonlik, 
    muammolarni 
    hal 
    qilish, 
    shaxsiy 
    fazilatlar)ni 
    shaklllantirish bo‘yicha metodik yordam olishingiz mumkin. 
    “STesting” elektron platformasi – o‘quvchilarni ilm-fan yutuqlaridan 
    boxabar bo‘lishlari, atrof-muhit va inson salomatligi bilan bog‘liq muammolarni 
    hal etuvchi qarorlarni mustaqil qabul qila olishlari, tabiiy boyliklarni asrash, 
    egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish, tabiat va jamiyat 
    hodisalariga nisbatan munosabat bildira olish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish, 
    ularni hayotga tayyorlash va zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda 
    muhim ko‘makchi vazifasini o‘taydi. 
    “STesting” elektron tizimida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish 
    orqali mantiqiy, tanqidiy va ijodiy (kreativ) fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash 
    mumkin. 


    “STesting” elektron tizimi – o‘quvchi-yoshlarning faol fuqaro sifatida 
    jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashida vositachi sifatida muhim ahamiyat kasb 
    etishiga ishonamiz! 
    Har besh yilda o‘tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qib 
    tushunish ko‘nikmasini xalqaro darajada baholaydi. 2021 yilda o‘tkaziladigan 
    PIRLS 
    xalqaro 
    baholash 
    dasturida 
    70 
    ga 
    yaqin 
    davlatlar 
    qatorida 
    mamlakatimizdagi 4-sinf o‘quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etdilar. 
    Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016-yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, 2021-yil 
    tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. 
    PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish 
    ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro 
    miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilashda ta’lim 
    sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan tahlillarni taqdim 
    etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. 
    Tadqiqotning 2016-yil natijalariga ko‘ra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, 
    Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd 
    etgan bo‘lsa, shular orasida rossiyalik va singapurlik o‘quvchilar matnni o‘qish va 
    tushunish bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning 
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ushbu mezon bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi. 
    Tadqiqot haqida 
    TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) – bu 
    to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha
    tayyorgarligini baholovchi xalqaro tadqiqot. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli 
    mamlakatlardagi 4 va 8- sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar 


    bo‘yicha tayyorgarlik darajasini qiyosiy taqqoslash, yaxshi natija ko‘rsatayotgan 
    mamlakatlarning ta’lim tizimidagi o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishdan iborat.
    O‘tkazish davriyligi – har 4 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. 
    Tadqiqot 1995-yilda 1-marotaba o‘tkazilgan. Ohirgi marotaba esa 2019-
    yilda bo‘lib o‘tdi. 
    Navbatdagi tadqiqot 2023- yilda bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston unda 1-
    marotaba ishtirok etadi. 
    Ikki xil yo‘nalishda o‘tkazilladi: 
    Matematika 
    Tabiiy fanlar 
    O‘tkazish shakli: 
    Yutuqlarni baholash testi. (2019- yildan kompyuterda o‘tkazildi) 
    O‘quvchilar uchun so‘rovnoma. 
    O‘qituvchi uchun so‘rovnoma. 
    Ota-ona uchun so‘rovnoma. 
    Maktab ma’muriyati uchun so‘rovnoma. 
    PISA tadqiqoti haqida (Programme for International Student Assessment) 
    Ta’lim sifatini baholash sohasidagi PISA xalqaro tadqiqoti 15 yoshli 
    o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashga mo‘ljallangan. 
    Tadqiqot iqtidosiy hamkorlik tashkiloti (Организация экономического 
    сотрудничества и развития – ОЭСР) rahbarligi ostida o‘tkaziladi. O‘zbekistonda 
    mazkur tadqiqotning o‘tkazilishi uchun mas’ul Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 
    inspeksiyasi qoshida tashkil etilgan Milliy markaz hisoblanadi.
    Markaz 2018-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro 
    tadqiqotlarni tashkil etish chora- tadbirlari to‘g`risida”gi 997- sonli qarori asosida 
    tashkil etilgan. Markaz direktori tadqiqotni o‘tkazish yuzasidan koordinator 
    hisoblanadi. Tadqiqot o‘quvchilarning matematik savodxonlik, tabiiy- ilmiy 
    savodxonlik, o‘qish savodxonligi va kreativ fikrlashini baholaydi. 
    PISA ning o‘tkazish davrlari : 2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015, 2018. 


