• Kutilayotgan natija
  • NAZARIY QISM
  • Nazorat savollari
  • 1-Amaliy mashg’uloti. Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari Ishning maqsadi




    Download 17,01 Kb.
    Sana27.09.2024
    Hajmi17,01 Kb.
    #272748
    Bog'liq
    1-Amaliy mashg\'ulot


    1-Amaliy mashg’uloti. Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari
    Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.


    Kutilayotgan natija:
    • Ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumot oladi.
    • Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladi.


    AMALIY TOPSHIRIQLAR:

    1. Ma’lumotlar bazasi qanday yaratiladi?

    2. Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?

    3. Ma’lumotlar bazasini yaratishda fayl tushunchasi qanday ahamiyatga ega?



    NAZARIY QISM
    Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
    Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lar edi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
    Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq obyektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
    Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.
    Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
    Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
    Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq .
    Maydon-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
    Maydon nomi, masalan, familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
    Maydon turi, masalan, son (chislovoy), simvol (simvolьnыy), sana/vaqt (data/vremya), mantiqiy (logicheskiy).
    Maydon uzunligi (o‘lchami), masalan, eng ko‘p simvollar sig‘imi;
    Maydon aniqligi, (son tipidagi ma’lumotlar uchun) masalan, sonning o‘nlik ksr qismini aks ettirish uchun o‘nlik raqamdan to‘rtta.
    Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. Yozuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv ob’ektning biror bir elementi haqida to‘liq ma’lumotni ifodalaydi.
    Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U o‘zicha har bir maydonda qiymatga ega.
    Yozuv maydonlari takrorlanuvchi qiymatlar guruhiga ega emas. Maydon qiymatiga murojaat uning nomeri bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Nazorat savollari.

    1. Ma’lumotlar bazasi nima?

    2. Maydon nima?

    3. Yozuv nima?

    Download 17,01 Kb.




    Download 17,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Amaliy mashg’uloti. Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari Ishning maqsadi

    Download 17,01 Kb.