A. AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-
TADQIQOT INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
yoki
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
moduli bo‘yicha
“BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING XXI ASR
KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH”
o‘quv kursining
“ Fanni o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning
tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini shakllantirish ” mavzusidan
ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Azimova Dilrabo Ergashevna
Toshkent 2021
3-Mavzu: Fanni o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini shakllantirish.
Reja:
1. Pedagogik texnologiyalarning tasnifi.
2. Tabiiy – ilmiy savodxonlik kompetensiyalari.
3. Tabiiy – ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantiruvchi savol
va topshiriqlar.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi
bosqichi ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan
ta’minlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish,
o‘quv tarbiya jarayonini sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar
bilan ta’minlash kabi qator vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish har bir ta’lim muassasasining, shu
jumladan, pedagogika oliy o‘quv yurtlarining bevosita vazifasi sanaladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash
uchun biologiya o‘qituvchilari maxsus metodik bilim va ko‘nikmalarni egallashlari,
pedagogik amaliyotda zarur bo‘ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari
lozim. Pedagogik texnologiya atamasiga shu muammo bo‘yicha izlangan har bir
olim o‘z nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hozircha bu
tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan.Ushbu ta’riflaming ichida eng
maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
Unga ko‘ra, pedagogik texnologiya – o‘qitish shakllarini optimallashtirish
maqsadida o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik
resurslami qo‘llash, ulaming o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli
metodlar majmuasidir.
Ushbu ta’rifdagi inson salohiyati atamasida o‘qituvchining pedagogik va
o‘quvchilarning bilish faoliyati, texnik resurslar atamasi o‘qitish metodlari va
vositalari nazarda tutilmoqda.
|