    Har bir davrda bitta yo‘nalish ustuvor bo‘ladi. 
    PISA-2018- natijalari. 
    PISA tadqiqotlarida ishtirokchi davlatlar haqida ma’lumot. 
    Tadqiqot davri 
    Ishtirokchi mamlakatlar soni. 
    PISA-2000 Dunyoning 32 mamlakati. 
    PISA-2003 Dunyoning 40 mamlakati. 
    PISA-2006 Dunyoning 57 mamlakati. 
    PISA-2009 Dunyoning 65 mamlakati. 
    PISA-2012 Dunyoning 65 mamlakati. 
    PISA-2015 Dunyoning 70 mamlakati. 
    PISA-2018 Dunyoning 79 mamlakati. 
    Tadqiqotning maqsadi: 
    Tadqiqot maktabni bitirayotgan 15 yoshli o‘quvchining o‘z bilim, ko‘nikma, 
    malakalarini hayotiy muammolarni yechish, ijtimoiy muloqot va o‘zaro 
    munosabatlarda qay darajada ishlata olishini baholaydi.
    Dastur turli mamlakatlarning ta’lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlarni 
    ko‘rish va ularni o‘zaro solishtirgan holda ta’lim tizimida qabul qilinayotgan 
    strategik rejalar samaradorligi haqida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 
    Baholash sohasi 
    O‘quvchilarning ko‘nikmalarini baholovchi PISA tadqiqoti uch asosiy 
    yo‘nalishda o‘tkaziladi. Bu yo‘nalishlar: o‘qish savodxonligi, matematik 
    savodxonlik va tabiiy fanlar savodxonligi. 2012-yilgi tadqiqotda qo‘shimcha 
    yo‘nalish sifatida kreativ fikrlash ham kiritilgan.
    Tadqiqotning o‘tkazilish davriyligi 
    Tadqiqot har 3 yilda o‘tkaziladi. Barcha siklda asosiy vaqt (vaqtning ikkidan 
    uch qismi) yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarning bittasiga yo‘naltiriladi. Qolgan 
    yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarning savodxonligi umumiy tarzda baholanadi. 
    2000-yilda o‘qish savodxonligi, 2003- matematik savodxonlik, 2006- yilda 
    tabiiy- ilmiy savodxonlik, 2009- ilda o‘qish savodxonligi, 2012- yilda matematik 
    savodxonlik, 2015- yilda tabiiy fanlar savodxonligi, 2018- yilda o‘qish 
    savodxonligi ustuvor yo‘nalish bo‘lgan. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-
    son “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish 
    strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmonida O‘zbekiston Respublikasining 


