• Tabiiy-ilmiy savodxonlik
  • Pedagogik texnologiya
  • SAVOL
  • A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti




    Download 392,56 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana25.11.2023
    Hajmi392,56 Kb.
    #105335
    1   2   3   4   5
    Kоmpеtеnsiya – oʻquvchining mа’lum sоhаdа sаmаrаli fаоliyat koʻrsаtishi 
    uchun tа’lim tаyyorgаrligigа оldindаn qoʻyilgаn ijtimоiy tаlаb. 
    Kоmpеtеnsiyaviy yondоshuvgа – аsоslаngаn tа’lim oʻquvchilаrdа bilim, 
    koʻnikmа vа mаlаkаlаrni shаkllаntirishni emаs, bаlki ulаrni kоmplеks rаvishdа 
    egаllаshini tаqоzо etаdi. 
    TABIIY – ILMIY SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRUVCHI METODIKA 
    QANDAY BO‘LISHI LOZIM?  
    Tizimli ravishda o‘quvchilarga o‘z bilimlarini yangi, real vaziyatlarda 
    qo‘llashga imkon berishi, bunday vaziyatlarni hayotdan “olish”.
    O‘quvchilarni savollar berish va o‘z tadqiqot rejasini taklif qilishga 
    rag‘batlantirish. 
    Bajarilgan vazifalar va yuzaga keladigan muammolarni muhokama qilishni 
    taklif etish zarur. 
    Tabiiy-ilmiy savodxonlik – buinsonning tabiiy fanlar yutuqlarini qo‘llash 
    bilan bog‘liq masalalarda faol fuqarolik pozitsiyasini egallash qobiliyati, uning 
    tabiiy fanlarga bog‘liq g‘oyalariga qiziqish uyg‘otishga tayyorligi.


    Pedagogik texnologiya – bu tartiblashtirilgan harakatlar tizimi bo‘lib, uni 
    amalga oshirish pedagogik maqsadlarga kafolatlangan erishishga olib keladi. 
    (N.P.Talanchuk) 
    Quyidagi savollar va olimlar tomonidan o‘tkazilgan tajribalar o‘quvchilarda 
    tabiiy – ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantiradi. 
    SAVOL: Nima uchun ovqat paytida gaplashish tavsiya etilmaydi?
    JAVOB: Odam gapirganda halqum usti tog‘ayi qizilo‘ngach yo‘lini yopib 
    qo‘yadi, 
    ovqat oshqozonga emas nafas yo‘liga o‘tadi, nafas olish buziladi.
    Bariy tuzlari odamlar va hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi. Ular 
    oshqozonga tushganda oshqozon yarasi va yurak kasalliklariga olib keladi. Bariy 
    tuzlarining odam uchun zaharli dozasi 0,2 - 0,5 g ni tashkil qiladi. Ammo ovqat hazm 
    qilish organlarini rentgenologik tekshirishda bariy sulfat ishlatiladi. Bariy sulfat 
    ovqat hazm qilish traktining shilliq qavatini o‘rab oladi va ovqat hazm qilish trakti 
    shilliq qavatining mikrorelefini aniq ko‘rishni ta‘minlaydi, ovqat hazm qilish 
    traktining rentgenologik tekshiruvi paytida tasvirning kontrastini oshiradi. O‘n ikki 
    barmoqli ichak, oshqozon va qizilo‘ngachning maksimal kontrastiga bariy sulfat 
    kiritilgandan so‘ng darhol erishiladi.
    Savol.
    1. Nima uchun inson tanasi bariy sulfatdan zaharlanmaydi?
    2. Laboratoriya asbob-uskunalari (sulfat kislota, bariy xlorid, probirka, 
    shtativ) yordamida matnda keltirilgan moddani oling.
    3. Bariy sulfatni bariy karbonat bilan almashtira olasizmi, javobingizni 
    izohlang. 
    JAVOBLAR: 
    1. Bariy sulfat suvda erimaydi, shuning uchun u organizm tomonidan 
    so‘rilmaydi. 
    2. BaCl
    2
    + Na
    2
    SO
    4
    = BaSO
    4
    ↓oq + 2NaCl
    3. Mumkin emas. Chunki u kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi.
    Demak, bariy karbonat me’da shirasi – xlorid kislota bilan reaksiyaga 
    kirishadi. BaCO
    3
    + HCl = BaCl
    2
    + CO
    2
    + H
    2
    O
    Natijada, oshqozonda zaharli bo‘lgan eruvchan bariy tuzi hosil bo‘ladi. 
    Shuning uchun rentgenologik tekshirishda BaSO4 dan foydalaniladi.


    XVII asrda italiyalik shifokor Franchesko Redi 3 ta shisha idish olib, ularga 
    go‘sht bo‘laklarini joyladi. 
    Savol: 
    1. Nima uchun birinchi idishga pashsha hosil bo‘ldi? Idishdagi qurt qayerdan 
    paydo bo‘ldi? 
    2. Ikkinchi va uchinchi idishlarda nimaga pashsha hosil bo‘lmadi? 
    Fikringizni izohlab bering.

    Download 392,56 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 392,56 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti

    Download 392,56 Kb.
    Pdf ko'rish