|
Jizzax Davlat pedagogika universiteti Sirtqi bo‘lim Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi Jo’raboyeva Go’zal tomonidan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan Maktabda ma’naviy ma’rifiy ishlarni rejalashtirish mavzusida tayyorlagan kurs ishiga
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 39 Kb. | | #240121 |
Bog'liq taqriz
Jizzax Davlat pedagogika universiteti
Sirtqi bo‘lim Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi
Jo’raboyeva Go’zal tomonidan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan Maktabda ma’naviy ma’rifiy ishlarni rejalashtirish mavzusida tayyorlagan kurs ishiga
TAQRIZ
Tаrbiya dеgаndа shаkllаnаyotgаn shахsdа shахsiy, ахlоqiy sifаtlаrni shаkllаntirishni tushunаmiz. Tаrbiya, tа‘lim bеrish bilаn mustаhkаm аlоqаdа bo’lgаni hоldа o’zigа xos qоnuniyatlаrgа hаm egаdir. Tа‘lim – tаrbiya yagоnа jаrаyondir. Lеkin ulаr bir-birigа аynаn o’хshаsh emаs. Tа‘lim vа tаrbiyaning birligi аvvаlо, ulаrning mаqsаdining umumiyligidadir.
Ushbu kurs ishi 3 bob dan iborat bo‘lib, unda tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o‘qitishda metod va usullarini qo‘llay olish, an’anaviy va noan’anaviy metodlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tanlay olish va o‘z o‘rnida ijodiy qo‘llay olish, faktlarni tahlil qilish, umumlashtirish va shu asosda xulosa chiqara olish; maktabda ma’naviy ma’rifiy ishlarni rejalashtirishning mazmuni, o‘quvchilarning bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash; milliy tarbiyaning mazmuni va ahamiyati; innovatsion o‘quv-biluv faoliyati, tarbiya fanini o‘qitishda an’anaviy va noan’anaviy dars shakllarini qo‘llash,o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan dars usullaridan foydalanish; tarbiya usullari va shakllari; maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati; sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha; sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari; darsdan tashqari mashg‘ulotlarni ham aniq va maqsadli tashkil eta olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Kurs ishining kamchiliklari sifatida jumlalarda yo’l qo’yilgan orfografik hatolarni ko’rsatishim mumkin ammo bu kurs ishining asosiy maqsadiga ta’sir ko’rsatmagan va ushbu kurs ishi davlat ta’lim standartlariga qo’yilgan talablarga javob beradi.
Men, ushbu kurs ishini o‘rganib chiqib, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani Maktabda ma’naviy ma’rifiy ishlarni rejalashtirish mavzusi yuzasidan nazariy bilimlar keng yoritilib berilgani bilan tanishdim va kurs ishini himoya qilishga tavsiya etaman.
Taqrizchi:
Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumani
Maktabgacha va maktab ta’limi
bo’limiga qarashli 51-sonli maktabning
boshlang’ich sinf o’qituvchisi: Norqo’ziyeva Nodir
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jizzax Davlat pedagogika universiteti Sirtqi bo‘lim Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi Jo’raboyeva Go’zal tomonidan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan Maktabda ma’naviy ma’rifiy ishlarni rejalashtirish mavzusida tayyorlagan kurs ishiga
|