    2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or 
    mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi belgilangan.
    2022-yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program 
    for International Student Assessment, PISA) ishtirok etishi kutilmoqda. 
    O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishida bir qancha davlatlar 
    ko‘maklashmoqda. 
    PISA natijalari 2023-yil oxirida e’lon qilinadi. Mamlakatlar xalqaro 
    tadqiqotlarda ishtirok etishlari o‘sha davlatning ichki holatidan kelib chiqib emas, 
    balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan chetdan turib baho beriladi.
    Qolaversa, ilk yillardan qandaydir juda yaxshi, ijobiy natijalar olish haqida 
    gapirib bo‘lmaydi. Rossiya 2000-yildan beri xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib 
    kelmoqda va PISA bo‘yicha natijalari o‘rtacha xalqaro darajadan past bo‘lgan. 
    Faqat 21 yil davomida ta’limga katta sarmoya kiritish orqali PISA tadqiqotidagi 
    natijalarning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga yaqinlashdi.
    Buni qanday izohlash mumkin? Bu Rossiyada ko‘proq fan natijalariga, 
    ya’ni yosh avlodga yaxshi, chuqur va uzoq muddatli bilimlarni berishga e’tibor 
    qaratilganligi bilan izohlanadi. Ijodkorlikni rivojlantirishga ehtiyoj yo‘q deb 
    hisoblangan, olingan bilimlar barcha o‘quvchilar tomonidan turli hayotiy 
    vaziyatlarda ishlatilishini ta’minlash uchun vaqt ham bo‘lmagan. 
    1. PISA tadqiqotlariga ko‘ra o‘quvchilar faol hayotiy mavqeidan joy olishi 
    uchun imkon beradigan bilimga egalik darajasini baholashlari mumkin bo‘ladi.
    Tadqiqotda hayotda kerak bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning
    o‘zlashtirilishiga hamda o‘quvchilarni fanlarning o‘zaro bog‘liqligidan
    xabardorligini baholashga e’tibor qaratiladi (oldiga qo‘yilgan masalani 
    yechishda turli fanlarni o‘rganish jarayonida olingan bilimlaridan yoki boshqa 
    axborot manbalaridan olingan bilimlaridan foydalanishlariga e’tibor beriladi). 
    Dastlabki qadamlarda 1999-yili PISA tadqiqotining mualliflari 15 yoshli 
    o‘quvchilarning zamonaviy jamiyatga moslashishga tayyorligini aniqlash 
    masalasini qo‘yganlar. Bu holat PISA tadqiqotining yo‘nalishlaridan biri sifatida – 
    15 yoshli o‘quvchilarning kundalik hayotdagi muammolarni hal qilish uchun 
    matematika fanidan foydalanish darajasini tayyorgarligini baholash yo‘nalishini 
    belgiladi. Tadqiqot 3 yillik davrlardan iborat bo‘lib, bunda har 9 yilda boshqa 
    yo‘nalishlarga nisbatan matematika yo‘nalishiga kattaroq e’tibor qaratiladi.
    2. PISA Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etuvchi mamlakatlarda o‘z 
    yutuqlarini boshqa mamlakatlar bilan qiyoslay olish imkoniyati tug‘iladi. 
    2022- yildagi asosiy yo‘nalish - matematik savodxonligi qilib olinadi. 
    Tadqiqot natijalari har uch yilda turli mamlakatlar ta’lim tizimini belgilovchi 
    ko‘rsatkichlar bilan birga e’lon qilinib boriladi. Bu axborot ishtirokchi 
    mamlakatlarga o‘z yutuqlarini boshqa mamlakatlarning yutuqlari bilan qiyoslash 


    va bu orqali xalq ta’limi tizimi bo‘yicha siyosatni aniqlashda foydalanish imkonini 
    beradi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilish imkoni, mamlakatga 
    ko‘plab investorlarni qiziqishini ortishiga olib keladi. Natijada xalq farovonligi 
    oshadi, ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari vujudga keladi. Bu esa, o‘z o‘rnida 
    aholining moddiy daromadini oshirishiga, yashash sharoiti va ta’lim olishga 
    bo‘lgan qiziqishini ortishiga olib keladi. 
    Gruziyada 2018-yil o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarining natijaviy xulosasiga 
    ko‘ra 2015-2018 yillar oralig‘idagi o‘tgan davrda ta’lim oluvchilarning bilim sifati 
    ancha pasaygan. Misol tariqasida o‘quvchilar 2015-yilda o‘qish savodxonligi 
    yo‘nalishi bo‘yicha 401 balni qo‘lga kiritgan. 2018-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 
    280 balga pastga tushgan. Matematik savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha 2015-yilda 
    404 ball to‘plagan, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 398 balga tushgan. Tabiiy fanlar 
    savodxonligi yo‘nalishida 2015-yilda 411 ball bo‘lgan, 2018-yilda esa 383 balga 
    pastga tushib ketgan. Bu haqda Gruziya O‘quvchilar bilimini baholash va nazorat 
    qilish Milliy markazi rahbari Sopio Gorgodze o‘z hisobotida aytib o‘tgan. Gruziya 
    2012 yilda PISA tadqiqotlarida ishtirok etishni rad etgan, lekin 2015-yildan 
    boshlab yana PISA xalqaro tadqiqptlarida ishtirok etish uchun rozilik bildirgan. 
    PISA tadqiqotlari o‘quvchilarning o‘quv dasturlari bo‘yicha bilim sifatinigina 
    emas, balki shu bilimlarini hayotda qay darajada qo‘llay olish ko‘nikmasini 
    aniqlaydi. Gruziyada o‘quvchilarning matematik, tabiiy va o‘qish savodxonligi 
    yo‘nalishlari ko‘rsatkichin pastga tushib ketgan bo‘lsada, o‘tgan 10 yillik davr 
    oralig‘ida o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashi va siyosiy qarashlarida ancha ijobiy 
    o‘zgarishlar bo‘lganligini kuzatish mumkin. Demak tadqiqot faqatgina o‘quvchilar 
    bilim savodxonligini o‘rganib qolmasdan, balki ularning fikrlash darajasini 
    o‘zgarishi va o‘sishiga ham sababchi bo‘ladi.
    Shuning uchun mazkur omillarni tadqiq etish muammolari dunyoning 
    ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir. Shu munosabat bilan 
    innovatsion rivojlanishning darajasini tezkor va ishonchli tahlil qilishga 
    mo‘ljallangan baholash tizimi mavjudligi katta ahamiyatga ega. Bunday baholash 
    tizimlari sifatida obro‘li xalqaro tashkilotlari tomonidan yaratilgan xalqaro reyting 
    tizimlari qo‘llanilmoqda. Shulardan eng mashhur reyting tizimi sifatida INSEAD 
    biznes-maktabi, Kornel universiteti va intellektual mulk Jahon tashkiloti 
    tomonidan qo‘llanilayotgan Global innovatsion indeks xizmat qiladi. 
    Global innovatsion indeks innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi eng muhim 
    axborot manbai hamda qaror chiqaruvchi organlar uchun foydali nazorat vositasi 
    sifatida dunyo miqyosida e'tirof qilingan. Mazkur indeks ham iqtisodiy 
    rivojlangan, ham bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davlatlarga qo‘llanilishi 
    hamda innovatsiyalarga keng ravishda yondashgani uchun e’tiborga loyiq.


     Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani 
    islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish 
    yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, 
    ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. 
    GII dagi “inson kapitali va tadqiqotlar” guruhning ma’lumotlarini tahlili 
    doirasida OECD o‘quvchilarni baholash dasturi PISA baholash tadqiqotida
    olingan ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratish lozim. 
    PISA doirasida quyidagilar tadqiq etiladi: 
    – Yoshlar kelajakda o‘zlari duch keladigan qarama-qarshiliklarga qay 
    darajada tayyor?
    – O‘quvchilar ziddiyatlar sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash hamda 
    o‘z g‘oyalarini taqdim etishga qodirmi?
    – O‘quvchilar qay darajada o‘z bilim va ko‘nikmalarini real hayotga tatbiq 
    etish qobiliyatiga ega? 
    Ayni shu holat bizni ta’lim tizimimizda ham kuzatilmoqda. Ya’ni 
    o‘quvchilarga imkon qadar ko‘proq va chuqur bilim berish, ular olishi mumkin 
    bo‘lgan bilim ko‘lamini kengroq olish asosiy maqsadga aylanib qolgan. Yagona va 
    zerikarli standartlar asosida yozilgan va qayta nashrda asosan faqatgina nashr 
    qilingan yili va kam miqdordagi sezilar sezilmas o‘zgarishlar bilan chop etiladigan 
    darsliklar. Shu darsliklar asosida ta’lim berish, eng muhimi bu olingan bilimlarni 
    hech qayerda qo‘llay olinmasligi va qo‘llanilishi bo‘yicha biron aniq tavsiya, 
    yo‘nalish berilmasligi. Natijada esa tizim Xalqaro darajadagi tadqiqotlar 
    o‘tkazilishiga mutlaqo tayyor emas. Biz ishtirok etayotgan yo‘nalish ya’ni: 
    matematik savodxonlik, tabiiy fanlar savodxonligi, o‘qish savodxonligi birinchi 
    marta tahlil qilinganida yaxshi natija bermasligi mumkin. Dunyodagi boshqa 
    davlatlarning, ayniqsa qo‘shni davlatlarning bu bo‘yicha tajribalarini tahlil qilish 
    va to‘g‘ri yo‘nalishda ketishga qaror qilish eng muhim qadamlardan biri 
    hisoblanadi. 
    Mamlakatimiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etishi hozircha 
    aniq biron xulosa chiqazishga to‘sqinlik qiladi. Lekin bu bo‘yicha olib borgan 5 
    yillik izlanish va ilmiy faoliyatim davomida aniqlagan ma’lumotlarga asoslanib, 
    ba’zi taxminlarimni aytishim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha 
    natijalar o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ladi. 
    Bunga sabab, PISAda o‘qish savodxonligini baholash vositalari keskin 
    o‘zgargan. Bu borada Rossiya natijalari ham 2018 yilda bir oz yomonlashganini 
    ko‘rish mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarning test sinovlarini baholash uchun 
    yangi baholash formati (kompyuter platformasi) joriy qilinibgina qolmay, balki 
    o‘quvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif etildi: ko‘p o‘lchovli matnlar, 
    ziddiyatlarni aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini aniqlash kerak bo‘lgan 


    matnlar. Shuning uchun bu yo‘nalishda o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining 
    natijalarida uncha katta siljish bo‘lmasligi mumkin. Lekin matematika va tabiiy 
    fanlardan mamlakatimiz dastlabki bosqichlarda yaxshi natijalar ko‘rsatadi deb 
    umid qilamiz. 
    3. PISA tadqiqotlarida muvaffaqaiyatli ishtirok etish natijasida chet ellik 
    sarmoyadorlarni inson kapitali yuqori bo‘lgan davlatga qiziqishi ortadi. 
    150 dan ziyod mamlakatni qamrab oluvchi bir necha yirik test dasturlari 
    natijalarini PISA baholari bilan qiyoslash mumkin. Ma’lumotlar bazasi ta’lim 
    sohasida ulkan muammolar borligini ko‘rsatdi: rivojlanayotgan mamlakatlarda 
    o‘quvchilarning qariyb 50 foizi “professionallikning eng past darajasi” deb 
    ataladigan muammoga duch keladi. 
    Singapurda o‘quvchilarning 98 foizi, Janubiy Afrikada 26 foizi o‘rta 
    maktabda xalqaro bazaviy darajaga erishadi. Boshqacha aytganda, Singapurda 
    o‘rta maktab o‘quvchilarining deyarli barchasi dunyoning istalgan joyida ishlash 
    uchun yetarli malakaga ega. Janubiy afrikalik yoshlarning qariyb to‘rtdan uch 
    qismi savodsiz. Bu inson salohiyatini yo‘qotish. 
    Bolalar maktabni bitirar ekan, qaysi mamlakatda yashashiga qarab sog‘lig‘i 
    borasida mutlaqo turli istiqbollarga duch keladi. Dunyoning eng badavlat 
    mamlakatlarida 15 yoshli o‘smirlarning qariyb 5 foizi o‘zining 60 yoshligini 
    qarshilay olmaydi. Qashshoq mamlakatlarda 15 yoshli o‘smirlarning 40 foizi 60 
    yoshgacha vafot etadi. 
    Ushbu faktlar turli mamlakatlarda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida ulkan 
    tafovutlar borligini ko‘rsatadi. Biz inson kapitalining turli jihatlarini birlashtirish 
    uchun Jahon banki guruhida ularni yagona indeksga yig‘ish kerakligini ko‘rsatadi. 
    U ishchilarning kelgusi avlodi mehnati samaradorligining pasayishi nuqtai 
    nazaridan inson kapitaliga investitsiya kiritmaslik oqibatlarini namoyon etadi. 
    Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda inson kapitaliga eng kam 
    sarmoya kiritiladigan mamlakatlarda kelgusida ishchi kuchining samaradorligi, 
    agar odamlar to‘liq sog‘lom bo‘lib, sifatli ta’lim olsa, erishish mumkin bo‘lgan 
    ko‘rsatkich sezilarli pasayib ketadi. 
    Shu tarzda inson kapitaliga sarmoyadan olinadigan iqtisodiy foydani 
    o‘lchash sog‘liq va ta’lim yaxshilanishining ijtimoiy va ichki qiymatini 
    kamaytirmaydi.
    Jahon banki guruhi inson kapitaliga sarmoya qilish ta’sirining ijobiy 
    natijalarini targ‘ib etib, siyosatchilarni nafaqat bank hisob raqamlari, balki 
    maktablar va kasalxonalardagi holatlar haqida ham qayg‘urishga ruhlantirishi 
    kerak. Shuningdek, indeks investitsiyalar darajasi pasayib borayotgan mamlakatlar 
    uchun harakatga da’vat bo‘ladi. 
    4. Ta’lim berish usullari, DTS o‘zgartirishlar kiritiladi. 


    Eng asosiysi, baholash jarayonlari natijasiga ko‘ra o‘qitish tizimida 
    o‘zgarishlar vujudga keladi. Misol tariqasida qo‘shni davlatlarimizdan biri bo‘lgan 
    Tojikistonni olib qaraydigan bo‘lsak, Tojikistonda Jahon bankining vakolatxonasi 
    mutaxassislari uchun ariza topshirdilar Rossiyaning ikkinchi Rossiya ko‘magi 
    dasturining ishonchli fondini qabul qildi, rivojlanish bo‘yicha ta’lim (o‘qish-2), 
    ular juda muvaffaqiyatli tajribaga e’tibor qaratdilar. 2009– 2014- yillarda 
    Tojikiston o‘zida inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Universitetlarni o‘zida 
    o‘tishini ta’minlaydigan universitetlarga kirish imtihonlari tizimi, nostandart kirish 
    imtihonlari markazlashtirilgan, standartlashtirilgan va ochiq qabul qilish tizimi. 
    Tekshiruv tizimini isloh qilish sezilarli darajada Tojikistondagi oliy ta’lim tizimida 
    yaxshilandi. 
    O‘zbekistonda ham bu borada ko‘plab islohotlar o‘zgarishlar olib 
    borilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 
    dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro 
    tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-son qarori qabul 
    qilindi. Qarorda quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar 
    tashkil etilishi qayd etilgan: (PIRLS) – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining 
    matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun; (TIMSS) – 4- va 8-sinf 
    o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish 
    darajasini baholash uchun; (PISA) – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika 
    va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun; (TALIS) 
    – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va 
    ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun. 
    Mazkur tadqiqotlarga qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘rish asnosida bizning 
    o‘quv dasturimiz xalqaro ta’lim dasturlari bilan ko‘p jihatdan mos kelmaslik holati 
    ma’lum bo‘ldi. jahon standartlariga mos bo‘lgan standartlar kiritildi va shu asosda 
    Milliy o‘quv dasturi barcha fanlar kesimida ishlab chiqilib, expertlar xulosasi 
    o‘rganib chiqildi, muhokamaga qo‘yildi. 
    5. PISA tadqiqotlarida ishtirok etish aslida nima?
    PISA tadqiqotida ishtirok etish bu shunchaki ta’lim holatini nazorat qilish 
    emas, balki ta’lim tizimining qanday ahvoldaligi haqida ma’lumot beradigan, 
    ta’lim sifatini yaxshilashga ko‘maklashadigan va uni yanada raqobatbardosh 
    qiladigan yo‘nalish ekanligini hamma juda yaxshi tushunishi kerak. 
    Yaxshi natijalar ko‘rsatish uchun hech bo‘lmaganda 2 maqsadga ega bo‘lish 
    kerak: birinchisi, o‘qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni 
    tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta’lim sifati 
    o‘qituvchilarning kasbiy darajasiga, ularning bilim darajasiga bog‘liq, deb 
    aytilmaydi. Demak, o‘qituvchilarni tayyorlashga mablag‘ ajratish va yangi o‘quv 
    materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga 


    investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo‘llab-quvvatlash uchun shart-
    sharoitlar yaratishi lozim. 
    Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o‘qituvchilarni 
    maqsadli tayyorlash va ta’lim jarayonida o‘qitish metodikasi va ustuvor 
    tamoyillarni o‘zgartirish zarur. Buning uchun biz o‘qituvchilarni tayyorlashimiz, 
    rivojlantiruvchi ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o‘qituvchilarni 
    ta’lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan 
    ta’minlashimiz kerak. 

    Download 243,11 Kb.
      1   2




    Download 243,11 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti

    Download 243,11 Kb.
    Pdf ko'rish